1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Pedagogik mahoratning darajalari va ko’rsatkichlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə56/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
Узбек тили

Pedagogik mahoratning darajalari va ko’rsatkichlari.
Amaliy faoliyatda amalga oshiruvchi pedagogik mahorat asoslarini kasbiy mahorat-professionalizmning ko’rinishlari tashkil etadi. Ammo uning darajasi faqat pedagogik masalalarning qanday yechilayotganligi va oxirida qanday natijalarga erishilayotganligi bilan aniqlanadi. Pedagogik mahorat maxsus bilimlar va shuningdek, bilimdonlik, ko’nikmalar va odatlarda hamda u yoki bu faoliyatda qo’lanillayotgan usullarning yuqori darajada egallanganligidan tashkil topadi. Pedagog, qanday xususiy masalani yechmasin, u har doim pedagogik ta'sirning tashkilotchisi, murabbiysi va ustasi bo’lib qoladi. Bundan kelib chiqqan holda pedagogning qobiliyatini to’rtta alohida elementlariga ajratish mumkin:
-talabalarning individual va jamoa faoliyatlarini tashkil qilishdagi qobiliyati;
-ishontira olish qobiliyati;
-bilimlarni uzatish va tajriba faoliyatini shakllantirish;
-pedagogik texnikani egallay olish qobiliyati.
Pedagog mahoratining tuzilishida pedagogik texnika alohida o’rin tutadi. U har bir o’quvchi va to’la jamoaga pedagogik metodlar tizimining ta'siridan samarador foydalanish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuidan iborat; Tarbiyalanuvchilarga murojaat qilishning to’g’ri stili va tovush ohangini tanlab ola bilishi, o’quvchilar hatti-harakatlariga o’zining munosabatini ko’rsata olishi, sezgi temp (yo’qligi), boshqarish ko’nikmalarini boshqarishni bilishi.
O’qituvchilik faoliyatida zaruriy so’z madaniyati –bu aniq so’z madaniyati, tovush jarayoni, to’g’ri nafas olish va so’z orasida barcha hatti-harakatlardan to’g’ri foydalanilish. «Tarbiyachi tashkil qilishni, yurishni, xushchaqchaq va jaxldor bo’lishni bilishi zarur.Tarbiyachi o’zini shunday tutishi zarurki, bunda uning har bir harakati tarbiyasini va har doim u o’zi shu paytda nimani xoxlashini bilishi kerak», degan edi buyuk pedagog A.S.Makarenko.
Agar pedagogik texnikaning turli xil bilim va ko’nikmalarini guruhlarga to’plasak, u holda o’qituvchi mahoratining tuzilishidagi bilishning eng umumiy tashkil etuvchilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
-mimik va pantomimik ohangdagi so’zlashuv mahoratlari;
-o’zining ruhiy holatini boshqarish va emotsional –ijodiy kuchlanishini saqlab tura olishi;
-aktyorlik, rejissyorlik mahorati bilan tarbiyalanuvchilarning nafaqat aqliga, ham sezish organlariga ta'sir etib, ularga dunyoga nisbatan emotsional- munosabatlarni uzatish.
Pedagogik mahoratning darajasini uning ko’rsatkichlarini va mezonlarini belgilamasdan turib aniqlash mumkin emas.
Pedagogik mahoratning mezonlari-bu uning shunday belgilarki, ulardan pedagogik mahoratning o’lchovi sifatida foydalanish mumkin.
Pedagogdagi o’qituvchilik faoliyatining har tomonlama mezonlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
1.O’quvchi shaxsini o’zaro munosabatda rag’batlantiruvchi va ularning dalillashtiruvchi mezoni.
2.Pedagogning o’quvchi faoliyati bilan bog’lik bo’lgan o’quv foaliyatini tashkil etish mezoni.
3.Pedagogning o’qitish mazmuni bilan aniqlanadigan mazmun va uning didaktik tashkilini boshqarish mezoni.
4.Pedagogning o’qituvchilik faoliyatini baholash o’lchovi sifatida qaraluvchi o’qitish jarayonida kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish mezoni.
5.O’quv darajasining strukturali-kompozitsion qurilishining mezoni.
Taklif qilinayotgan tizimda pedagogning o’qituvchilik faoliyatidagi mezonlardan 5 ta asosiysi ajratib olingan. Ularning har biri 10 balli shkala bo’yicha bir tekisda aniqlangan umumlashgan sonlar pedagog mahoratining ko’rsatkichini hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan mezonlarning mazmuni haqida to’laroq tasavvur hosil qilish uchun, masalan:
Pedagog o’qitish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishdagi mezonlarni sanab o’tamiz:
1.O’qitish faoliyatining barcha turlari va ularning birligiga egalik qilishi:
2.Pedagog o’qitish faoliyatining talabalar bilish faoliyatini tashkil qilishga yo’naltirilganligi.
3.Konstruktiv, tashkiliy va kommunikatsiyaviy bilimlarning aks etishi.
4.Pedagogik texnika (so’z, testlar, auditoriya bilan kontakt o’rnatish, axborotni taqdim etish shakli va tuzilishi, o’qitish vositalarini tadbiq etish texnikasi, e'tiborni butun auditoriyaga yo’naltira olish, javob beruvchiga e'tibor, eshita olish qobiliyati va h.z).
5.Pedagogik mexnatning yaxshi tashkil etilganligi.
6.O’qitish shakli, usullari, o’qitish vositalari, o’quvchilarni har bir o’qitish bosqichidagi rahbarlik xarakterlarining optimal tanlagani.
7. Pedagogik takt, o’zining xulq-atvori va o’zini boshqara olishi.
8. O’z faoliyatini qayta qura olishi.Improvizatsiya.
9. Faoliyatga ijodiy yondoshuv, o’quvchilar tajribalaridan ijodiy foydalana olishi. O’zining pedagogik topilmalari.
10. Pedagogik faoliyatda shaxsiy sifatlardan foydalanish, pedagogik faoliyatning shaxsiy stili.
Umumlashgan shaxsiy-natijaviy kursatkich ham o’quvchilar va ham pedagokka taalluqli kasbiy faoliyat natijalari bilan bog’liq. U pedagogning o’qitish muvaffaqiyatidagi ta'lim masalalarining kompleks yechimini, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishi, o’zining kasbiy faoliyatini rivojlantirib borishini, kasbiy pedagogik va ijtimoiy ahamiyatli shaxsini o’z ichiga oladi.
Bu mezonlarni birlamchi ko’rsatkichlar bilan olib berish va ularni baholash quyida keltiriladi.
O’qitishning yutuqlari:
-o’quvchilarda o’z faniga nisbatan hurmatni shakllantira oladi.
-mustahkam va chuqur bilimlarga erishtira oladi.
-mustahkam ko’nikmalar va bilimni shakllantira oladi.
-bilimlar, ko’nikmalar, bilimdonlikni tadbiq etishga o’rgatadi.
-bilimlar, ko’nikmalar, bilimdonlik tizimini shakllantiradi.
O’quvchilarda ta'lim va tarbiyani rivojlantirish masalalarini kompleks yechish:
-ta'lim, tarbiya masalalarini yechishda qiyinchiliklarni yengib o’tish, qat’iylikni amalga oshirishni, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
-o’quvchilarda shaxsiy sifatni va jamoani shakllantiradi, qobiliyatlarni va o’quv mehnatiga ijodiy yondoshuvni tarbiyalaydi.
-o’quv faoliyati va axloqiy natijalarga javobgarlikni shakllantiradi.

O’quvchini «O’qitish va tarbiyalash» ob'yektidan «O’qitish va tarbiya» sub'yektiga o’tkazish darajasi:


-o’quv faoliyatining usullariga o’rgatadi.
-bilish mustaqilligini shakllantiradi.
-o’qitish asoslarini shakllantiradi.
-o’zini o’qitish va o’zini tarbiyalash ko’nikmalari va bilimlarini singdiradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin