MILLIY XALQ O’YINLARINI TIKLASh VA RIVOJLANTIRISh Xalq, o’yinlarining ta'qiqlanish sabablari ming afsuslar bo’lsinki, XX asrda, aniqroqi sho’rolar davridan boshlab xalq o’yinlari hayotdan siqib chiqarila boshlandi. Buning sabablari ko’p.Birinchidan, xalq an'analarini ta'qiqlash totalitar tuzumning yashirin milliy siyosati natijasi edi.Bu siyo-satning asosiy maqsadi mamlakatda umumsovet xalqini vujudga keltirish edi. Biroq sho’rolar bu maqsadga tezroq va sun'iy yo’llar bilan erishishga intilishdi. Umumsovet xalqini vujudga keltirish uchun esa barcha millat va elatlarni bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlarni, ya'ni milliy ong, milliy an'analar, milliy til va madaniyatini yo’q qilish lozim bo’ldi. Shuning bilan birga barcha uchun umumiy bo’lgan ong, til, odatlar, o’yinlar joriy qilina boshlanadi.
Vazifa:Quyidagi matnni o`zbek tiliga tarjima qiling.
HOSIL BAYRAMI Har yili yurtimizning bir go’shasida hosil bayrami o’tkaziladi.Mana bugun Farg’onaliklar hosil bayramini nishonlamoqda.Tadbirga viloyat xirmoniga ulkan hissa qo’shgan ilg’or dehqon va fermerlar,mexanizatorlar va operatorlar,mehnat faxriylari taklif etildi.So’zga chiqqanlar mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilishini ta’kidladilar.Yerning chinakam egalari fermerlarga berilishi,unga bo’lgan munosabatning tubdan o’zgarishi,dehqonning o’z mehnati samarasidan manfatdorligi oshgani,yutuqlarning muhim omili bo’layotganini qayd etadi. Farg’ona viloyatida paxtachilik va g’allachilik sohasida katta tajriba to’plangan. Joriy yilda ham viloyat mirishkorlari davlatga paxta va don sotish rejasini birinchilardan bo’lib bajardilar.
–Yer haqiqiy egasini topgani bugun o’z samarasini bermoqda-deydi O’zbekiston qahramoni,Toshloq tumanidagi “Mamajanobga qahramon”fermer xo’jaligani rahbari Komiljon Mamajonov.
28-MAVZU:MAHALLAMIZ KELAJAGI. Mavzu yuzasidan vazifalar:
O`z shahar( tuman, mahalla)ingiz to`g`risida qisqacha so`zlab bering.
Uy (xona)ingizning ko`rinishi, sharoitlari yuzasidan suhbatda (dialogik vaziyatda) ishtirok eting.
Yashash joyingizni obodonlashtirishga qanday hissa qo`shmoqchisiz?
O`z manzilingiz uchun yo`l ko`rsatkich tuzing.
Yashash joyingiz (shahar, tuman, mahalla) ning tarixiga oid matn tayyorlang.
Matn mazmuninig qisqacha bayoni (rezume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.