5-Mavzu. Pedagogik tadqiqiotlarni tashkil etish va boshqarish. Tadqiqotlarni tizimli yondashuv asosida rivojlantirish. Reja: Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etishning mantig’i va tuzilishi.
Tadqiqotni loyihalashtirish.
Tadqiqotni amalga oshirish.
Olingan natijalarni qayd etish va tahlil etish.
Biz yashab turgan olam axborot manbalariga boy bo’lib, bu axborotlar turli ma’lumotlar va tasodiflardan iborat. SHuning uchun ham insoniyatni xabarlarsiz, ma’lumotlarsiz tassavur qilish qiyin. Axborot tevarak atrofimizni o’rab, o’z maydoni ta’siri ichiga oladi. Axborotlashgan jamiyatda insoniyat qabul qilinayotgan axborotlarni texnologiyalarsiz va ularning yordamiga suyanmasdan tahlil qilishi mumkin emas. SHuning uchun ham matematik statistik usullari axborotlarni tartiblangan holda (kompakt) yozilishiga imkon yaratadi. Ma’lumotlarning strukturasini tushunishiga, klassifikatsiya qilishga, tasodifiy holatlardan chiqish qonuniyatlarini bilishga olib keladi.
Talabalar, aspirantlar va ilmiy tadqiqotchilar o’zlarining pedagogik tadqiqotlarida olayotgan ma’lumotlarning qanday qabul qilayotganligini va uning amaliyotda qanday hollarda qo’llanilishini bilishi uchun, albatta matematik-statistika usullarini qo’llay olishi zarur bo’ladi. Hozirgi kunda ilmiy izlanuvchilar tadkiqot natijalarini statistik tahlil kilishda komp’yuterni ko’llangan holda hal qilinadi Bugungi kunga kelib statistik ma’lumotlarni kayta ishlovchi bir qancha statistik dastur paketlari ishlab chiqilmoqda. Bu statistik dasturlar orkali murakkab diagramma va grafiklarni qurish (chizish), qiyin xisob-kitoblarni bajarishni komp’yuter o’z zimmasiga oladi. Pedagogik tadqiqot ishlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, tajriba uchun keyingi kuzatishlardan olingan natijalar avvalgi natijalar bilan yoki bitta guruh o’quvchilari har xil vaqtda, turli guruh o’quvchilari bir xil vaqtda olingan natijalari solishtiriladi. Bu solishtirish natijasida tadqiqot xulosalari chiqariladi. Biz quyida pedagogik tadqiqotlarda biror bir maqsadni ko’zlab olingan natijalarni statistik usullar yordamida tahlil qilish bilan tanishib chiqamiz.
Pedagogik tajribani tashkil etish va uni o’tkazish muammosi – tajribaning nazariy va amaliy jihatlarini yuqori saviyada ishlab chiqish hamda tashkil etish asosiy muommalardan biridir. Ushbu muammolarni yechishda Arxangel’skiy S.I., Mixeyeva V.I., Babanskiy YU.K., Juravlyova V.I., Zagvyazinskiy V.I., Piskunov A.I. va boshqalarning ishlarida yuqori saviyada talqin etilgan va bir maqsadga yo’naltirilgan.
Pedagogik tajriba- bu quyilgan pedagogik gipotezani ishonchligini ob’yektiv va isbotlangan holda tekshirishning o’ziga xos ilmiy tadqiqot metodi majmuasidir.
Har qanday pedagogik tajribalarda quyidagilarga alohida e’tibor karatilishi lozim:
- tadqiqot talabiga asosan to’g’ri va maqsadli masalalar qo’yish;
- tajribani kuzatish jarayonida to’g’ri shart qo’yish;
- kuzatilayotgan o’quvchilarni maqsadga muvofiq yo’naltirish;
- tekshirish gipotezasini to’g’ri tavsiflash;
- gipotezaga nisbat statistik kriteriyalarni to’g’ri tanlash va xulosa chiqarish
Pedagogik tadqiqotlarda tajriba masalalari metodik va didaktik xususiyatlarga tayanadi. Jumladan:
Maqsadli o’qitishni sistemali tekshirish.
Maqsadli o’qitish usullarining samaradorligini tekshirish.
Muammoli o’qitish sistemasining samaradorligini tekshirish.
Sistemalarni tuzish va o’quvchilarni qabul qilishi va qiziqishini kuzatish.
O’quvchilarning o’quv malaka va ko’nikmalarini tekshirish.
O’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Didaktik tekshirish. Bunda:
— optimal tanlangan variantlar yoki pedagogik jarayonlarning bog’liqligini;
— o’zlashtirmaganlarni ogohlantirish;
- sistemani yangilash;
— o’quv materiallarining ko’lamiga qarab mazmunni o’quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirish;
— mashqlarni o’zlashtirish uchun qulayliklar yaratish;
— o’quvchilar malakasini oshirish uchun mos variantlar tanlash,
— past o’zlashtirgan o’quvchilarga muommoni bartaraf etish uchun yangi sistema tuzish,
— har xil darajadagi o’quvchilar bilan differensial ishlash;
— o’qitish metodini qulay sistemaga keltirish.
Ko’rsatilgan bu vazifalar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning har biri aniq bir yo’nalish asosida sistemalashtiriladi. SHunday qilib, pedagogik tajriba yordamida hal qilinadigan vazifalar har tomonlama pedagogikaning asosiy muammolarini o’zida jamlaydi.
Pedagogik tarjiba tahlili tajriba va nazorat sinf ishlarini solishtirish asosida tuziladi Bunday solishtirish har xil variantlarda qo’llaniladi. Matematik statistika usullari yordamida nazorat va tajriba guruhlarida olingan natijalar solishtiriladi. Agar tadqiqotlarda ikki guruh bir-biri bilan bog’lanmasa, unda tajriba va nazorat guruhlarida olingan natijalar oddiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Pedagogik tadqiqotlarda ko’prok ikki guruh bir-biri bilan bog’lanmagan deb hisoblanadi.
Masalan, o’qituvchi informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda yangi metodikadan foydalandi. Yil oxirida olingan natijalar oldingi yillar bilan solishtiriladi. Xulosa chiqarishda har xil sharoitda yig’ilgan ma’lumotlarga tayanib aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi.
SHundan tavsiyalar va vazifalarning to’g’ri yoki haqqoniyligini tekshirishda matematik statistika usullari ishlatiladi. Buning uchun avvalo gipoteza tanlab olish lozim. Statistik gipotezani tanlash uchun Nol’ va alternativ(muqobil) gipoteza tanlanadi
Statistik gipoteza – bu o’lchamlar xossasi yoki taxminiy hodisa, biz tekshirishni xohlagan qaysidir imkoniyatlari haqidagi gipotezadir. Pedagogik tadqiqotlarda statistik gipotezaga quyidagilar misol bo’ladi
Guruhlar o’zlashtirish ko’rsatkichlarining bir-biriga tengligi gipoteza.
Muammoli o’qitishni oddiy o’qitish usullaridan farqliligini taqqoslash gipotezasi.
Ikki guruhdan olingan natijalarga ko’ra ularning dispersiyalar tengligi.
Har bir guruhda olingan natijalarning ehtimollarining tengligi va boshqalar.
Nolinchi gipoteza bu — olg’a surilgan asosiy gipoteza hisoblanadi. Aks holda alternativ gipoteza bo’ladi. Ko’rsatilgan bu gipoteza to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin. Uni tekshirish statistik usullar orqali amalga oshiriladi.
Statistik gipotezalarni tekshirish nolinchi gipotezani tekshirishdan boshlanib, u quyidagi bosqichlarni qamrab oladi.
Kerakli ishonchli extimolligi ko’rsatiladi. Rq0,05(Pedagogik tadqiqotlarda ko’prok 0.05 tanlanadi)
Statistik kriteriya tanlanadi.
Mumkin bo’lgan maydonlar ma’nosi izlanadi. Olingan natijalardan statistik qiymat hisoblanadi Agar T-statistik kriteriya qiymati nolinchi gipotezani qabul qilish maydonida bo’lsa, nolinchi gipoteza qabul qilinadi, aks holda alternativ gipoteza qabul qilinadi. Bu barcha statistik gipotezalarni asosi bo’ladi.
Pedagogik tadqiqotlarda bog’liq bo’lmagan tanlamalarda quyidagi statistik kriteriyalar qo’llaniladi.
1) St’yudent kriteriyasi — bunda o’rtacha qiymatlarning tengligi haqidagi gipoteza tekshiriladi.
2) Fisher kriteriyasi — bunda tanlanma dispersiyalarning tengligi haqidagi gipoteza tekshiriladi.
3) Xi kvadrat (Pirson) — bunda tanlanmalarning ehtimollar tengligi haqidagi gipoteza tekshirladi.
Ushbu kriteriyalarning har birda T-kuzatuv T kritik qiymatlar bilan taqqoslanadi va asosiy (alternativ) gipotezaning qabul qilinishi xulosa qilinadi.
Nazorat savollari.
metodik va didaktik xususiyatlarga nima?