35-mavzu: «Bilimlarimiz amaliyotda» I. Og‘zaki nutq o‘stirish. 1-mashq. 1-topshiriq. Bilim va bilimsizlik haqidagi quyidagi misralarni o‘qing va ma’nosini izohlang.
Bilimni buyuk bil, o‘quvni ulug‘,
SHu ikkov ulug‘lar kishini to‘liq.
Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir. O‘quv-idrok va bilim egasi bo‘lgan har qanday odam sharaflidir.
YOki: O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar,
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik olar.
O‘quvlik uqaru bilimli bilar,
Bilimli, o‘quvli shodlikka to‘lar.
(Oz-oz o‘rganib, dona bo‘lur).
2-topshiriq. Ilm, bilim, o‘qish haqidagi o‘zbek xalq maqollaridan va hikmatli so‘zlardan misollar keltiring.
Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelguncha tera olsang, bas.
(Rudakiy).
Biliming osmonga etgan bo‘lsa ham,
Boshqalar ilmiga quloq sol har dam.
(Balxiy)
Bilimsizlik bilan ishga kirishsang,
Foydasi bo‘lmaydi qancha tirishsang.
(Tusiy)
O‘qigan – o‘zar,
O‘qimagan tuzar.
(maqol)
O‘qigan – olim,
O‘qimagan – o‘ziga zolim.
(maqol)
O‘qish boshqa, uqish boshqa,
Uqigandan uqqan a’lo.
(maqol)
3-topshiriq. O‘qish, bilim, ilm haqidagi hadislardan misollar keltiring. Namuna:
Beshikdan tobutgacha ilm izla…
2-mashq. YOzgi ta’tilda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan dialogik matn yarating. Quyidagi savollar asosida dialogik matn tuzing.
1. Siz yozgi ta’tilni qaerda o‘tkazmoqchisiz?
2. U erda qanday ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqchisiz?
3. Kimlar bilan dam olishni ma’qul topdingiz?
4. Bajariladigan ishlaringiz rejasi bilan tanishtira olasizmi?
5. Agar rejalashtirilgan ishlaringiz to‘la amalga oshsa qәnday muvoffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan bo‘lasiz?
3-mashq. Siz ta’lim olayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliyot qaysi davrga rejalashtirilgan? Agar yozgi ta’tilga rejalashtirilgan bo‘lsa, kaerda, qanday karxona yoki tashkilotda o‘tkazilishi haqida qisqacha gapirib bering.
II. YOzma nutq o‘stirish. 4-mashq. 1-topshiriq. Amaliyotda ta’limiy mavzusida bayon yozing. Ta’limiy bayonning rejasini tuzing vash u asosida amaliyot jarayonidan bo‘lib yatgan vaqyoalarni ketma-ket bayon qiling. Hikoyatlash, tasvirlash va muhokama qilishda quydagi masalalarga alohida ahamiyat bering. Jumladan bo‘lib o‘tgan voqeaning manzili, har bir voqea-hodisa, tadbir kimlar tomonidan amalga oshirilganligi, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati kabilar to‘la ochib berilsin.
«Amaliyotda» mavzusidagi ta’limiy bayonning taxminiy rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Reja:
1. Amaliyot qaysi tuman yoki shaharning nechanchi sonli maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida olib borilganligi.
2. Amaliyot olib borilgan tashkilot rahbariyati, metodist o‘qituvchilar va sinfxonalari bilan tanishish.
3. Siz nechanchi sinf yoki guruhga metodist qilib bekitilganligingiz.
4. Sinf rahbari va o‘qituvchilar bilan tanishish jarayonining qәnday tashkil qilinishi.
5. O‘sha sinfda qaysi fanlardan dars olib borganligi va qanday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinganligi.
6. Amaliyot jarayonida amaliyotchi talabalar tomonidan qanday kechalar, uchrashuvlar uyushtirilganligi va ularning tarbiyaviy ahamiyati kabilar.
2-topshiriq. «Dam olishda» mavzusida yozgi ta’til qanday tashkil qilinganligini tasvirlab qisqa matn yarating.
5-mashq. Amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot matnini tayyorlang.
HISOBOT
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa topshiriqlarning bajarilishi, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat-hisobot sanaladi.
Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak.
Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajariladi, nimalarga e’tibor berildi, qanday etishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, takuliflar qayd etiladi. Hisobot shakl va mazmuni jihatidan bildirishnoma xujjatiga o‘xshaydi.
Uning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilayapti.
2. Hujjatning nomi (hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi va ota ismining bosh hariflari.
5. Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobot namunasi:
Toshkent viloyati Parkent
tumanidagi «Sulton»
fermer xo‘jaligining
2011 yilda rejalashtirilgan
ishlarining bajarilishi haqida
Hisoboti
Ho‘jalik tasarrufidagi ekin ekiladigan 100 gektar erga yil boshida o‘n turli ekin ekish rejalashtirilgan edi. SHundan sakkizta turi ekildi. Ikki turi – ukrop va kashnich sharoit yo‘qligi tufayli ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o‘rniga 2030 tonna sabzavot mahsulotlari olindi. Uch gektar tokzorda 90 tonna xo‘raki uzum etishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka, pomidor, piyoz, sabzi gektar boshiga avvalgi yildagiga qaraganda buy il ikki-uch tonna ko‘proq etishtirildi. Piyoz rejadagidan uch tonna kam olindi.
Xo‘jalik ishida o‘rnak ko‘rsatgan a’zolarimiz quyidagilar:
1. T.Turobov. 2. S.Rustamova. 3. K.Xo‘jaev (oila pudratida ishladi). 4. A.Solixo‘jaev (oila oyla pudratida ishladi).
Yil yakuni bo‘yicha moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda bularning xizmatini inobotga olishingizni so‘rayman.
Fermer xo‘jalik rahbari (imzo) K.Xolnazarov
2012 yil 5 yanvar.
III. Nazariy ma’lumot berish. Bitiruv malakaviy ish yozish tartibi haqida ma’lumot.
I. Malakaviy ish oldiga qo‘yiladigan talablar
1. Malakaviy ish mazmuni talabaning to‘la o‘z kasbini egallaganligidan, ilmiy-nazariy adabiyotlar bilan tanishganligidan, faktlarni mustaqil tahlil qila olishidan dalolat berib turishi lozim.
2. Malakaviy ish talaba egallagan fanning zamonaviy, ilg‘or metodologiyasi talabalariga javob berishi kerak.
3. Ishda tanlangan mavzu to‘la ochib berilishi talab qilinadi.
4. Malakaviy ishdan talabaning ma’lum darajada mustaqil ilmiy izlanishlari, faktlarni aniq va mustaqil tahlil qila olish qobiliyati sezilib turishi shart. Bunday mustaqillik ba’zan mavjud ilmiy-nazariy fikrlardan tanqidiy foydalanishda, ilgari surayotgan muammolarning yangicha talqinidan ham ko‘rinib turadi.
5. Bitiruv malakaviy ishda talaba uning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini, zamonaviyligini, dolzarbligini aniq tasavvur qila olishi lozim.
6. Malakaviy ishda talabaning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari aniq va ravshan bo‘lishi kerak.
7. Malakaviy ish ma’lum bir reja asosida yoziladi. Reja soda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Sodda rejada kirish va xulosadan tashqәri, boblarning nomlari qayd qilinadi. Murakkab rejada esa kirishning o‘zi bir nechta mayda qismlarga bo‘linadi, boblar ham mayda boblarga ajratiladi. Murakkab reja ishning ichki mundarijasini to‘la tasovvur etishga yordam beradi.
8. Malakaviy ish qisqa va asosli umumiy xulosaga ega bo‘ladi. Umumiy xulosada malakaviy ishda erishilgan natijalar tezis shaklida birma-bir yoritiladi. Ishning umumiy xulosa qismi 5-7 bet hajmida yoritilgani maqsadga muvofiqdir.
9. Malakaviy ish oxirida foydalanilgan adabiyotlar ruyxati alfavit tartibida quyidagicha beriladi: 1. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar. 2. Ilmiy-nazariy adabiyotlar. 3. Lug‘atlar. 4. Badiiy adabiyotlar kabi.
10. Malakaviy ishning har bir sahifasiga raqam qo‘yiladi.
11. Malakaviy ish adabiy tilda, uslubiy va imlo xotalarsiz, toza va ozoda yozilishi shart.
II. Malakaviy ishning hajmi. Filolog talabalarning imkoniyatlarini va bitiruv malakaviy ishini yozishga ajratilgan muddatni hisobga olsak malakaviy ish uch bosma toboq yoki kompyuterda 60 betdan oshmasligi kerak. Lekin ilovalar, indekslar va lug‘atlar bunga kirmaydi.
III. Malakaviy ish mavzusini tanlash.
Talabaning malakaviy ish mavzulari kafedra a’zolari tomonidan tanlanadi va mavzular kafedra yig‘ilishida keng muhakama qilinadi. SHundan so‘ng tasdiqlangan malakaviy ish mavzulari talabalarga tavsiya qilinadi. Ba’zan talaba o‘zi ishlab yurgan mavzusini tavsiya qilishi ham mumkin. Bunday mavzu ilmiy rahbarining tavsiyalari hamda maslahatlarini hisobga olib, kafedrada bekitilishi ham mumkin.
Malakaviy ish mavzusi shunday tuzilishi kerakka, ishning umumiy mazmuni, ob’ekti, hajmi, tadqiqot metodlari mavzu nomida aks etib turishi shart.
Malakaviy ishga rahbar qilib tajribali, fan nomzodi yoki fan doktorlari tayinlanadi. Ilmiy rahbar malakaviy ishning rejasi bo‘yicha maslahatlar berib turadi. Ilmiy rahbarning og‘zaki maslahatlari bitiruv malakaviy ishga materiallar to‘la to‘plaguncha; zaruriy adabiyotlarning barchasi ishlab chiqguncha davom etishi lozim. Talaba kamida ikki marta malakaviy ishning qoralamasini o‘z ilmiy rahbariga ko‘rsatishi va faydoli maslahatlar olib turishi mumkin.
Malakaviy ish talaba tomonidan oxirgi mart chiroyli, savodli qilib oqqa ko‘chiriladi yoki kompyuter yozuvida teriladi. Kompyuterda tayinlangan malakaviy ish bir yarim intervalda yozilgan bo‘lishi kerak. Malakaviy ishning oxirgi oqqa ko‘chirilgan varianti imloviy yoki uslubiy xatolarsiz, chiroyli bo‘lishi va TAK komissiya talablariga to‘la mos bo‘lishi lozim. Ilmiy rahbar talab darajasida tayyorlangan bitiruv malakaviy ishni himoyaga tavsiya qilganligi haqida taqriz yozib va uni tasdiqlaydi. Agar malakaviy ish talabga javob bermasa, bunday ish ilmiy rahbar tomonidan himoyaga tavsiya etilmasligi ham mumkin.