Yaxshi fazilat inson ko’rki. Haqiqatdan ham yaxshi fazilat inson ko’rki.Eng yaxshi fazilat bu odob.Qadimda xalqimizda shunday maqol bo’lgan:
Odob –inson ko’rki Odob bozorda sotilmas.
Darhaqiqat salom bilan boshlanar odobning boshi.Xalqimizda insonga xos fazilat va illat tushunchalari bor.
Insonga xos barcha yaxshi xulq-atvorlar yig’indisiga fazilat deyiladi. Masalan: xushmuomilalik, shirinso’zlik, vafo, sadoqat, rostgo’ylik, mehnatsevarlik.
Insonga yot bo’lgan lekin bazi odamlar tomonidan rad etilmaydigan xulq-atvorlar illat deyiladi.Masalan:xiyonat,qo’pollik,yolg’onchilik,xusumad,kibru-havo va boshqalar.
Yaxshi so’z kimga yoqmaydi deysiz .Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar,Yomon so’z bilan musofir dinidan. Ayniqsa shifokorlik kasbi uchun bu judayam muhim. Agar bemor kelsayu,shifokorning xushmuomilasi bo’lmasa uni dori-darmon bilan ham davolash qiyin.Ba’zi bemorlar borki ular uchun faqat shirin so’z kifoya.Ba’zi kasalliklar borki,ularni davolashga umid yo’q,lekin shirin so’z orqali ularni davolash mumkin.Ya’ni ularni tuzalib ketishga ishontirish mumkin.Xullas:Shirin so’z-jon ozig’i.
Odamlardagi qaysi xislatlarni xush ko’rasiz? Dunyoda yomon inson bo’lmaydi,faqat uning qiladigan ishlari yomon bo’ladi.Har bir odamning yaxshi va o’z navbatida yomon odatlari bo’ladi.Men odamlardagi rostgo’ylik,mehr-muhabbat,sadoqat,mehnatsevarlik,shirin so’zlik kabi xislatlarni xush ko’raman va ularni hurmat qilaman.Har bir odam to’liq ideal bo’lolmaydi ya’ni unda faqat hamma yaxshi yoki faqat hamma yomon odatlar bo’lishi mumkin emas.Kimdadir bulardan biri ya’ni yaxshi fazilatlar ko’proq bo’lsa,kimlardadir buning aksi bo’ladi.Menga bular ichida eng yoqadigani bu mehnatsevarlik.Agar odam mehnat qilishdan qochmasa hayotga ko’p narsaga erishishi mumkin.Xalqimizda shunday maqol bor:
Mehnat-mehnatning tagi rohat.
Mehnat qilib topganing qandu-asal totganing,
Yozgi mehnat,qishgi rohat.
Mehnat qilsang rohat ko’rasan.