1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Узбек тили

USTOZ-MAKTABI
Ta'lim muassasalarida «Ustoz-shogird maktabi» faoliyatining yo'lga qo'yilganiga hali uncha ko'p vaqt bo'lmadi.Ushbu yangilik qisqa fursat ichida o'zining ijobiy natijalarini ko'rsata boshladi.Ushbu tizim ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilar o'rtasida o'zaro axloqiy- metodik tajriba almashinuv samaradorligini ta'minlash, ayniqsa, endigina ish boshlagan yosh o'qituvchilarga faol pedagogik yordam berishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Ustoz-shogird tizimining ko'pchilik o'qituvchilar tomonidan iliq kutib olinishi va umumta'lim maktablarida yil sayin uning afzalliklari bo'y ko'rsatib borayotganligida uning xalqimiz tarixiy qadriyatlari va an'analariga uyg'un va hamohang ekanligi sabab, desak xato bo'lmasa kerak. Ustoz-shogirdlik an'analari tarixiga nazar tashlasak, ilk uyg'onish davrida Sharqda ustoz-shogird munosabatlari olijanoblik va insoniylik asosida qurilganligiga guvoh bo'lish mumkin. Mashhur olim Abu Mansur ibn Iroq o'zining 12ta asarini shogirdi Beruniyga bag'ishladi, Beruniy ham ustozi Xorazmiyning astronomiyaga oid eng yirik asari «Zij»(astronomik jadval)ni sharhlash uchun uchta asar yozdi, Zamaxshariy munosib shogirdlar tayyorlashni shaxsiy baxtidan ustun qo'ydi.
XV asr yirik olimlaridan Amir Kulol ustoz-shogirdlik munosabatlarining nozik jihatlari haqida fikr yuritib, ta'lim beruvchi o'z shogirdining bilim va tarbiya darajasini nazorat qilib borishi, lozim ko'rilgan paytda unga tegishli tuzatishlar kiritishi zarur, deya uqtiradi.
O’rta Osiyoga kelgan yevropalik olim G.Vamberining 1867 yilda Leyptsigda nashr etilgan «Chig’atoy grammatikasi» nomli kitobida ustoz-shogirdlik munosabatlarining nozik jihatlari to'g'risida to'la va mantiqan aniq fikr yuritilgan.
Ta'kidlash lozimki, har bir o'qituvchiga yakka tartibda yondashish, metodik yordamning amaliy yo'naltirilganligi hamda malaka oshirishga ehtiyoj sezadigan pedagoglar uchun munosib pedagog-ustozlarni tanlash imkoniyatining mavjudligi yangicha malaka oshirish usuli hisoblanmish «Ustoz-shogird» tizimining asosiy ustunligi hisoblanadi.Shuningdek, «Ustoz-shogird maktabi» yosh o'qituvchi faoliyatining monitoringi natijalaridan kelib chiqqan holda malaka oshirishni ehtiyojga qarab tashkil etish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.
2010 yilning iyun oyida Shahrisabz tumanidagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 18 nafar ustoz o'qituvchi «Iste'dod» jamg'armasi va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda «Ta'limda innovatsion texnologiyalar» mavzusidagi maxsus malaka oshirish kursida o'qib tayyorgarlikdan o'tdilar.
Ushbu kursda asosan ta'lim tizimidagi yangiliklar, o’qituvchilarning innovatsion faoliyati, pedagogik mahorati va pedagogik texnikasini takomillashtirish usullari tanishtirildi. Mazkur seminar-treninglarni tashkil etish va o'tkazish metodikasini, darsning texnologik xaritasini tuzish, darsning maqsadi va kutilayotgan natijalaridan kelib chiqib dars tipiga mos interfaol metodlarni tanlash tamoyillari o'rgatildi. «Bumerang», «Zinama-zina», «Muammo»,
«Charxpalak», «Tushunchalar tahlili», «Rezyume», «Idrok xaritasi» kabi texnologiyalar va interfaol metodlarni ta'lim jarayonida qo'llash bo'yicha o'qituvchilar malakasi oshirildi. Olingan tajribalar asosida tumanimizda nemis tili fani bo'yicha «Ustoz-shogird maktabi» faoliyatini tizimli shakllantirish, pedagoglar o'rtasida malaka oshirish, tajriba almashish tadbirlarini amalga oshirdik.
Eng avvalo o'zim ishlayotgan maktabda «Kasbiy mahoratni oshirish ustaxonasi»ni tashkil etib, uni zaruriy me'yoriy hujjatlar asosida jihozladim. O'quv yili davomida 8 marta ochiq dars tashkil etdim, har bir shogird-o'qituvchining 7 soatdan jami 21 soat darsini kuzatib, uslubiy yordam ko'rsatdim.
Reja asosida har uchala shogirdimni ustaxonaga taklif qilib, uslubiy mahoratlarimni o'rgatdim.Navbatma-navbat shogird o'qituvchilarning dars o'tishlarini kuzatdim. O'quv yili davomida ustoz-shogird maktabining hamkorlikdagi faoliyat rejasi va uning monitoringini olib borish jadvali, shogirdlar darslarini tahlil qilish daftari, ustoz-shogird maktabi faoliyati bo'yicha hisobotlar tayyorlash ishlarini bajardim.
Tarbiyada ustoz ibrati muhim, sharqda mavjud ustoz-shogird an'anasida tolibi ilmning ustoz oldidagi burchi va mas'uliyati qatori ustozning ham shogirdlar oldidagi qator mas'uliyatlari zikr etilgan. Chunki shogirdlarimiz bizga «Ustoz» deya murojaat etganlarida, «Men shu nomni oqlayapmanmi?» degan savolga javob topa bilishimiz lozim.
Ustoz shogirdi ishlayotgan maktabga borishi yoki shogirdlarning ustoz o'qituvchi ishlayotgan maktabga kelishi uchun ma'lum bir masofani bosib o'tishlari kerak.
Maktablari uzoq joylarda joylashgan ustoz va shogirdlarning bir- birlari bilan ishlashlari uchun ko'p vaqt va mablag' sarf bo'lishi hech kimga sir emas. Biz ustoz-shogird an'analari asosida ishlaganimizda ham vaqt muammosi, masofa muammosi, ustoz bilan shogird- o'qituvchilarining bog’lanishida ba'zi bir muammolar uchradi. Biz uning yechimini quyidagicha topdik: shogird-o'qituvchilar o'zlari o'qitayotgan 5, 6, 7, 8, 9-sinflardan «a» yoki «b» sinfda bir oy davomida o'tayotgan dars mashg'ulotlarini videotasvirga tushirib boradilar.
Darsim tahliliga kelgan kunlari DVD diskini menga topshiradilar.O'z navbatida ularning darslarini kuzatgani borganimda kompakt disklarga tushirilgan dars tahlili bilan har ikki darsni ustoz-shogirdlar birgalikda sharhlab, tahlil qilamiz. Xulosa shuki, har bir shogirdning darsini oyda bir marta emas, to'liq hafta davomida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ldik.
Pedagogika, metodika va har bir fanni o'qitishda mavzular o'quvchilarning yosh fiziologiyasiga mos ravishda oddiydan murakkablashib borgani kabi, «Ustoz-shogird maktabi»da ham birinchi, ikkinchi va uchinchi shogird-o'qituvchilar bilan ishlashda uning tajribasiga qarab o'rgatishni ustozlik faoliyatimda qo'lladim. Shogird-o'qituvchilarbilanishlashdaquyidagimodeldanfoydalanishmumkin:
Ustoz-shogirdtizimidashogird-o'qituvchiningvazifalari:
ustozningmaqsadi, xatti-harakatlarinito'g'rianglash;
ustozningtajribalari, hayottarzinisidqidildano'rganishgaintilish;
uningdarslari, tarbiyaviysoatlaridabo'lib, ijobiytomonlarinio'zfaoliyatidaqo'llashgaharakatqilish;
zamonaviyaxborottexnologiyalaridanfoydalanganholdamutaxassisligi, kasbiypedagogikbilimi, ko'nikmavamalakalarinitinmayoshiribborishi, pedagogikayangiliklaridandoimiyxabardorbo'lish;
pedagogikfaoliyatidaerishganbarchayutuqlariyokiyo'lqo'ygankamchiliklariyuzasidanustozibilanfikrlashish, maslahatlashish.
«Ustoz-shogird» tiziminingilmiy-uslubiyta'minotiniamalgaoshirishda:
maktabmetodikbirlashmalari;
tuman, shaharmetodikaxonalari;
tumanmetodikkengashlari;
viloyat, Respublikametodikamarkazlari;
pedagogikafanlariilmiytadqiqotinstituti, malakaoshirishinstitutlarimuhimrolo'ynaydi.
«Ustoz-shogird» tizimifaoliyatinitashkiliy- pedagogikjihatdanta'minlashdata'Iimmuassasasi, maktabrahbariyatiquyidagiishlarniamalgaoshiradi:
shogird-o'qituvchiningustoz-o'qituvchibilanbog'lanishiuchunsharoitlaryaratibberish;
shogird-o'qituvchinimaktabningta'lim-tarbiyaviy, ijtimoiyfaoliyatigafaoljalbetish;
uningpedagogikfaoliyatidaqo'lgakiritganyutuqlarinirag'batlantiribborishvaqo'llab-quvvatlash;
shogird-o'qituvchiningsamaralipedagogikfaoliyati, erishganyutuqlarihaqidaustoz-o'qituvchigaminnatdorchilikmaktubijo'natishvahokazo.
Ishjarayonidaustozningvazifalari:
shogirdihaqidato'liqma'lumotgaegabo'lish;
har bir shogird bilan ishlash yuzasidan alohida ish rejasiga ega bo'lish;
pedagogik tajribalarni o'rgatish;
rahbariyatga, pedagogik va metodik kengashlarda vaqti-vaqti bilan hisobotlar berib borish;
pedagogik kasb sirlaridan xabardor qilib, uning ish sharoitiga moslashib borishiga yordam berish;
shogirdi bilan o'zaro teng pedagogik hamkorlik qilishi, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashi, mustaqil faoliyat ko'rsatishlariga imkon berishi;
shogird-o'qituvchining kelajagiga ishonch bilan qarash va hokazo.
Ustoz-shogird tizimida ustoz va shogird o'qituvchilarning vazifalarini aniqlash va ishlash jarayoni texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat bo'lishi mumkin:
Birinchi bosqich: Shogird-o'qituvchini ochiq yuz bilan kutib olish, jamoada uning shogird-o'qituvchi bo'lganligini tanishtirish.
Ikkinchi bosqich: Ustozni aniqlash va shogirdni unga biriktirish, ularni tanishtirish.
Uchinchi bosqich: Ustoz bilan shogirdning o'zaro bevosita aloqa o'rnatishi, faoliyat maqsadi, natijasini loyihalashtirish.
To'rtinchi bosqich: Ustozning o'z faoliyatini rejalashtirish va uni amalga oshirish shart-sharoitlarini aniqlash.
Beshinchi bosqich: Shogirdning pedagogik faoliyatida ustoz bilan ijodiy hamkorligini yo'lga qo'yish.
Oltinchi bosqich: Natijani aniqlash, baholash, umumlashtirish (rahbariyat, metodist).
Yettinchi bosqich: Erishilgan yutuqlar va aniqlangan kamchiliklarni tahlil etish, hisobot va bildirishnomalar tayyorlash.
Har bir kasb faoliyatida amalga oshirgan ishlarning natijasi orqali uning samaradorligi ma'lum bo'ladi. Ustoz faoliyati samaradorligi ham shogirdlarining bilim, ko'nikma va malakasining qay darajada rivojlanganligi bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda zamonaviy shakldagi maktab uchun yuqori kasbiy layoqatga ega bo'lgan tajribali, mahoratli, mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog'lagan holda dars olib boradigan yetuk mutaxassislar kerak.Bunday mutaxassislar ustoz-o'qituvchilar qo'lida tarbiyalanishi eng yaxshi samarali usuldir.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin