1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə72/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
Узбек тили

Yomg‘ir yog‘aloq,
Momo tug‘aloq,
Yomg‘ir tinganda,
Chiqar kamalak.
Bahor uzuk bo`lsa, ko`zidir Navro`z!
“Navro’z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz sahovatining, shu bilan birga bizning bir necha yillik qiyofamizning, urf- odatlarimizning mangulik ifodasi tasdig’idir”
Islom Karimov
Navro`z- biz uchun o`zaro bahor va uyg`onish, yasharish va yangilanish, mehnat va bunyodkorlik faslidir.
Bulbul lisonida ishq to`laxonish,
Gulning ko`zlarida sevinish, yonish.
Bunda har bir yaproq o`zingga tanish,
Xalqim, bu kun senga Navro`z muborak!
Navro`z-biz uchun o`zaro mehr-oqibat, qadr-qimmat, xayru saxovat va o`zlikni anglash ramzidir.
Ko`zlarga suraylik Navro`zimizni,
Tilaylik Allohdan rizq-ro`zimizni.
Tabriklab qo`yaylik o`z-o`zimizni-
Navro`z ayyomingiz muborak do`stlar!.
Shu Ona tuproqni, aziz Vatanimizni Olloh o`zi qo`llasin, yomon ko`zlardan asrasin!. Bu yurtning pahlavonlari hamisha yukini yelkasigaolsin, bu yurt suluvlarining qoshidan o`sma, ko`zidan surmasi arimasin. Onalar tilidaalla, hofizlari tilidan yalla tinmasin.
Duoguy onaxon-otaxonlarimizning nuroniy chehralari doimo davralarimizga fayz qo`shsin!. Yurtimiz bog`laridan bahor, bahorgaoshufta dillardan esa ishq va izhor ketmasin!
Har bir kuni Navro`z bo`lsin o`zbegimning,
Xirmonlari donga to`lsin o`zbegimning,
Rizqi butun, baxti kulsin o`zbegimning,
O`zbegimning o`zbekligin sog`inganman!
Fasllar kelinchagi hisoblanmish bahor Navro`z ayyomi bilan naqadar go`zal va tarovatlidir. Bahorni Navro`zsiz, Navro`zni bahorsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Shoir yozganidek, bahorni uzukka qiyos aylasak, Navro`z shaksiz uning yoqut ko`zidir! Bu ko`z qorachig`idaaks etgan go`zallikni tarannum etish har bir qalamkashning asl so`zidir! Ma`naviy qadriyatlarimizdan birigaaylangan Navro`z haqida qancha nodir kitoblarda durdona so`zlar bitilmagan deysiz!
“Milliy ma`naviyatimizning azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram – sharqona yangi yil bo`lmish Navro`z ayyomi misolida yorqin namoyon bo`ladi,– deb yozadi yurtboshimiz Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida.Barchamiz doimoorziqib kutadigan va kattaxursandchilik, shodiyona bilan o`tkazadigan Navro`z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko`p ming yillik qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo`lib kelmoqda”.
Buyuk allomaAbu Rayhon Beruniyning “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Eron podshohi bo`lgan Jamshid “yangi kun”ni Navro`z deb atagani haqida yozib, shunday rivoyatlar keltiradi: “Jamshid o`zigaarava yasab olgach, o`sha kuni aravaga chiqib oldi, jinlar va shaytonlar uni havoga ko`tarib, bir kunda Dunbovanddan Bobilgaolib bordilar. Odamlar bu ajoyib voqeani ko`rgach, o`sha kunni hayit qildilar va Jamshidning (aravada uchishiga) taqlid qilib arg`imchoqlarda uchdilar”.
Bu tarixiy asarda yana shunday nodir fikrlar o`qish mumkin: “Navro`z kunida bir soat (payt) bor, shu soatda firuz (ya`ni, baxt) falaki ruhlarni maxluqotni yaratishga haydaydi... U kunning eng saodatli soatlari quyosh soatlaridir. Uning tongida yorug`lik imkoni boricha (yerga) yaqinlashadi, odamlar unga qarash bilan o`zlarini baxtli sanaydilar”.
Abulqosim Firdavsiyning “SHohnoma”, Umar Xayyomning “Navro`znoma” asarlarida ham Navro`z tarixigaoid qimmatli ma`lumotlar bilan tanishish mumkin.
Buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida Navro`z bayrami haqida shunday bitiklar o`qiymiz:

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin