OILA JAMIYAT TAYANCHI
Milliy g’oyaning joziba kuchi-uning xalq tabiati, turmush va tafakkur tarziga, milliy ruhiyatiga mos kelganligidir. Milliy ruhiyat esa eng avvalo oiladan boshlanadi. Odam bolasi — dunyoga kelibdiki, u avvalo oila saltanatida tarbiya topadi. Oilaviy milliy odatlar, udumlar avloddan-avlodga o’tib, yosh avlod dunyoqarashida milliy g’oya negizlariga daxldor bo’lgan qarashlarni shakllantiradi. Shunday ekan, milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirishda oilaviy ma'naviy muhitning o’rni benihoya kattadir.
Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek yurtimizda har bir inson uchun Vatan tushunchasi oiladan boshlanadi. Shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Oilaning jamiyatdagi u’rni, axloqiy ahamiyati va qadr-qimmatini anglab yetmasdan turib xalqchil mafkura va milliy g’oya yarata olmaymiz.
Jamiyatning diniy, ruhiy asoslari, yer-suvni asrab avaylash, jamoa bu’lib yashash, qarindoshlik rishtalari, quda-andachilik odobi, mehnat ko’nikmalari, sabr-bardosh, diyonat, andisha singari bebaho fazilatlar aslida oilada shakllanadi. -
O’zbek oilasining o’ziga xos yozilmagan ichki qonun-qoidalari, axloqiy mezonlari bor. O’zbek xonadonida bolalar dasturxon atrofida kattalarning suvga tupirma, non ustiga narsa qo’yma, tuzni xor qilma, yoshi ulug’larning yo’lini kesib o’tma, ota-onangning gapini qaytarma, g’arib notovonlar ustidan kulma, hayvonlarning boshiga urma, bo’sh beshikni tebratma, marhumning uyidan chiqib birovnikiga borma, qarindosh urug’ing bilan aloqani buzma singari hikmatlarni bolaligidan eshitib keladi.
Jamiyatimiz istiqlolini millatimiz taqdirini o’ylar ekanmiz eng avvalo, oila bilan bog’liq muammolarni yechishinrz kerak. Ana shundagina biz buyuk kelajakka albatta, yetishamiz.
Savolvatopshiriqlar:
1. Matnda uchraydigan ilova talaffuzi kiyin so‘zlarni aniqlang.
2. Oilaviy ma’naviy muhit nima?
3. Oila va jamiyat qanday aloqada?
4. Qanday insoniy fazilatlar oilada shakillana boshlaydi?
5. Har bir oilaning qanday o‘ziga hos qonun-qoidalarini bilasiz?
2 topshiriq. Matndagi faol so‘z va birikmalarni qiyoslang:
Milliy g‘oya – milliy ideologiya.
Milliy ruhiyat – milliy psixologiya.
Oila saltanati – SHaңaraq saltanati.
Oilaviy udumlar – shaңaraq dasturlari.
Oilaviy muhid – shaңaraq ortalig‘i.
Xalqchil mafkura – xalыqshыl id.
Qarindoshlik rishtalari – tuo‘isqanliq baylanis.
Quda-andachilik – Quda-qudag‘ayshiliq
II. Yozma nutq o‘stirish:
3-mashq.«Mening oilam» mavzusida yozma matn yarating.Matnda sinonim va antonim so‘zlar ishtirok etsin.
4-mashq.Mustahkam oila qanday shakillanadi?Mavzusida yozma matn yarating.
Tayanch so‘zlar beriladi: oila muqaddas, oilaviy an’analar, oila boshi, er va xotin munosabati, qush uyasida ko‘rganini qiladi, qarisi bor uyning, parisi bar, otav a ona, bola-chaqa, iqtisod, tejamkorlik, ibratli oila, ibratli ota, oila bekasi, oilam mening faxrim.
Quyida berilgan ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirokida to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda gaplar tuzing:
Masalan: Bosh, ko‘z, etik, qo‘l kabi.
Namuna – Boshim og‘riqdan yorilay dedi. Boshi berk ko‘chaga kirib qolibman. Ali sen ishning boshida bo‘l. Shamol bo‘lmasa, daraxtning boshi qimirlamaydi (maqol). Bolani yoshdan, xotinni boshdan (maqol) kabi.
Dostları ilə paylaş: |