1-Mavzu: “O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari”ning tuzilmasi va asosiy qoidalari Reja



Yüklə 498,25 Kb.
səhifə50/54
tarix02.01.2022
ölçüsü498,25 Kb.
#39457
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
UMK FEVRAL

Yillik mavzuviy reja.

Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi4.


Haftalik reja

Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi5. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.

Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.

Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

titul varag‘i;

guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;

ertalabki badantarbiya kompleksi;

guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;

haftalik ish tahlili;

ilovalar.

Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin.

Nazorat savollari:

1. O’quv –tarbiyaviy faoliyatda qanday rejalashtirish turlari bor?

2. Yillik mavzuviy reja haqida ma’lumot bering.

10-mavzu: Maktabgacha ta’lim va bolaning rivojlanishi.

Reja:

1. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari.



2. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.

Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. SHu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko‘nikmalar).




Yüklə 498,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin