Hayotning har lahzasi go’zal, Umrning har dami g’animat.
5-MAVZU: USTOZ MAKTABI Reja: 1. Ta'rif va tavsifga oid matnlarni o'qib savol- javoblarda ishtirok etish.
2. Tengdoshlari do'stlarini ta'riflay olish, ularga tavsif berish.
3. Ta'rif va tavsif uchun qo'llanuvchi so'zlar ma'nosini izohlash.
4. Ta'rif va tavsif rejasini tuzish.
5. Atrofdagilarning xislatlari haqida o'z fikr mulohazalarni yozma bayon qilish.
6. Fraziologik birikmalarning turlari va uslubiy xususiyatlari..
Ustoz o’gitlari Bular tengdoshlarim Dunyo yaralibdiki, inson ezgulikka intiladi, baxt izlaydi.Dunyoda shunday tushunchalar borki, u insonning hayot mazmunini belgilaydi. Vatan, sog’lik, baxt…
Faxrlanarlisi shundaki, men mustaqil davlatimizning tengdosh yoshlaridanman.
Inson uchun yigirma yil ancha katta davr bo’lishi mumkin,lekin tarix uchun bu qisqa muddat. Men g’urur bilan shuni ayta olamanki, bizga tengdosh mustaqil vatanimiz ko’z oldimizda yigirma yil ichida juda katta yutuqlarni qo’lga kiritdi, saloxiyati yuksaldi, dunyoga yuz tutdi, butun jahon o’zbek degan g’ururli xalq borligini, ajdodlarga munosib yoshlari hech bir xalqdan kam emasligini tan oldi. Sport sohasida, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishda, hayotning barcha jabhalarida bugungi yoshlarning munosib o’rni bor. Har bir inson dunyoga kelar ekan uning o’z oldiga qo’ygan maqsadi bo’ladi. Shu qatori mening tengdoshlarimning ham o’z orzu-umidlari bor. Masalan men kelajakda ajoyib qo’li yengil, hammaga yordam beruvchi shifokor bo’lishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim va shu maqsadda tibbiyot institutiga hujjatlarimni topshirdim va xudoga shukur talaba degan eng asosiysi tibbiyot institutining talabasi degan nomga erishdim va bu bilan faxrlanaman.Mening tengdoshlarim ular qaysilaridir men kabi kelajakda shifokor bo’lish maqsadida tibbiyot institutiga hujjatlarini topshirgan bo’lsa, yana qaysilaridir respublikamizdagi nufuzli institutlarga kirish maqsadida hujjatlarini topshirdi bu albatta judayam yaxshi ular o’qishni kelajakda vatanimizga nafi tegadigan insonlar bo’lib yetishish maqsadida shu yo’lni tanlashdi eng muhimi ularning o’zi sevadigan mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlariga barcha imkoniyatlar bor ularning umuman bekorchi vaqti yo’q,ya’ni ular bekorchi emas.Bekorchidan xudo bezor deganlaridek, bekorchining vaqti ko’p, u xohlaganicha uxlaydi, xohlagan joyida xohlagan vaqtda boradi. Nima ish qiladi ko’chadagi o’ziga o’xshagan bekorchilar bilan do’stlashadi boshida oddiyroq ishlar bilan sigara nos chekishdan boshlansa, keyinroq esa o’g’rilik, ko’zboylamachilik va oxir oqibat narkamanga aylanib qoladi. Bu kimning aybi bilan balki bunga ota-onalar-u, ustozlar, yon atrofdagilarning aybidir. Xullas mening tengqurlarim ichida men faxrlansa arziydiganlari bilan bir qatorda yuqorida aytib o’tilgandagiqadalar ham bor.
Lekin faxrlansa arziydiganliklariyam ko’proq. Masalan o’tgan yili bir bola ismi to’g’risi esimda yo’q o’zi Buxorolik jahon matematika olimpiadasida birinchi o’rinni oldi bu televizorda mustaqillik bayrami arafasida ko’rsatishdi bu ko’rsatuvni ko’ra turib ko’nglimda nimadir qandaydir g’urur tuyg’usi paydo bo’ldi. Xuddi shunaqa bir tengdoshim jahon ximiklar olimpiadasida ishtirok etib g’olib bo’lgan va imtiyozli ravishda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga o’qishga qabul qilingan. Bunaqa tengdoshlarimning soni anchagina o’zimizning institutimizda ham olimpiadalarda g’olib bo’lib imtiyozli o’qishga qabul qilingan talabalar bor.
Yana yurtimiz bayrog’ini osmonlarda hilpiratgan,nomini dunyoga tanishtirgan yurtdoshlarim bor ular har doim o’tkazib kelinadigan olimpiadalarga faol qatnashib kelishmoqda. Turli xil sportlarda o’zlarining mahoratlarini namoyon etishmoqda. Albatta bu ishlar uchun biz yoshlarga hamma imkoniyatlar bor. Bu imkoniyatlardan biz yoshlar unumli foydalanishimiz kerak va bunday imkoniyatlar yoshlarga qaratilayotgan bunday imkoniyatlar dunyodagi eng rivojlangan davlatlarda ham yo’q va bu uchun prezidentimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.