1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə85/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Узбек тили

VATANNI QO’RIQLAYMAN!
–Oyi,meni bu hafta armiyaga olib ketishyapti!
–Voy,bolam sen ketsang men nima qilaman.U yer senga uy emas,xohlagan payting uxlab,yeb-ichishingga iloj bo’lmaydi.Sen u yerda qiynalib qolasan-ku!
–Oyi qiziqmisiz?!Axir bu har bir o’g’il bolaning orzusiku,bu yigit kishining mardligini ko’rsatadigan birdan-bir jasorat axir!Uy bolasi bo’lsam,u yerga borib o’rganaman,boshqalar kabi ertalab barvaqt turib,hamma yashayotgan oddiy hayot bilan yashayman.
–Bolam qiynalib qolasan
–Oyi,siz xavotir olmang bu men uchun faxr.Aytishadiku “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”.Bu meni bolalikdagi orzuyim.
–Xo’p,bolam boshing toshdan bo’lsin.Oy borib,omon qayt!
–Sog’ bo’ling oyi!
Topshiriq
1.Yuqoridagi matnlardan undalmalarni toping.
2.Matnlar ichidan so’z birikmalarini toping.
3.Matn ichidan soda gaplarni topib tahlil qiling.
1)Egalik qo’shimchalarining ko’chma ma’noda ishlatilishi?
Predmetning 3 shaxsdan biriga tegishli ekanini ko’rsatadigan qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi.
1,2 shaxs ko’plikdagi egalik qo’shimchalari polisemantik(ko’p ma’nolik) harakterga ega.
M:Bizning ayolimiz(mening xotinim)
M:Bizning bolalarimiz(mening bolalarim)
M:Sizning otalaringiz(sizning otangiz)
2)Kelishik qo’shimchalarning ko’makchilar bilan ishlatilishi?
Ba’zi bir kelishik qo’shimchalari ko’makchilar bilan birga ishlatilishi mumkin.
M:jo’nalish kelishigi,chiqish kelishigi.
Jo’nalish kelishigi bilan qo’llaniladigan ko’makchilar: qadar, qarshi (baxtga), qarab, qaramasdan, qaramay, qarata (uyga), yarasha (ishga), qaraganda (gapiga), muvofiq, doir, binoan.
Chiqish kelishigi bilan qo’llaniladigan ko’makchilar:ilgari, burun, oldin, avval, keyin, so’ng, beri, buyon, boshqa, tashqari, boshlab, bo’lak, ko’ra, nari (ga), o’zga, tortib.
M :Uyga qadar o’rtog’im bilan suhbatlashib keldik.
M:Tushlikdan oldin idoraga borib keldim.
M:O’qituvchidan boshqa hammaga bu savolning javobi ma’lum edi.
Topshiriq 1
Quyidagi berilgan gapdan ko’makchi vazifasida kelgan so’zni toping.
Uyga qadar o’rtog’im bilan suhbatlashib keldik.
Topshiriq 2
Shunday gap tuzing-ki,unda kelishik qo’shimchasi ko’makchi bilan birga kelsin.
Topshiriq 3
Quyidagi berilgan gapda qaysi kelishik ishlatilgan?
Tushlikdan oldin idoraga borib keldim.
Topshiriq 4
Quyida berilgan gapdan ko’makchi vazifasida kelgan so’zni toping.
Mehnatga yarasha haq olinadi.
Topshiriq 5
Qaysi kelishik qo’shimchalari ko’makchilar bilan birga ishlatilishi mumkin?

I. Og‘zaki nutq o‘stirish. 1-mashq. «O‘zbek xalqining asl farzandi Jaloliddin Manguberdi» haqida matnni ifodali o‘qing va matnni qisqacha bayon qiling.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin