ATROFDAGILARNI ARDOQLA DO’STIM Atrofdagi odamlarni har doim ardoqlash kerak.Ularni hurmat qilish,qadriga yetish kerak.Odamni qadriga faqat uni yo’qotgandan so’ng yetish mumkin.Ya’ni kimdir atrofimizda yursa,har doim biz bilan birga bo’lsa,biz uni qadriga yetmasligimiz,uni ardoqlamasligimiz mumkin ammo vaqti kelib uni qachondir yo’qotganimizdan so’ng qadriga yetishimiz mumkin.Agar atrofdagilarga qanaqa munosabatda bo’lsak,ular ham bizga xuddi shunday munosabatda bo’ladi.Masalan,biz kimgadir mehribonchilik qilsak uni ardoqlasak,hurmat qilsak u odam hech qachon bizga buning teskarisini qilmaydi.Odam dunyoga kelar ekan,qandaydir maqsad bilan yashaydi,atrofdagilardan mehr sog’inadi.Xuddi shunday odam yoshi ulg’aygansari mehr-muhabbatga intizor bo’ladi.Ularga bu narsalar juda zarur bo’ladi.Bola tug’ilganda unga mehr beriladi va u ulg’aygan sari yoshligida olgan mehrini odamlarga ulashadi xuddi shu o’rinda ulardan ham xuddi shu narsalarni kutadi.Agar dunyoda saxiy,mehribon,muruvvatli odamlar bo’lmaganda hayot bunchalik go’zal bo’lmasdi.To’g’rida qanchadan-qancha yetim-yesirlarga,beva-bechoralarga,mehribonlik uydagilarga ular o’z yordamlarini berib kelmoqdalar.Xullas biz tirik jonzotlarmiz hayvondan farqli o’laroq bizda “ong” degan tushuncha bor ya’ni biz fikrlay olamiz shunday ekan,atrofdagilarimiz,qadriga yetishimiz kerak.Shunday qilaylikki vaqti kelib afsus qilmaylik.
Do’stlarni,tengdoshlarni tariflay olish, ularga tasif berish.
Har bir odamning albatta do’sti bo’lsa ,u o’zini zaif his qilmaydi,ya’ni doimo tetik yuradi biladiki uning oldida doimo yaxshi va yomon kunlarda mehribon do’sti bor.
–Do’st agar chinakam bo’lsa,unga bemalol ishonish mumkin.
Shunday maqol bor.
–Do’st achitib gapirar
Dushman kuldirib.
–Do’st bilan obod uying,
Gar u vayrona bo’lsa ham
Gar qadam qo’ymas emish
Vayrona ham koshona ham.
–Do’stsiz boshim
Tuzsiz oshim.
–Daraxt yaprog’i bilan
Odam do’sti bilan.
–Yuz so’m puling bo’lguncha
Bitta do’sting bo’lsin.
–Do’st og’ir kunda bilinar.
–Do’stingni ayt,
Kimligingni aytaman.
Alisher Navoiyning ham do’sti Husayn Bayqaro bo’lgan.Ular shunday buyuk shaxslar bir-biri bilan shuqadar inoq bo’lishganki,havas qilsa arziydi.Hatto Alisher Navoiy bir qizni yoqtiradi ular ancha vaqtgacha gaplashib yurishadi,ammo Husayn Boyqaroning bu narsalardan xabari bo’lmasdan bu ham shu qizni yoqtirib qoladi va unga uylanadi.Lekin Navoiy bila turib do’stiga indamaydi,uning ko’ngli og’rimasligini istaydi.Agar Navoiy do’stiga bor gapni aytganda Husayn Boyqaro ham do’stining sevgisiga hech qachon xiyonat qilmasdi,yana bunday buyuk shaxslarning do’stlari kam,ularning bir-birlariga munosabatlari ham havas qiladigan darajada bo’lgan.Yana shunday maqol bor:
–Do’stning eskisi yaxshi
Kiyimning yangisi.
Rostdan ham bugun kim bilandir do’st bo’lib,ertaga boshqasini topib yuradiganlar do’st emas ular do’stlik nimaligini ham bilishmaydi.Do’stni qachon do’st deyish mumkin?Qachonki u sizning nafaqat barcha yaxshi kunlaringizda,balki yomon kunlaringizda ham siz bilan yelkadosh tursa mana bu haqiqiy do’stlik.Yana”Do’stingni ayt kimligingni aytaman”,degan maqolda ancha ma’no bor.Do’stlarning ham xarakterlari bir-biriga mos kelishi kerak va shunday ham bo’ladi.Odamning do’stiga qilgan qandaydir noto’g’ri ishi ularni dushmanga aylantirib yuborish mumkin.Biz do’stimizga ishonib unga sir-asrorlarimizni aytamiz,lekin o’zimizning ichimizga sig’magan gaplar,boshqaning ichiga qanday sig’sin?To’g’ri,lekin hozirgi zamonda haqiqiy do’stlar kam.Ular bir-birining mansabi,obro’-e’tibori uchun,do’stlashadi.Agar u nochor axvolga tushib qolsa,tamom atrofdagi do’stlardan asar qolmaydi.Shunday she’r bor.
–Davlating borida,mavqeing zo’rida,
Do’st bo’lar edi,devonalar ham.
Davlating yo’g’ida,mavqeing yo’g’ida
Saloming olmaydi,devonalar ham.