Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 399 - 469) o'quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta'lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o'z ustozi g'oyalarini davom ettirib, o'quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san'atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og'zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi.
Yunonistonda yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda notiqlik san'atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim
Demosfen (eramizdan avvalgi 384-322) nomi bilan uzviy bog'langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san'atiga qiziqdi. Tug'ma duduq bo'lishiga qaramasdan, o'quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg'in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san'atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga yetkazish mumkin deb ta'kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san'atining yetuk namoyodasi, ya'ni elitasi sifatida mashhur bo'ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
Mavzunio'zlashtirishuchunsavollar: 1. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash qaysi davrlardan boshlangan?
2. O'rta Osiyoda ilk ta’lim va tarbiya qachon paydo bo'lgan?
3. “Avesto”da bola ta’lim-tarbiyasiga oid fikrlar?
4. Abu Nasr Forobiy asarlaridamudarrislarga qo'yiladigan talablar?
5. Kaykovus mudarrisning axloqiy belgisini qaysi xususiyatida ko'radi?
6. Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari?
7. Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida?
8. Notiqlik san’atiga asos solgan yunonistonlik mashhur fayla- suflar kimlar?