OILAMIZ AN’ANALARI Har bir millatning o’ziga xos rasm-rusumlari,urf-odat va an’analari bo’ladi.Inson tabiati, fe’l-atvori go’dakligidan shakllanar ekan, milliy dunyoqarash ham bola vujudiga ona suti bilan kiradi.
Har bir millatning o’ziga xos rasm-rusumlari bo’lgani bilan mening oilamda o’ziga xos milliy an’analarimiz mavjud bu ota-bobolarimizdan qolgan ulug’ ne’matdir buni bizlar qadrlab e’zozlab avaylab bo’lajak kelajak yetishishimiz lozim. Chunki har bir xalq, millat o’z oilaviy an’analari orqali dunyo bilib hurmat extiromga ega bo’ladi! Ana shu qadriyatlarning yashovchanligini ta’minlovchi maskan oila bo’lib,uning zamirida insoniy munosabatlar, xalq ma’naviyati yotadi.
Millatimiz tarixiga nazar tashlasak, xalqimiz azal-azaldan oilani va nikohni muqaddas sanab, butun orzu umidlarni aynan shu maskan bilan bog’langanligini ko’rishimiz mumkin.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng qon-qonimizga singib ketgan an’analarimizni saqlab qolishimiz lozim.
1.An’analalar kerakli narsami?
2.An’ana deganda nimani tushunasiz?
3.An’analarimizdan birini ayta olasizmi?
OILA MUQADDAS DARGOX Oila-so’z! Lekin bu to’rt harfdan iborat so’z judayam chuqur ma’noni anglatadi! Oila-bu muqaddas dargoh deb bejiz aytishmagan. Bizning O’zbekistonimizda bejizga emasdir oilaga judayam katta e’tibor beradilar. Chunki har bitta narsa oiladan boshlanadi, tarbiya, ishonch, hurmat, extirom, o’zini anglab olish, o’z yo’lini topish, dunyoda kerakli inson bo’lib yetishishga oilani ahamiyati judayam katta. Men o’ylaymanki oila kelajakdagi har bitta insonni hayoti qadam bosishi bilan zanjir kabi qattiq bog’liq, chunki oila bu boshlang’ich sinfdagi bizaga eng asosiy narsani o’rgatadi.Oilani muqaddas deb bejiz aytishmagan, bundan bir maqol kelib chiqadi. “Qush inida ko’rganini qiladi”. In-bu oilamizdagi muhit, qush bu siz va men, bundan kelib chiqadikim inson o’z oilasida shakllanadi va bu ota-onadan bog’liq. Farzandi kelajakda qanday inson bo’lib erishishi, oila birinchi qadam bo’lsa, ikkinchisi bu mahalla va atrof muhitdir,har bir inson oila qurishdan oldin, yaxshilab o’ylab uning yelkasiga qanday og’ir yuk tushishini tushunishni va u katta javobgarlikni zimmasiga olayotganini his qila olishi shart!
1.Siz ham oilani muqaddas deb o’ylaysizmi?
2.Muqaddasligini nimadan ko’rasiz?