ABDULLAAVLONIY (1878-1934) A bdullaAvloniy o’zbek jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo’lib, XXasr so’z san’atimiz taraqqiyotiga o’zigaxos hissa qo’shgandir.
AbdullaAvloniy Toshkentning Mergancha mahallasida to’quvchi Mirovlon aka oilasida tug’ildi. Ma’lum bir muddatdan so’ng oila Mirobodga ko’chadi. Bo’lg’usi adib eski maktabda, so’ng madrasada tahsil oladi. U mustaqil mutolaa bilan ko’p shug’ullanadi. Rus tilini yaxshi bilgani uchun Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida ziyolilar orasida u ma’rifatparvar sifatida tanildi va o’lkadagi ijtimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan birigaaylandi. Uning bu faoliyatini 1904 yili Mirobodda usuli-savtiya maktabini ochishda ko’rishimiz mumkin.
Xalqning madaniy saviyasini oshirishda matbuot muhim o’rin tutadi. Avloniy bu sohada ham o’z bilimini, kuchini sinab ko’rdi. U 1907 yili “SHuhrat” nomli gazeta chop ettiradi. Orenburgda yashirin suratda nashr etiladigan “Soldat” nomli ruscha gazetaning muhim siyosiy tashviqotlarini tarqatishda “SHuhrat” gazetasi ko’p fidokorlik ko’rsatgan. 1906-1917 yillar Avloniy ijodiy faoliyatida katta burilish yasadi. U keng ommani ma’rifatli qilishda, ijtimoiy-ozodlik tuyg’ularini kurtak yozdirishda juda katta jonbozlik ko’rsatdi. 1909 yilda do’stlari ko’magida u maktab-maorif ishlariga yordam ko’rsatuvchi “Jamiyati xayriya” ochdi, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” nomli 4 qismdan iborat she’riy to’plamining 1 juzvini nashr qildirdi. 1913 yili u teatrchilik ishlariga kirishib ketdi. Uning g’ayrat va tashabbusi bilan “Turon” teatr truppasi tashkil etildi. Uning a’zolari 25 kishidan iborat edi. Ulardan G’ulom Zafariy, SHokirjon Rahimiylar xalqqa taniqli edilar. Unga 1916 yili kelib qo’shilgan Mannon Uyg’ur va SHamsiddin SHarafiddinovlar (Xurshid) o’zbek teatr madaniyatining asoschilaridan bo’lib qoldilar. Truppa 1915 yili “Zaharli hayot”, “Baxtsiz kuyov” kabi dramalarni sahnalashtirdi. Avloniy o’z truppasi yanada takomillashuvi uchun peshqadam ozarbayjon va tatar dramaturgiyasiga murojaat etdi. 1914-16 yillar davomidaAliasqar Asqarov (ozarbayjon), Zaki Boyazidskiy (tatar) bosh rejissyor bo’lib ishladi. Avloniy o’zi ham truppa uchun sahnaasarlari yozadi. SHu tariqa uning “Pinak” (1915), “Advokatlik osonmi?” (1916) komediyalari maydonga keldi. 1914-16 yillar davomida truppa Farg’onada bo’ladi, ularning bu tashrifi mahalliy matbuot sahifalarida e’lon qilingan edi.
Avloniy 1914 yil bir guruh taraqqiyparvar Yoshlar bilan “Nashriyot” shirkatini tuzadi vaXadrada “Maktab kutubxonasi” kitob do’konini ochib, madaniy-oqartuv ishlari bilan shug’ullanadi. Uning Toshkentda mahalliy muallimlar o’rtasida siyosiy ishlar olib boruvchi “O’qituvchilar uyushmasini” tuzganligi ma’lum. 1917 yilning aprel oyidan Avloniy “Turon” nomli gazeta chiqara boshlaydi. Lekin uning ikkinchi sonidayoq Mirmuhsinning maqolasidagi qaltis gaplari uchun “SHo’roi Islomiya” va “Ulamo” jamiyatlari qo’shma majlisida maqola muallifini ham, gazeta muharririni ham “kofir” deb e’lon qilishadi. Mirmuhsin yashirinadi, Avloniy tavba-tazarrular qilib ikkinchi gazeta chiqarmaslikka tilxat berib qutiladi. Bu voqea Rossiya matbuotida ham shov-shuvlarga sabab bo’ladi. SHoirning o’limi munosabati bilan bosilib chiqqan nekrologda uning 1918 yil Toshkent shahar sovetining a’zosi, eski shahar ijroiya komitetining raisi, 1919-20 yillardaAfg’onistondagi elchixonada bosh konsul, Turkbyuroning iqtisodiy ta’minot mudiri vazifasida ishlagani aytilgan. SHuningdek, Avloniy “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Kasabachilik ishi” gazetalarida redkollegiya a’zosi va bosh muharrir bo’lib ishladi. 20-yillarda u pedagog olim sifatida faoliyat ko’rsatdi. 1924-29 yillarda harbiy maktabda, 1925-1934 yillar davomida O’rta Osiyo Qishloq xo’jaligi maktabida va SAGUda o’qituvchilik qildi, u erda til bilimi kafedrasida professorlikka tasdiqlandi. Bu ishlardan tashqari Avloniy O’znashrda, Terminologiya komiteti Davlat ilmiy kengashida qizg’in ish olib bordi. 1933 yili o’rta maktablarning 7-sinfi uchun adabiyot xrestomatiyasini tuzadi. Avloniy 1934 yil 25 avgustda Toshkentda vafot etadi.
Avloniy 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ijod qildi. O’zi aytganidek, o’nlab she’r va maktab kitoblari, 4 teatr kitobi qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixida tutgan o’rniga baho bersak, pedagogik faoliyati va poetik merosi diqqatga sazovordir. Adib maktablar uchun darsliklar tuzgan “Birinchi muallim” 4 marta, “Ikkinchi muallim” 3 bora nashr etiladi. ”Ikkinchi muallim” darsligida 50 dan ortiq she’riy va prozaik hikoyalar bor, yana unga Tolstoy va Krilovdan erkin tarjimalar kiritilgan. Avloniyning ta’limiy-axloqiy asarlari ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” diqqatga sazovordir. Avloniy bu asarini yaratishda Sa’diyning “Guliston” asariga suyanadi.
Avloniy she’riyati “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to’plamida jamlangandir. SHe’rlarning asosiy mazmuni axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy masalalarga bag’ishlangandir. Ulardan “Maktab”, “Ilima targ’ib”, “Millatgaxitob” she’rlari mashhurdir. Avloniyning komik dramalaridan tashqari siyosiy dramalari ham mavjud. “Ikki sevgi”, “Biz va siz”, “Portug’oliya inqilobi” asarlarida ozodlik, milliy uyg’onish g’oyalari ilgari surilgan, lekin bu dramalar tugallanmagan. Adibning publisistika sohasidagi yutuqlaridan ma’rifatparvarlik shiorlari bilan sug’orilgan maqolalari orasida “Madaniyat to’lqinlari”, “Hibzi lison”, “Jaholat” kabilarni ajratib ko’rsatish mumkin. “Afg’on kundaliklari” nomli asari esa o’zbek publisistikasi va memuar adabiyotning yaxshi namunalaridan biridir. Asarda vayron qilingan Turkistonning foje’i manzarasi tarixan haqqoniy tasvirlab berilgan.
ALISHER NAVOIY (1441 - 1501)
«... Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir». Davlatshoh Samarqandiy.
«Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur». Husain Boyqaro.
«...turkiy tilda hech kim Navoiydek ko‘p va xo‘p she’r aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi». A.Jomiy «Bahoriston» dan.
«Undan avval va undan keyin hech kim turkiy tilda she’rni undan ko‘proq va undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy sherni ham ko‘p yozgan. » (Muhammad Haydar Mirzo «Tarixi Rashidiy» dan).