1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


MAHALLA — MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA MASKANI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə76/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Узбек тили

MAHALLA — MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA MASKANI
Jamiyatimizda mahalla institutining o‘rni va nufuzi tobora ortib boryapti. Mavjud siyosiy partiyalar aholi orasiga yanada chuqurroq kirib borishda bu institutning imkoniyati katta.Shu bois, Xalq demokratik partiyasi elektorat manfaati yo‘lidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda mahallalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda.
O‘zXDP Markaziy Kengashi hamda Sobir Rahimov tuman kengashi tashabbusi bilan «Ahil» mahalla fuqarolar yig‘inida «Mahalla — manzilli ijtimoiy himoya maskani» mavzuida davra suhbati tashkil etilgani ham shu hamkorlik tufaylidir. Unda partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda mahallada ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda nodavlat tashkilotlar hamkorligidan foydalanish, ijtimoiy himoyaning manzilligini ta’minlashda mahalla faollarining mas’uliyati va vazifalari, aholi, shu jumladan, yoshlarning ish bilan bandligi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi qator masalalarga e’tibor qaratildi.
Aholining turmush tarzi, kim, qaysi oila yordamga muhtojligi, bu muhtojlik nimalardan iboratligini mahalla hammadan ko‘ra ko‘proq biladi. Shu orqali elektoratimiz muammolarini o‘rganamiz. Bu esa tegishli masalalarni deputatlarimiz oldiga qo‘yib, qonuniy yechimini topishga asos bo‘ladi. Hamkorlikda harakat mahallaning ham, partiyaning ham oldida turgan vazifalar samarali yechim topadi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bosh mutaxassisi Muqaddam HASANBOYEVA fikri:
— Davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga mustahkam asos bo‘lgan besh tamoyildan biri aholini kuchli ijtimoiy himoya qilishdir. Bu borada asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, bevosita mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining faol ishtiroki muhim.Hukumatimiz tomonidan aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘rinli, aynan ehtiyojmand kishilarga yo‘naltirishda mahallaning o‘rni beqiyos. Ijtimoiy himoyaning manzilliligi bevosita mahalla raisi, maslahatchisi va faollari orqali ta’minlanadi. Biz ham shu tamoyilga asosan faoliyat yuritamiz. Prezidentimizning ijtimoiy himoya masalalariga oid ko‘plab qaror va farmonlari ijrosida bevosita mahalla faollariga suyanib ish ko‘ramiz.
«Mahalla» jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Abdumavlon RAHIMOV nutqlari:
— Tumanda 57 ta mahalla bor. Ularning barchasida mahalla guzarlari, maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, o‘quv muassasalari faoliyat yuritadi. Mahalla fuqarolar yig‘inlarida barcha sharoitlar yaratilgan.Biz turli tashkilotlarni jalb qilgan holda mahallalar bilan hamkorlikda turli tadbirlar uyushtiramiz, bayramlar munosabati bilan qarovchisini yo‘qotgan keksalar, nogironlar, faxriylar holidan xabar olamiz. Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak beramiz. Zero, Yurtboshimiz aytganidek, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson uchun, uning manfaati uchundir.
«Ahil» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abduxoliq VAHOBOV:
— Mahallamizda 1200 dan ortiq xonadon bo‘lib, 7200 nafar aholi istiqomat qiladi. Shuning 52 nafari boquvchisini yo‘qotgan, nogironlar.Ular doimiy e’tiborda. Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Ammo bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, mehr-oqibat, ijtimoiy birdamlikni kuchaytirishda O‘zXDP bilan hamkorlikni izchil olib borishimiz zarur, deb hisoblayman.
Shuningdek, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ziyovuddin Mansurov, tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Muzaffar Muhammadiev, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi. Davra suhbati ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mahallaning aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni yechish, joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash borasidagi hissasi tobora kuchayib borayotganini ta’kidlagan edi. Shu munosabat bilan mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining huquqiy asosini, ijtimoiy masalalarni yechish tizimini takomillashtirish vazifalari haqida ham fikrlashib olindi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin