2-Mavzu: Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirishning metodologika asoslari.
Reja:
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani.
Fanning asosiy maqsadi.
Metod va metodologiya
Tayanch so’z va iboralir:
Tayanch so’z va iboralar:
Fan, ijod, postulat, aksioma, dalil, tamoyil, ta’rif, ilmiy qonunlar, faraz, amaliyot, nazariya, metodologiya, metod.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi– magistrant talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta’riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba o’z ilmiy sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib borish metodlarini, tajriba natijalarini tahlil qilishni, xulosalar chiqarishni, amaliyotga tadbiq etishni, o’rganilayotgan ob’yektning matematik modelini tuzishni o’zlashtirib oladi.
Asosiy ta’rif va tushunchalar
Fan - inson faoliyati sohasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’yektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi.
Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlar, emperik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini;
bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan insonlarning ilmiy faoliyatini va ijodini;
insonlar ijodini ilmiy mehnat ob’yektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari bilan ta’minlovchi muassasani.
Fanning asosiy maqsadi –xolis dunyoni ya’ni borliqning nazariy aksini bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.
Postulatlar va aksiomalar ilmiy bilishning boshlang’ich holati hisoblanadi, ular tizimlashtirishning boshlang’ich shakli bo’lib, ta’limot, nazariya va h.k. larning asosini tashkil qiladi.
Ta’rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U mavjud ob’yektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob’yektiv ichki bog’liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi dalil materiallari yetarlicha bo’lmasa, unda faraz (gipoteza)dan foydalanadi. Faraz ilmiy taxmin bo’lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo’lishi uchun asoslanishi lozim.
Faraz o’zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o’tadi: Dalilli materialning to’planishi.
Farazning shakllanishi.Amalda sinalishi va tasdiqlanishi. SHu tarzda faraz ilmiy nazariyaga aylanadi. Oddiy farazda ob’yektning fizik xossalari xaqida taxminlar qilinadi, keyin esa uning matematik nazariyasi beriladi. Faraz ushbu xollarda asosli hisoblanadi: Bilish tamoyillariga zid bo’lmasa. Avvaldan fanga ma’lum bo’lgan qonunlarni e’tiborga olsa, ammo yangilarini ularga yaqinlashtirib qurmagan bo’lsa. Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa. Uni tekshirish mumkin bo’lsa. U mumkin qadar soddalik asosida qurilgan bo’lsa, (ya’ni o’zida kerak bo’lmagan elementlarni saqlamasa). Mantiqqa zid bo’lmasa. Ma’lumki, bitta xodisa uchun odatda bir emas, balki bir nechta farazlar ilgari suriladi. Ayrim xolarda ularning ba’zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush xolat hisoblanmaydi, chunki turli farazlarning mavjudligi turli soxalar bo’yicha tahlil qilishni talab qiladi, bu esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Ma’lumki ma’lum bir narsani isbotlab yoki inkor etib, olim yangilikni qidiradi. Faraz tasdiqlanadimi yoki yo’qmi, bunga bog’liq bo’lmagan xolda, u xaqiqatni izlanishiga yordam ko’rsatadi. To’g’ri bo’lmagan faraz ham foyda beradi, chunki uni inkor etish jarayonida xaqiqatga olib boruvchi yo’llar torayadi va qisqaradi. Agar faraz tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga aylanadi.
Har qanday bilim ham ilmiy bo’lmaydi. Ilmiy bilim xodisalarning o’zaro bog’lanish va sodir bo’lish qonunlarini ochib beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi. Ilmiy nazariya deb nazariy bilimlarni tashkil qilishning eng yuqori shakliga aytiladi. U ma’lum bir sohadagi asosiy g’oya va gipotezalarni yagona bir tizimga birlashtiradi. Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir. Tabiat va jamiyatning ob’yektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida kelgusida vujudga keladigan xodisalarni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi. Ilmiy nazariya – bu ma’lum bir xodisalar yig’indisini tushuntirib beruvchi va ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu soxada ochilgan qonunlarni yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi, davlat va xuquq nazariyasi va x.k. Ilmiy nazariyaning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: Ilmiy nazariya-ma’lum bir predmet yoki juda aniq va organik tarzda bir-biriga bog’langan xodisalar guruxi haqidagi bilimlardir; Nazariyaning asosiy belgisi sifatida dalillarning ma’lum yig’indisini tushuntirish, uni oddiy tarzda tasvirlash emas, balki undagi qonuniyatlarning kechishi va rivojlanishini ochib berish xisoblanadi; Nazariya bashorat qilish kuchiga ega bo’lishi, jarayonlarning kechishini oldindan aytib berishi kerak; Rivojlangan nazariyada uning barcha bosh qonuniyatlari yagona bir muqaddimaga birlashtirilishi, yagona asosga ega bo’lishi kerak.
Nazariya tarkibiga kiruvchi barcha qonuniyatlar asoslanini kerak. Ilmiy nazariyaning strukturasi nazariyaning asosidan, uning yakuni hisoblangan qonunlardan, nazariyaning asosiy mazmunini ochib beradigan tushunchalardan va ob’yektiv borliq tasviri bilan insonlar oldida turgan amaliy vazifalarni birlashtiruvchi g’oyadan tashkil topadi.
Metod va metodologiya Ixtiyoriy fanning asosi metodologiyadir. Metodologiya termini orqali faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi ta’limot tushuniladi. Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo’lib, maxsus –ilmiy metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi:
umumiy va ilmiy metodologik konsepsiyalar, alohidagi maxsus fanlar metodologiyasi, tadqiqotlar metodikasi. Kimki metodologiyani yaxshi bilsa, u yoki muammolarni yechish uchun eng maqbul tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning natijalari asosida yangi ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig’indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog’onasi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to’g’ri tanlab olish va metodikani ilmiy jixatdan asoslash lozim.
Nazorat savollari
Fan va ijod tushunchalarini izohlab bering.
“Ilmiy qonunlar” deganda nimani tushuniladi?
Tabiiy va gumanitar fanlar tushunchalarini izohlang.
Ta’rif, faraz, nazariy tushunchalariga izox bering.
Farazning rivojlanish bosqichlarini aytib bering.
Faraz qaysi xollarda asosli hisoblanadi?
Ilmiy nazariya va uning belgilari.
Dostları ilə paylaş: |