1-mavzu. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifal
3.Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli. «Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix sabog’lari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov qalamiga mansub ushbu so’zlar komil insonni tarbiyalashda O’zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.
Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda O’zbekiston tarixining o’rni kattadir. Komil inson tushunchasiga Yurtboshimiz yana shunday ta’rif beradilar: «Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi, u har bir narsani aql-mantiq tarozisiga solib ko’radi, o’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida ko’rgan kishi yetuk odam bo’ladi».
Bugungi kunda xalqning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Ma’naviyat, ma’naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay sabr-bardosh bilan mehnat qilish orqali yetishish mumkin. Bu xayrli ishda O’zbekiston tarixini o’rganishning o’rni beqiyosdir.
O’tmish shunday boy tarixiy tajriba manbaidirki, odamlar unda o’rganadilar, tajribaga ega bo’ladilar va undan ilhom oladilar. Hozirgi kunda tarixni bilish kundalik nazariy va amaliy vazifalar yechimini topishda zaruriy vosita hisoblanadi.