1-mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Reja



Yüklə 32,11 Kb.
səhifə7/9
tarix25.09.2023
ölçüsü32,11 Kb.
#148296
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PK Ma\'ruza 1

Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida muallimlarga munosabat alohida berilgan. Uning fikricha, har bir inson o'ziga ta'lim va tarbiya bergan ustozini, o'qituvchisini umrbod hurmat qilishi va uni e'zozlashi kerak. O'qituvchi mehnatini har qanday xazina bilan o'lchab bo'lmaydi:

  • Haq yo'linda kim senga, bir harf o'qitmish ranj ila,

  • Aylamak bo'lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.

Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murabbiyga ishonib topshirib bo'lmasligini aytib, o'qituvchiga yuksak talablarni qo'yadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini o'stirish uchun nihoyatda savodli o'qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo'lish kerak.
Alisher Navoiy o'qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi deb bilmaydi, balki mahoratli tarbiyachi bo'lishi lozim deb ilm va odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon hech qachon ajralmasligini ta'kidlab o'tadi. Buyuk alloma o'zining “Mahbub-ul qulub” didaktik asarida o'qituvchi xalq oldida obro'ga, hurmat va izzatga sazovor bo'lishi kerakligini, u xalq g'ami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo'lishi lozimligini aytadi. Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara “malak qiyofali” kishi bo'lishi, ya'ni sof ko'ngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o'zida aks ettiruvchi bo'lishi kerak deydi. Ayniqsa madrasalarda ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qo'yadi: «Mudarris kerakki, g'arazi mansab bo'lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko'rgazmasa va olg'irlik uchun gap-so'z va g'avg'o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo'lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga bosh o'rin bo'lmasa, yaramasliklardan qo'rqsa va nopoklikdan qochsa... nainki, o'zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo'lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo'lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir». Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand bo'lishi, kishilikning eng yaxshi fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan oliyjanob va kamtarin bo'lishi, har qanday yaramas ishlardan holi va pok bo'lishi, o'z xulqi va odobi bilan boshqalarga namuna bo'lishi lozim. Ayni o'rinda o'qituvchi mehnatini eng murakkab va mashaqqatli ish ekanligini xolisona baholaydi: “Uning ishi odam qo'lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to'da bolaga ilm va adab o'rgatadi, ko'rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borkim, u to'dada fahm-farosati ozlar ham bo'ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat qilsa qanday bo'ladi. Har qanday bo'lsa ham, yosh bolalarda uning haqqi ko'pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa unga (muallimga) qulluq qilsa arziydir”.
Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (1440-1505) “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to'xtalgan. U muallimlarning shogirdlariga beradigan har bir o'gitini qadrlaydi. “Maraka joylarida” (dars–ma'ruza o'qiladigan joy) shogirdlar muallimning har bir so'zini e'tibor bilan tinglashini va unga amal qilishini ta'kidlaydi. Jumladan, alloma shunday yozadi: “Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb so'rasalar, irodat ustiga, deb javob bergin. Agar irodat nima deb so'rasalar, samo va toatdir, deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so'rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog'i bilan eshitish, chin ko'ngli bilan qabul qilish va vujud a'zolari orqali amalga ado etishdir deb ayt”. Husayn Koshifiy asarida shogirdlikning 8 ta odobini ko'rsatib o'tadi:
• birinchi bo’lib salom berish;
• ustozning oldida kam gapirish;
• boshni oldinga egib turish;
• ko'zni har tomonga yugurtirmaslik;
• gap so'ramoqchi bo'lsa, avval ustozdan ijozat so'rash;
• ustoz javobiga e'tiroz bildirmaslik;
• ustoz oldida boshqalarni g'iybat qilmaslik;
• o'tirib turishda hurmat saqlash.
Husayn Koshifiy ustozlik shartlarini ham bayon qiladi: “Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmaydi va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo'lmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshlagan bo'lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo'l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so'ngra o'zing ustoz bo'l. ...Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb so'rasalar, u pok mazhabli o'z aybini ko'radigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo'lmaydi”. Husayn Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimniig alohida roli borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo'lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to'g'risida yana bir asari «Axloqi Muhsiniy»da shunday yozadi: «Murabbiy (bolaga) nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe'l bo'lish maqsadga muvofiqdir».Sharq allomalari adabiy meroslarida ta'kidlangan, o'qituvchilar haqida bildirilgan dono fikrlarni yoshidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar bilishlari va ularga qat'iy amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 32,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin