1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1-mavzu

2.3.  Evropa  olimlari  o„qituvchilarning  kasbiy  mahoratini  takomillashtirish 

to„g„risida 

 O‗qituvchilarning 

kasbiy  mahoratlarini  takomillashtirish  to‗g‗risidagi 

muammolar  evropa  olimlari  YA.  A.  Komenskiy,  Djon  Lokk,  G.Pestalotssi, 

A.Disterverg,  K.D.Ushinskiy  kabilarning  asarlarida  o‗z  ifodasini  topgan. 

Jumladan,  chex  olimi,  mashhur  pedagog  YA.  A.  Komenskiy  o‗qituvchining 

eng  muhim  xususiyatlari  qatoriga  bolalarni  sevishi,  yuksak  axloqi,  bilimdonligi, 

iqtidori,  kobiliyati  kabilarni  kiritadi  va  ularning  mohiyatini    mukammal  tavsiflab 

beradi. 

 YAn 


Amos 

Komenskiy 

o‗z 

davrida  o‗qituvchilarning  bola  dunyoqarashini 



rivojlantirishdagi  roliga  yuqori  baho  berib,  o‗qituvchilik  «er  yuzidagi  har  qanday  kasbdan 

ko‗ra  yuqoriroq  turadigan  juda  faxrli  kasb»  ekanligini    ta‘kidlaydi.  Muallifning  fikricha, 

o‗qituvchi  o‗z  burchlarini  chuqur  anglay  olishi  hamda  o‗z  qadr-qimmatini  to‗la  baholay 

bilishi  zarur.  YA.A.Komenskiy  o‗qituvchi  obrazini  tasvirlar  ekan,  uning  shaxsida  quyidagi 

fazilatlar  namoyon  bo‗lishi  maqsadga  muvofiqligini  ta‘kidlaydi:  vijdonli,  ishchan,  sabotli, 

axloqli,  o„z  ishini  sevuvchi,  o„quvchilarga  mehr  bilan  muomala  qiluvchi,  ularda  bilimga 

havas  uyg„otuvchi,  o„quvchilarni  o„z  ortidan  ergashtiruvchi  va  diniy  e‟tiqodni 

shakllantiruvchi. 

 I.G.Pestalotssi  o‗qituvchining  kasbiy  sifatlariga  baho  berish  bilan  birga, 

asosan  uning  xalq  ta‘limi  tarmog‗ini  takomillashtirishdagi  roli  hamda  fan 

asoslarini  egallashdagi  ahamiyati  va  vazifalariga to‗xtalib o‗tadi.  

A. Disterverg o‗qituvchining ta‘limdagi roliga yuqori baho berib, u o‗z 

faoliyatini  chuqur  bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‗quvchilarni qalbdan 

yoqtirishi  natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‗qituvchi  bolalarning  individual 

xususiyatlarini,  qobiliyatini,  faoliyatini  mukammal  bilishi  uchun  muayyan 

darajada  psixologik  bilimlarga  ham  ega bo‗lishi  kerakligini  takidlab  o‗tgan. 

Pedagog  olim  Djon  Lokk  o‗qituvchi  psixologiyasining  eng  muhim 

jihatlarini  ishlab  chiqqan.  Ular  orasiga  mo‗‗tadillik,  g‗ayrat-shijoatlilik, 

ehtiyotkorlik  kabi  hislatlarni  kiritib,  o‗qituvchining  pedagogik  faoliyatidagi 

rolini  asarlarida  yoritib  bergan. 

A.I.Gersen,  L.N.Tolctoy,  I.G.CHernishevskiy,  K.  D.Ushinskiy  kabi  rus 

pedagog  olimlari  g‗arb  mutafakkirlari  g‗oyalarining  vorislari  sifatida 

mazkur  muammolarga  o‗z  mulohazalarini  bildirganlar.  Jumladan,  A.I.Gersen 

mulohazalariga  ko‗ra,  o‗qituvchining  asosiy  hislati  –  bu  uning  bolalar  bilan 

munosabatda  bo‗layotganligini  sezishda,  bolalar  ruhiy  dunyosini  tushuna  olishida, 




axloqiy  qobiliyatining  mavjudligida,  chunki  u  shunday  iste‘dodga  ega  bo‗lmog‗i 

zarurki, unga har qaysi o‗q ituvchi erisha olmaydi. 

Taniqli  rus  pedagogi  K.D.Ushinskiy  ta‘lim- tarbiya  jarayonida  o‗qituvchining 

roli  va  shaxsiga  yuqori  baho  berib,   o‗qituvchi  kasbiga  oid  ilmiy  mulohazalarida  hech 

bir  Qonun  yoki  Programma,  ta‘lim-tarbiya  to‗g‗risidagi  metod  yoki  tamoyillar 

o‗qituvchi  shaxsining  pedagogik  faoliyatdagi  mahorati  o‗rnini  bosa  olmaydi  deb 

hisoblaydi.   

K.D.Ushinskiy  o‗qituvchi  ma‘naviyati  va  kasbiy  faoliyatiga  yuqori  baho  beradi  hamda 

ularning  kasbiy  malakalarini  doimiy  ravishda  takomillashtirib  borish  maqsadga  muvofiq 

ekanligi  to‗g‗risidagi  g‗oyani  ilgari  suradi.  Mazkur  g‗oyaning  ijtimoiy  ahamiyatini 

tasdiqlovchi  tizim  –  o‗qituvchilarni  qayta  tayyorlovchi  kurslar  tizimini  tashkil  etishni  u  ilk  bor 

asoslab  bergan. 

K.D.Ushinskiy  o‗qituvchining  mashaqqatli  mehnatini  ta‘riflab  shunday  deydi:  “Hali 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin