1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1-mavzu

2.4. Hozirgi davrda o„qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish 

“Ta‟lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga 

ko„tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun 

barkamol,  salohiyatli  avlodni  tarbiyalash  maqsadida:  “Ta‟lim  to„g„risida”gi 

Qonun va kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari 

davlat siyosatining ustuvor yo„nalishi deb hisoblansin” deyiladi ―Ta‘lim-tarbiya va 

kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan  isloh  qilish,  barkamol  avlodni  voyaga  etkazish‖ 

to‗g‗risidagi  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1997  yil  6  oktyabrda  qabul 

qilgan  Farmonida.  Barcha  sohalarda  olib  borilayotgan  islohotlar  samarasi yangicha 




fikrlaydigan,  zamonaviy  bilimlarga  ega  bo‗lgan  yuksak  malakali  kadrlarga  bog‗liq. 

Kadrlarni  tayyorlash  esa  avvalo  o‗qituvchi-murabbiylar  zimmasiga  yuklatilgan. 

SHu  sababli,  chuqur  bilimga  ega  bo‗lgan,  zamonaviy  o‗qituvchi-kadrlar 

taraqqiyotimizning  muhim  omili  sifatida  qaralib  kelinmoqda.  O‗qituvchilarimiz 

bugungi  zamon  talablariga  mos  bilimlar  sohibi,  yangilangan  ta‘lim  mazmunini 

egallagan  bo‗lishlari  kerak.  O‗qituvchi  xodimlar  o‗zlarining  kasb-ko‗nikmalari  va 

muallimlik  mahoratlarini  doimo takomillashtirib  borishlari  shart. 

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  g‗oyalarini  amaliyotga  tatbiq  etish  Respublika 

ta‘lim 

tizimida 

olib 

borilayotgan 



islohotlarning 

muvaffaqiyatini 

ta‘minlash, 

ta‘lim 


muassasalarida  faoliyat  olib  borayotgan  o‗qituvchi,  tarbiyachi,  ishlab  chiqarish  ustalarining 

ma‘naviy  qiyofasi  hamda  kasbiy  mahoratlariga  bog‗liqdir. 

SHaxsni  tarbiyalash  ishi  nihoyatda  murakkab  faoliyat  jarayoni  bo‗lib,  juda  qadimdan 

ushbu  faoliyatga  jamiyatning  etuk  namoyondalari  jalb  etilgan.  Mazkur  holat  yosh  avlod 

tarbiyasi,  uning  tashkil  etilishi  mazmuni  nafaqat  shaxs  kamoloti,  balki  jamiyat  taraqqiyotini 

ham  belgilashda  muhim  ahamiyatga  ega ekanligini  anglatadi. 

O‗zbekiston  Respublikasida  o‗qituvchi  kadrlarning  ma‘naviy  qiyofasi,  aqliy  salohiyati 

hamda  kasbiy  mahoratiga  nisbatan  jiddiy  talablar  qo‗yilmoqda.  CHunonchi,  bu  borada 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  quyidagilarni  qayd  etadi:  «Tarbiyachi  – 

ustoz  bo„lish  uchun,  boshqalarning  aql-idrokini  o„stirishi,  ma‟rifat  ziyosidan  bahramand 

qilish,  haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining 

o„zi  ana  shunday  yuksak  talablarga  javob  berishi,  ana  shunday  buyuk  fazilatlarga  ega 

bo„lishi  kerak»

1

YUqorida  qayd  etilgan  fikrlardan  kelib  chiqib  bugungi  kun  o‗qituvchisi  shaxsiga 

nisbatan  qo‗yilayotgan  talablar  mazmuni  anglaniladi.  Zamonaviy  o‗qituvchi  qanday  bo‗lishi 

zarur?    Mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab  ushbu  muammo  bo‗yicha  ko‗plab  pedagog  va 

psixolog  olimlar  o‗z  fikr  va  mulohazalari  bilan  chiqdilar.  O‗qituvchilarning  kasbiy 

mahoratlarini  milliy  an‘ana  va  urf-odatlarimizdan,  qadriyatlarimizdan  kelib  chiqib  yanada 

takomillashtirish, 

ularning 

pedagogik 

faoliyatini 

hozirgi 

zamon 


talablari 

darajasida 

shakllantirish  uchun  metodik  qo‗llanmalar,  tavsiyanomalar  paydo  bo‗ldi.  Hozirgi  kunda  ham 

ushbu  muammo  bo‗yicha  ilmiy  izlanishlar,  ilmiy  tadqiqotlar  davom  etmoqda.   

XXI  asrga  kelib  o‗qituvchining  vazifasi  yanada  takomillashib  bormoqda.  Endilikda 

global  o‗zgarishlar,  fan-texnika  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  kun  sayin 

rivojlanib  borishi  o‗qituvchidan  yuksak  mahoratni,  o‗tkir  irodani,  psixologik  quvvatni,  chuqur 

bilim  va mulohazali  bo‗lishni  talab  qiladi.   

Hozirgi  zamon  o‗qituvchisi    o‗z  mutaxassisligiga  oid  bilimlar  bilan  birga,  pedagogik  va 

psixologik  bilimlarni,  hamda  turli  fan  yo‗nalishlari  bo‗yicha  maxsus  bilimlarga  ega  bo‗lgan, 

kasbiy  tayyorgarlik,  yuksak  axloqiy  fazilatlarni  egallagan,  ta‘lim  muassasalarida  faoliyat 

ko‗rsatuvchi  shaxsdir.  Ushbu  nuqtai  nazardan  hozirgi  kunda  quyidagi  burch  va  mas‘uliyatlar 

o‗qituvchilardan  talab  qilinadi: 

1.  O‗qituvchi  eng  avvalo  mas‘uliyatni  his  etuvchi  tarbiyachi,  tajribali  notiq,  madaniyat 

va ma‘rifat  targ‗ibotchisidir.   

2.  O‗qituvchi  tabiatan  o‗quvchilarni  seva  olishi,  o‗z  mehrini,  his-tuyg‗ularini  har 

lahzada  o‗quvchilar  ichki  dunyosi  bilan  bog‗lay  olishi,  ularning  ham  mehriga,  hurmatiga 

sazovor  bo‗lishi  kerak. 

                                                 

1

 



Каримов  И.А.  Буюк  келажагимизнинг  ҳуқуқий  кафолати.  –  Тошкент,  Шарқ  нашриѐт-

матбаа концерни Бош таҳририяти, 1993, 27-28-бет.

 



3.  O‗qituvchi  jamiyat  ijtimoiy  hayotida  ro‗y  berayotgan  o‗zgarishlar,  olib  borilayotgan 

ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  mohiyatini  chuqur  anglab  etishi  va  ularga  xolisona  baho  berib,  bu 

borada o‗quvchilarga  to‗g‗ri,  asosli  ma‘lumotlarni  doimiy  bera olishi  lozim. 

4. 


Zamonaviy 

o‗qituvchining 

ilm-fan, 

texnika 


va 

axborot-kommunikatsion 

texnologiyalari  yangiliklaridan  va yutuqlaridan  xabardor  bo‗lib  borishi  talab  etiladi. 

5.  O‗qituvchi  o‗z  mutaxassisligi  bo‗yicha  chuqur  va  puxta  bilimga  ega  bo‗lishi,  barcha 

fanlar  integratsiyasini  o‗zlashtirib  borishi,  bunda  o‗z  ustida  tinimsiz  ilmiy  izlanishlar  olib 

borishi. 

6.  O‗qituvchi  pedagogika  va  psixologiya  fanlari  asoslarini  puxta  bilishi,  o‗quvchilarning 

yosh  va  psixologik  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  ta‘lim-tarbiya  faoliyatini  tashkil  etishi 

kerak. 

7.  O‗qituvchi  kasbiy  pedagogik  faoliyatida  ta‘lim  va  tarbiyaning  eng  samarali 

zamonaviy  shakl,  metod  va  vositalaridan  unumli  foydalana  olish  imkoniyatiga  ega  bo‗lmog‗i 

lozim. 


8.  O‗qituvchi  ijodkor,  ta‘lim-tarbiyaviy  faoliyat  tashabbuskori  va  yosh  avlod  kelajagi 

uchun  javobgar  shaxsdir. 

 9.  O‗qituvchi  kasbiy  faoliyati  jarayonida  yuksak  darajadagi  pedagogik  mahorat, 

kommunikativ  layoqati,  pedagogik  texnika  (nutq,  yuz,  qo‗l-oyoq  va  gavda  harakatlari, 

mimika,  pantomimika,  takt)  qoidalarini  chuqur  o‗zlashtirib  borishi   shart.   

10.  O‗qituvchi  nutq  madaniyatiga  ega  bo‗lishi  zarur,  uning  nutqi  quyidagi  xususiyatlarni 

o‗zida  aks  ettirishi  kerak:  turli  sheva  so‗zlardan  holi  bo‗lib,  faqat  adabiy  tilda  ifoda  etilishi; 

o‗qituvchining  nutqi  sodda,  ravon  va  tushunarli  bo‗lishi;  hikmatli  so‗zlar,  ibora  va  maqollar, 

matallar  hamda  ko‗chirma  gaplardan  o‗rinli  foydalana  olishi  lozim.  Jargon  (muayyan  kasb 

yoki  soha  mutaxassisliklariga  xos  so‗zlar),  varvarizm  (muayyan  millat  tilida  bayon 

etilayotgan  nutqda  o‗zga  millatlarga  xos  so‗zlarni  noo‗rin  qo‗llanilishi),  vulgarizm  (haqorat 

qilish,  so‗kishda  qo‗llaniladigan  so‗zlar)  hamda  konselyarizm  (o‗rni  bo‗lmagan  vaziyatlarda 

rasmiy  so‗zlardan  foydalanish)  kabi  norasmiy  so‗zlardan  holi  bo‗lishi.   

11.  O‗qituvchining  kiyinish  madaniyati  o‗ziga  xos  bo‗lishi,  ya‘ni  sodda,  ozoda,  bejirim 

kiyinishi,  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  o‗quvchining  diqqatini  tez  jalb  etuvchi  turli  xil  bezaklar 

(oltin,  kumush  taqinchoqlar)dan  foydalanmasligi,  fasl,  yosh,  gavda  tuzilishi,  yuz  qiyofasi, 

hatto,  soch rangi  va turmagiga  muvofiq  ravishda  kiyinishi  talab  etiladi. 

12.  O‗qituvchi    ta‘lim    muassasasida    sinf    jamoasining    asosiy  tashkilotchisi  va  ta‘lim 

sohasida  olib  borilayotgan  islohotlarning  eng  faol  ishtirokchisidir.   

13.  O‗qituvchi  pedagogik  muloqot  jarayonining  faol  ishtirokchisi  ekanligini  unutmasligi 

shart.  SHuning  uchun  kasbiy  faoliyatida  pedagogik  mahoratning  bir  qator  sifatlarini  uzluksiz 

tarkib  toptirib  borishi  zarur. 

14.  O‗qituvchi  eng  avvalo,  mulohazali,  bosiq,  har  qanday  pedagogik  vaziyatni  to‗g‗ri 

baholay  oladigan  hamda  mustaqil  ravishda  mavjud  ziddiyatlarni  bartaraf  etishning  uddasidan 

chiqa  olishi  kerak.  

O‗qituvchilar  unutmasliklari  kerakki,  o‗quvchi,  ota-onalar  hamda  hamkasblari  bilan 

muloqot  jarayonida  fikrini  aniq  va  lo‗nda  bayon  etilishiga  ahamiyat  qaratishlari  maqsadga 

muvofiqdir.  Ular  bilan  munosabat  jarayonida  so‗zni  salbiy  holatlar  haqidagi  dalillarni 

keltirishdan 

boshlamasligi, 

aksincha, 

o‗quvchilarning 

(yoki 

hamkasbi, 



ota-onalar) 

muvaffaqiyatlarini  e‘tirof  etishlari,  ularni  yanada  boyitishga  ishonch  bildirishi  bilan 

muloqotni  tashkil  qilishi  lozim.  Muloqot  jarayonida  o‗qituvchining  so‗zlaridan  suhbatdoshiga 

nisbatan  xayrixohlik,  samimiylik,  do‗stona  munosabat,  yaxshi  kayfiyat  sezilib  tursin.   




O‗qituvchining  mazkur  talablarga  muvofiq  keluvchi  qiyofasi  uning  o‗quvchilar, 

hamkasblari  hamda  ota-onalar  o‗rtasida  obro‗-e‘tibor  qozonishini  ta‘minlaydi. 



 Hozirgi 

sharoitda  jamiyatning  o‗qituvchilik  kasbiga  nisbatan 

qo‗yayotgan  talablari  kun  sayin  ortib  bormokda  va  bu  talablarni  amalda 

to‗g‗ri  tashkil  qilish  vazifasi  o‗qituvchiga  bog‗liq.  Zamonaviy  maktab 

o‗qituvchisi

 

qator  vazifalarni  bajaradi.  O‗qituvchi  avvalo  sinfdagi  tarbiyaviy 



jarayonning  tashkilotchisidir.  O‗qituvchi  tarbiyachi  sifatida  quyidagi  talablarni 

bilishi  lozim: 

shaxsni    ma‘naviy    va    ma‘rifiy    jihatdan    tarbiyalashda    milliy      uyg‗onish 



mafkurasining  hamda  umuminsoniy  boyliklarning  mohiyatini  bilishi,  bolalarni 

mustaqillik  g‗oyalariga  sodiqlik  ruhida  tarbiyalashi,  o‗z  Vataniga,  tabiatga  va 

oilasiga  bo‗lgan  muxabbati; 

kasbiy  bilimlarni  puxta  bilish  bilan  birga,  turli  bilimlardan  xabardor  bo‗lishi; 



yosh  pedagogik  psixologiya,  pedagogika  va  psixologiya,  yoshlar  fiziologiyasi,


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin