1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


-mavzu: «XXI asr axborot texnologiyalar asri»



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə79/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
Узбек тили

30-mavzu: «XXI asr axborot texnologiyalar asri»

I. Og‘zaki nutq o‘stirish. 1-mashq. 1-topshiriq. Matnni ifodali o‘qish va axborot texnologiyalar asri haqida bahs-munozara tashkil qilish


Axborotlar
Bugungi kunda axborotlashtirish kishilik jamiyatining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Agar jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak insoniyat o‘zining rivojlanish tarixi maboynida moda, quvvat va axborotlarni o‘zlashtirib kelgan. Insoniyatning rivojlanishida butu-butun bosqichlar ushbu bosqichlarning eng ilg‘or texnologiyasi bilan atalib kelgan. Jumladan, «Tosh asri» - mehnat quroli yasash uchun toshlarga ishlov berish texnologiyalari asri, «Bronza asri» materiallarga ishlov berish haqidagi turli texnologiyalarni barpo qilish asri, «Kitobni chop etish asri» ma’lumot bazasini axborotga aylantirish asri, «Elektr asri» - quvvatning yangi turlari va energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish muammosi hal bo‘lgan asr, «XXI asr – intellektual asr – aql zakovat asri», - Axborotlashtirilgan jamiyat sari asri» kabi.
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan kishilik jamiyati taraqqiyotidagi asrlardan ma’lumki, jamiyat rivojlanishi tarixida bir necha marta axborot inqiloblari o‘tkan ekan. Natijada jamiyat taraqqiyotidagi bunday bosqichlar inson intellektual solahiyatining o‘sishiga olib kelgan. Hozir esa XXI asr – intellektual salohiyat asriga aylandi.
2-topshiriq. «Axborotlashtirilgan jamiyat sari» matnini o‘qib, uni kengaytiring.
Axborot tizimlari kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborotli va dasturiy ta’minolardan foydalanib mutaxassislar ishtiroki bilan iste’molchi uchun axborot ishlab chiqaradi. Hozir jamiyatimiz «Axborotlashtirilgan jamiya sari» degan nom bilan atalmoqda. Demak, mamlakatimizdagi taraqqiyot ham shu asr bilan hamoxong taraqqiy etishi kerak. Buning uchun atom stansiyalari kosmik aloqalar, termoyadroli sintez, biotexnologiya, plazmali jarayonlar vash u kabilarni o‘rganish hamda boshqarishga yuqori texnologiyalar kerak bo‘ladi. Ayniqsa, ayrim sohalardagi jarayon va hodisalar uchun tezkor faoliyat ko‘rsatuvchi axborot tizimlari kerak bo‘ladi, aks holda axborotning o‘ziga ham xojat qolmay qoldi. Masalan, kosmik kemalar uchishini bajarishda axborotli tezkor ishlash muammosi doimo kun tartibida turadi vash u axborot tizimi asosida uning keyingi harakati boshqarilib boriladi. Bunday jarayonlarni kompyuterli axborotli tashkiliy ta’minlanishisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ana shu sabablarga ko‘ra ham avtomatlashtirilgan axborot tizimlari kerak bo‘lmoqda. Demak, ularga axborot tizimlaridan farqli o‘laroq axborotlarni qayta ishlash metodologiyasi (modellar, algoritmlar, mezon va tamoyillar), texnik ta’minot va texnologik vositalar majmuasi zarur bo‘lar ekan.
2-mashq. 1-topshiriq. «Internet – ommaviy axborot tarqatish universal vositasi» matni asosida savol-javob tashkil qiling
Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i) – butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Hozirgi kunda internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi programma hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmog‘idan yoki telefondan foydalanganlklari uchun oyma-oy to‘lanuvchi doimiy to‘lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina Evropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. Internetning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.
1 topshiriq: 1. Internetning ijobiy tomonlari haqida qisqacha yozma matn yarating.

  1. Internetning salbiy oqibatlari haqida nimalarni bilasiz? Qisqacha o‘z fikrlaringizni yozib bering.

  2. 3-mashq. Matnni ifodali o‘qing vash u asosida ijodiy baen yozing.

4-mashq, 1-topshiriq «XXI asr axborot texnoloiyalari asri» mavzusidagi matnni ifodali va o‘z fikrlaringiz bilan boyting.
2-topshiriq. Axborot texnologiyalar asrida fan-texnika taraqqiyotida qanday yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
3-topshiriq. O‘zingiz ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtida axborot texnologiyalari qanday yo‘lga qo‘yilgan?



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin