1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
1-mavzu

 Alisher  Navoiy  (1441-1501)  ijodida  muallimlarga  munosabat  alohida  berilgan.  Uning 

fikricha,  har  bir  inson  o‗ziga  ta‘lim  va  tarbiya  bergan  ustozini,  o‗qituvchisini  umrbod  hurmat 

qilishi  va  uni  e‘zozlashi  kerak.  O‗qituvchi  mehnatini  har  qanday  xazina  bilan  o‗lchab 

bo‗lmaydi: 

Haq yo‗linda  kim  senga,  bir  harf  o‗qitmish  ranj  ila, 

Aylamak  bo‗lmas  ado, oning  haqqin  yuz  ganj  ila. 

 Alisher  Navoiy  yosh  avlod  tarbiyasini  har  qanday  tasodifiy  murabbiyga  ishonib 

topshirib  bo‗lmasligini  aytib,  o‗qituvchiga  yuksak  talablarni  qo‗yadi.  Bolani  tarbiyalash  va 

unga  bilim  berish,  uning  qobiliyatini  o‗stirish  uchun  nihoyatda  savodli  o‗qituvchi  va 

mahoratli  tarbiyachi  bo‗lish  kerak.  Alisher  Navoiy  o‗qituvchini  faqat  dars  beruvchi,  bilim 

beruvchi  deb  bilmaydi,  balki  mahoratli  tarbiyachi  bo‗lishi  lozim  deb  ilm  va  odobni  birga  olib 

borilishini,  bu ikki  jarayon  hech  qachon  ajralmasligini  ta‘kidlab  o‗tadi.   

Buyuk  alloma  o‗zining  “Mahbub-ul  qulub”  didaktik  asarida  o‗qituvchi  xalq  oldida 

obro‗ga,  hurmat  va  izzatga  sazovor  bo‗lishi  kerakligini,  u  xalq  g‗ami  bilan  yashashini,  xalqqa 

yordam  beruvchi,  xalq  bilan  birga  bo‗lishi  lozimligini  aytadi.  Nodon,  mutaasib,  johil 

mudarrislarni  tanqid  qilib,  mudarris  olimlar  orasidagi  eng  sara  “malak  qiyofali”  kishi 

bo‗lishi,  ya‘ni  sof  ko‗ngilli,  pok  qalbli,  insofli,  karam-muruvvatli,  odobli,  vafoli,  kishilikning 

eng  yaxshi  va  oliyjanob  hislatlarini  o‗zida  aks  ettiruvchi  bo‗lishi  kerak  deydi.  Ayniqsa 

madrasalarda  ta‘lim-tarbiya  bilan  shug‗ullanuvchi  mudarrislarga  jiddiy  talablarni  qo‗yadi: 

«Mudarris  kerakki, g„arazi mansab bo„lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik 

uchun  dars  berishga  havas  ko„rgazmasa va olg„irlik uchun gap-so„z va g„avg„o yurgizmasa, 

nodonlikdan  sallasi  katta  va  pechi  uzun  bo„lmasa,  gerdayish  uchun  madrasa  ayvoni  unga 

bosh  o„rin  bo„lmasa,  yaramasliklardan  qo„rqsa  va  nopoklikdan  qochsa...  nainki,  o„zini olim 

bilib,  necha  nodonga  turli  xil  fisq  ishlarni  qilish  mumkin,  balki  halol  desa,  qilmas  ishlarni 

qilmoq  undan  sodir  bo„lsa  va  qilar  ishlarni  qilmaslik  unga  qoida  va  odat  bo„lib  qolsa,  bu 

mudarris  emas,  yomon  odatni  tarqatguvchidir».  Demak,  mudarris  bilimli,  fozil  va 

donishmand 

bo‗lishi, 

kishilikning  eng  yaxshi  fazilatlarini  o‗zida  mujassamlashtirgan 

oliyjanob  va  kamtarin  bo‗lishi,  har  qanday  yaramas  ishlardan  holi  va  pok  bo‗lishi,  o‗z  xulqi 

va odobi  bilan  boshqalarga  namuna  bo‗lishi  lozim.   




Ayni  o‗rinda  o‗qituvchi  mehnatini  eng  murakkab  va  mashaqqatli  ish  ekanligini  xolisona 

baholaydi:  “Uning  ishi  odam  qo„lidan  kelmas,  odam  emas,  balki  dev  ham  qila  bilmas.  Bir 



kuchli  kishi  bir  yosh  bolani  saqlashdan  ojizlik  qilardi.  U  esa  bir  to„da  bolaga  ilm  va  adab 

o„rgatadi, ko„rkim bunga nima etsin. SHunisi ham borkim, u to„dada fahm-farosati ozlar ham 

bo„ladi,  unday  kishiga  yuzlarcha  mashaqqat  qilsa  qanday  bo„ladi.  Har  qanday  bo„lsa  ham, 

yosh  bolalarda  uning  haqqi  ko„pdir.  Agar  shogird  podshohlikka  erishsa  unga  (muallimga) 

qulluq qilsa arziydir”. 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin