10-MAVZU: Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish
Ilmiy maqola. Taqriz, uning tuzilishi va xususiyatlari.
Maqola va uning turlari
Ilmiy maqolaning maqsadi
Yozish uchun eng umumiy sabablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Maqolani yozuvchi tanlagan yoki berilgan savolga javob berish uchun
Qisqa maqolalar odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Uzun maqolalar va hisobotlar esa quyidagicha:
Adabiyot manbalari haqida umumiy ma’lumot
Dissertatsiya va jurnal maqolalari quyidagicha tuziladi:
Adabiyot manbalari haqida umumiy ma’lumot
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Maqola – fransuzcha so‘z bo‘lib, asl ma’nosi “urinish”, “sinash”, “ocherk”dir. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subyektiv fikr bayon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |