1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Mahalla QADRIYATLAR BESHIGISAN – MAHALLAM!



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə75/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
Узбек тили

Mahalla
QADRIYATLAR BESHIGISAN – MAHALLAM!
Mahalla yoki guzar arab. tilidan olingan bo`lib, محلةmahalla— «to`xtash stansiyasi», «oromgoh»; «shahar kvartali», حلhalla esa «ochmoq», «yechmoq» ma`nolarida keladi; (turk.mahalle, o’zb mahalla, uyg مەھەللە/mәһәllә) — islom davlatlarida kvartalga teng keladigan shaharning bir qismi, uning aholisi esa mahalliy o`z-o`zini boshqarishni amalga oshiradi. Odatda bunday kvartal— mahallaning markazi masjid bo`lib, u o`ziga xos madaniy markaz bo`lib, unda muqaddas Juma namozi o`tkaziladi.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish masalasi demokratiyaning ajralmas qismidir. Shu bois, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida dadil odimlayotgan mamlakatimizda mahallalar, fuqarolar yig’inlarining eng demokratik boshqaruv usuli va tizimi sifatidagi o’rni hamda ta’siri kengayib bormoqda.
O’zini-o’zi boshqarish organlari raislariga barcha jabhalardagi bilimlari, rahbarlik malakalarini oshirishda muhim omil sanalishini istiqlol yillarida mahallalar faoliyati butunlay yangicha mohiyat va mazmun kasb etganligini, qolaversa, mahalla va uning ish strukturasi jahon tajribasida ilk bor mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asosiy tayanchi bo’lib xizmat qilmoqda.
Va aytish mumkinki, to’g’ri tanlangan bu yo’l o’zini oqladi. Ayniqsa, mahalla oqsoqollari va faollarining bevosita mahalla infra tuzilmasini rivojlantirishdagi ishtiroki e’tirofga loyiq. Hozirgi kunda barcha joylarda bo’lgani kabi tumandagi “Shakarqamish ahallasida ham mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligiga puxta hozirlik ko’rilmoqda.
Bayram arafasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan kishilarning holidan yana bir bor xabar olinmoqda. Umuman, bugunda tumanning barcha mahallalarida bayramga munosib hozirlik ko’rilmoqda.Deylik ba’zi mahallalarda yuzaga kelgan toza ichimlik suvi borasidagi muammo hal etilgan bo’lsa, ba’zi mahalla fuqarolarga qiyinchilik tug’dirayotgan transport vositalariga bo’lgan ehtiyoj hal etilmoqda.
Shu bilan birgalikda har bir mahallada, ko’chada, uyda obodonlashtirilish ishlari olib borilmoqda.Shuningdek bayram arafasida turli inshootlarning topshirilish marosimini o’tkazish ham rejalashtirilgan. Bu ishlarda esa mahalla oqsoqollarining o’rni va roli katta bo’lmoqda. Aynan ularnning tashabbuslari bilan aholiga qiyinchilik tug’dirayotgan ba’zi muammolar xomiylar topib hal qilinmoqda.
Demakki, mahalladagi ahillik va osoyishtalikni ta’minlashdagi muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’z-o’zini boshqarish organlarining raislariga, uning mahalladagi obro’-e’tibori, bilimi, tajribasi, dunyoqarashi va eng avvalo, tashkilotchiligiga bog’liq.

Engnamunalimahallamaslahatchisi” respublikako‘rik-tanloviningToshkentviloyatibosqichibo‘libo‘tdi


Mamlakatimizda xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, faolligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda Prezidentimizning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida ish olib borayotgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha mahalla maslahatchilarining o‘rni katta bo‘layotir.
Mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari qamrovini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida 9 nafar mahalla maslahatchisi ishtirok etdi.
Tanlov shartlariga ko‘ra maslahatchilar mahallada diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlash hamda namunaviy nizomda belgilangan vazifalar, huquq va majburiyatlari, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga qaratilgan faoliyati, o‘z mahallasi tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari va madaniyati bo‘yicha ma’lumotlar berdilar. Albom, buklet va ko‘rgazmali vositalar orqali tomoshabinlar maslahatchilar faoliyati haqida yanada keng tasavvurga ega bo‘ldilar.
Tanlovda Angren shahridagi “Uvaysiy” mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi Ra’no Hayitqulova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.Zangiota tumanidagi “Bo‘zsuv”, Qibray tumanidagi “Salar” mahalla fuqarolar yig‘inlari maslahatchilari Malika Solijonova hamda Mavjuda Isamuhammedova keyingi o‘rinlarni egalladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin