4-mavzu. Pedagogik ta’limotlar tarixi va ularni o’rganish metodologiyasi. Reja:
ljtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning
o‘ziga xosliklari. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Pedagogik ta’limotlarni o’rganish metodologiyasi.
Tayanch tushunchalar:ilm, fan, metodologiya, fan metodologiya,
ilmiy tadqiqot, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, ilmiy bilimiar, metodologik
ta ’minot.
ljtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning o‘ziga xosliklari. Ilm-fan - olam haqida obyektiv, tizimli tashkillashtirilgan va asoslangan bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bilish faoliyatining alohida turi. Ilm -fanning diqqat markazida tabiat, ijtimoiy hayot, inson, uning ongi, psixikasi va faoliyati, san’at, odob, din, ta ’lim, ilm kabi madaniy voqeliklar mujassamlashadi. Urn-fanning ustuvor vazifasi - ilmiy-nazariy tavsifga ega bo‘lib, real voqelik haqida obyektiv bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish (“Obyekt nim a?”), ilm-fan rivojining zamonaviy bosqichi proektivkonstruktiv (m e’yoriy, texnologik) funksiyasi (“Obyekt qanday bo‘lishi lozim?”), obyektlam i o‘rganishda haqiqatni izlash strategiya va qayta aloqa yo ‘nalishlarini aniqlash bilan bog‘liq b o iib qolmoqda. Akademik V.V.Krayevskiy pedagogika fani amaliyotdan odimlashi lozimligini ko‘p m arta ta ’kidlagan. Bu borada pedagogikaning ustuvor masalalaridan biri pedagogik tizimni ilmiy asoslashdir. Boshqacha aytganda, har qanday pedagogik novatsiya ilmiy asoslangan bo ‘lishi lozim! M azkur vaziyatda pedagogikaning ilmiy-nazariy funksiyasi konstruktiv-texnik vazifadan farqli ravishda ustuvor va tizim hosil qiluvchi tavsifga ega boMadi, T a’lim va tarbiyaning ilmiy asoslangan tizimi, uning yangi metodlarini yaratish nazariy tadqiqotlar jarayonida pedagogik hodisalam i anglanishidir. Faqatgina ushbu asosda pedagogic faoliyatning istiqbolli yo ‘nalishini to iiq idrok etish, ilmning amaliyotga ta’sirini ta ’m inlash mumkin. Xususan, ta ’lim va fanning globallashuvi va internatsionallashuvi negizida xalqaro oliy ta ’lim makoni shakllanib, u pedagogik tadqiqotlarning obyekti bo ‘lishi mumkin. Shubhasiz, bunday tadqiqotlarning vazifalaridan biri - m azkur fenomen mohiyati, qonuniy aloqalari, uning faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta ’minlovchi ijtimoiy-madaniy om illam i aniqlashning muhim ahamiyat kasb etishida namoyon boladi. M azkur tadqiqotlarda tendensiyalar, muqobil rivoj- lanish variantlarini bashoratlash hamda xalqaro ta’lim makonining madaniy-tarixiy paradigmasi, ijtimoiy-madaniy mohiyati, qadriyatlar dinamikasi va taraqqiyot strategiyalarining turli m e’yoriy modellarini ilmiy asoslash va loyihalashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Haqiqatdan ham, professor V.V.Serikovning qayd etganidek: “Ko‘p holatlarda insonni nimaga o ‘rgatish va qanday o ‘qitish haqidagi masala an ’analar, tajriba, “vaqt talablari”, ijtimoiy, iqtisodiy, ba’zan esa “ inqilobiy” maqsadga inuvofiqlikdan kelib chiqib hal qilingan. Zamonaviy bosqichda madaniyat kontekstida ilm-fanni, hamda “madaniyat - ilm” tizimi bo‘yicha aloqalarni yuzaga keltirish bilan b o g iiq muammo o'ta dolzarblir. V.S.Stepinning qayd etishicha: “Ilmiy bilish jarayoni nafaqat o‘rganilayotgan obyektning ichki xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb etuvchi ko‘plab omillar bilan ham bog‘liqdir. Ilmni tarixiy rivojlanish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqar
ekanmiz, madaniyat shakl va turlarining o‘zgarishi bilan ilmiy bilishni bayon etish andozalari, reallikni ilmda namoyon bo‘lishi va fikrlash usullarining o‘zgarayotganini aniq anglash mumkin, ular madaniyat kontekstida shakllanib, uning turli fenomenlar ta’sirini o‘zida aks ettirishi, tabiiy. Bu ta'sir turli ijtimoiy-madaniy omillami o ‘z ilmiy bilish usulini paydo qilish jarayoniga kiritilishi sifatida taqdim etilishi mumkin”. Ushbu munosabat doirasida ilmiy refleksiyaning obyekti sifatida ilmning o‘zi, hamda ilmning amaliyligi va rivojlanishini asoslaydigan ijtimoiy-madaniy kontekst hisoblanadi. Ilm-fan - texnogen madaniyatning qadriyatlar ierarxiyasida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy davr uchun ijtimoiy xayotning barcha sohalarida ilm-fan va axborotlar ko‘lami o‘ziga xoslik kasb etadi. V.A. Lektorskiyning qayd etishicha, rivojlangan mamlakatlarda asosiy boylik yangi bilimlami yaratish, ommalashtirish va iste’mol qilishda namoyon bo‘ladi. Aynan bilimga, uni yaratish va qo‘llash imkoniyatlariga munosabat borgan sari jamiyatning ijtimoiy qatlamlarga ajratilishi va yangi jahon tartibidagi o‘mi va obro‘sidan kelib chiqib mamlakat va hududlarga bo‘linishini belgilaydi. Bunda yangi texnologiyalar va o‘zaro hamkorlikdagi amaliy faoliyatni loyihalashtirish mumkin bo‘lgan bilimlar haqida gap boradi. Lekin global inqirozlar tufayli insonning yangi dunyoqarash yo‘nalishlarini izlash muammosi yuzaga keladi. V.S.Stepinning qayd etishicha, zamonaviy ilm bir qator global muammolar, mutlaqo yangi obyekt turlari bilan to‘qnashdi, bu esa ilmning asosi va samarali tadqiqot strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. XXI asrda fanning yaratuvchanlik qudratining oshib borishi, ishlab chiqarish kuchiga aylangani ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Har bir fanning metodologiyasi fanshunoslikning tarkibiy qismi, fanning taraqqiyoti esa uning mukamma! metodologiyasining yaratilganligiga bog‘!iq. Fan obyektiv borliq haqida bilimlar tizimi, voqelikni ilmiy nazariy aks ettirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida, avvalo, har bir axborotga ilmiy yondashish, qolaversa, fanning jam iyat ijtimoiy, iqtisodiy, m a’naviy rivojlanishida hozir javob bo ‘lishi davr talabidir. Ilm-fanning dialektik xususiyati, davr talabi, jam iyat buyurtmasiga mos istiqbolli vazifasi har bir fanning metodologik asosini takomillashtirishni taqozo etadi. 0 ‘z navbatida fanlarning tez rivojlanishi; har 3-4 yilda uzluksiz ta’lirn mazmuni o ‘zgarib turishi; har tom onlama rivojlangan, intellektual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashdek dolzarb m uammoni ilmiy-metodik ta’m inlash metodologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Fandagi har bir yangi qadam faqat avvalgi yutuqlarga tayangan holda boyitilishi mumkin: - yangi bilim eski bilimni mukammallashgan to'liqroq va aniqroq shakli b o iib , haqiqatni yanada aniqroq aks ettiradi; - o‘tmishdagi fan taraqqiyoti yangi fan uchun zamin tayyorlaydi; - o ‘tmishdagi bilim lam ing faqat hozirgi davr ilmiy nazariyalariga mos keluvchi elem entlargina ahamiyatlidir. Falsafa lug‘atida: “Fan reallik haqidagi obyektiv bilimlami tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasiga xos inson faoliyati sohasidir. Tarixiy taraqqiyotda fan jam iyatda ishlab chiqarish kuchiga va muhim ijtimoiy institutga aylanadi”, deb izoh berilgan. N.Sherm uham m edova fanning mohiyati haqida quyidagi xulosaga keladi: um um iylik va tizimlilik; umumahamiyatlilik (intersubyektivik); obyektivlik (bilish subyektiga bog‘liq emasligi); maxsus bilish metodlarining m avjudligi (nazariy va eksperimental); asoslanganlik (verfikatsiya); tanqidiylik (falsofikatsiya); to ‘ldiruvchanlik (koriuskulyar - to'lqinli dualizm dan P. Fayerbendning metodologik anarxizmigacha); vorisiylik (mos kelish tamoyilida namoyon bo‘ladi). Fanshunoslikda fanlar avvalo ikki turkum ga bo‘linadi: tabiat haqidagi va ijtimoiygumanitar, y a’ni insonni o'rganadigan fanlar. Barcha fanlarni tabiiy deb atash mumkin, zero insonning o ‘zi tabiatning bir bo‘lagidir, demak uning ma’naviy va m oddiy faoliyati barcha tirik mavjudotlar faoliyati kabi tabiiylik bilan chambarchas bogMiqdir. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar obyektlari sifatida insonparvarlikka asoslangan tizimlarni ajratib ko‘rsatish mumkin ~ bunday tizimlar insonning o ‘zini asosiy komponent sifatida ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bunday tizimlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: biosfera,INTERNET global tarm og‘i, zamonaviy texnologik loyihalashtirish tizimlari, bunda nafaqat mashina, “inson - mashina” tizimi ham emas,yanada murakkab rivojlanayotgan kompleks “inson - mashina+ekomuhit tizimiga tatbiq etilib, ijtimoiy-madaniy muhit esa ushbu texnologiyani qabul qiladi. V.S.Stepinning qayd etishicha: “Agar klassik ilm-fan haqiqatning alohida-alohida jihatlarini o'rganishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, zamonaviy ilm-fan xususiyatini bilimning turli sohalarining mutaxassislari ishtirok etadigan kompleks tadqiqot dasturlari belgilaydi” . Bu borada zamonaviy ilm-fanda “gibrid” tadqiqotlar ustuvor ahamiyat kasb etadi.D.I.Fildshteynning fikricha, bugun inson va uning rivojlanishini o‘rganuvchi boshqa fanlar bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladigan psixologikpedagogik tadqiqotlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda: ijtimoiy antropologiya, fenomenologiya, madaniyatshunoslik, kognitiv sotsiologiya, semiotika, informatika.Yangi obyektlarni ng yuzaga kelishi o ‘z navbatida metodoiogik strategiyalar, tadqiqot taktikalari, metodlari va mezonlarining o ‘zgarishini ham taqozo etadi. Postnoklassik davrda ilm-fanning rivojlanish tendensiyalari: - zamonaviy ilm-fan ilmiy tadqiqot asoslarining radikal transformatsiyasi bilan xarakterlanadi (to‘rtinchi “ilmiy inqilob”): olam manzarasi, falsafiy-aksiologik asoslar va m e’yoriy-mezonli tizimlar. Paradigmal “odimlash” ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ham xarakterlidir: pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va h.k. Ilmiy ratsionallikning postnoklassik turi shakllanadi; -yangi obyektlam ing ilm-fan tomonidan o‘zlashtirilishi va oqibatda “gibrid” tadqiqotlarning dolzarb ahamiyat kasb etishi. Natijada “ insonga mos” obyektlarni tadqiq etish jarayonida haqiqatni izlash nafaqat uning mohiyatini aniqlash bilan, balki bunday obyektlarni muayyan aksiologik ustanovkalarga muvofiq qayta tashki]Iashtirish strategiyalari va prognostik yo‘nalishlari bilan bog‘liq; - zamonaviy ilm-fan uchun ilmiy refleksiyaning umumiyligi va uzluksizligi xosdir. Ilmiy reffeksiya “m aydonr’ni kengaytirish: nafaqat “xususiy” yoki metodoiogik refleksiya, balki “tashqi” refleksiyaning ham zaruriyat kasb etib (E.G. Yudin), uning ob'yekti sifatida jarayonning
o‘zi emas, ilmiy tadqiqotning ijtimoiy-madaniy mazmun-mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi; - paradigma, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish m e’yorlarining ochiqligi va jo ‘shqinligi. Zamonaviy ilmiy ratsionallik (V.S. Shvirev) - bu “ochiq ratsionallik”, bunda tadqiqot dasturlari va paradigmalar uzluksiz tanqidiy refleksiya va transform atsiyalar uyg‘unligini talab etadi; - ratsional-mantiqiy va subyektiv-irratsionallikning o'zaro uyg‘unligi ilmiy tadqiqotning o ‘z-o‘zini aksiologiyazatsiyalash komponentlari sifatida. Ilmiy m uammo tadqiqiga doir yondashuvlam ing variativligi, dialogik tavsifga egaligi va o‘zaro bir-birini toMdirishi, polikonseptuallik, haqiqatning ko‘p o ‘lchovga ega ekanligi shular jumlasidandir. Um-fan m aqom i falsafiy-aksiologik asoslar, tabiiy m e’yoriymezonli tizim sifatidagi paradigma, obyekt, vazifa va funksiyalami, fan predmeti, nazariya, kategorial apparat va atamalar tizimi, metodologik vositalar m ajm ui, empirik baza, dolzarb m uam m o doiralarini o ‘z ichiga oluvchi metodologik tizimni rivojlantirish darajasi bilan belgilanadi.