3. Yangiliklar kiritish texnologiyasi turlari. Amalga oshirish – yangiliklar kiritish jarayoni ishlab chiquvchi, masalan, novator-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Injiniring – innovatsion tsiklning barcha bosqichlari – marketing, biznes-rejalashtirish, ishlab chiqishdan kompleks zaruriy asbob-uskunalar, kadrlar ta’minoti va servis xizmatlarni kengroq qamrab oluvchi yangiliklar kiritishning majmuaviy texnologiyasi.
Konsalting – innovatsion faoliyat strategiyasini rejalashtirish va tanlab olish bosqichini ta’minlovchi yangiliklar kiritish texnologiyasi.
O’rgatish – kadrlarni yangiliklarni yaratishga tayyorlashga o’rgatish bosqichini ta’minlovchi yangiliklar kiritish texnologiyasi.
Texnologiyani uzatish – biror fan sohasi yoki boshqa hududning o’ziga xosliklarini hisobga olib, innovatsion loyihani amalga oshirishni ta’minlovchi yangiliklar kiritish texnologiyasi.
4. Yangiliklar kiritishni loyihalash bosqichlari. Pedagogik jamoani yangiliklar kiritishga tayyorlash: strategiya bilan tanishtirish, yangiliklar kiritishni rejalashtirish, maqsadni, kutilayotgan samaradorlik va asosiy talablar bilan tanishtirish.
Individual strategiyaning asosiy jihatlarini o’rganish va tahlil etish; turli yangiliklar kiritish strategiyasi integratsiyasi, innovatsion dasturlar bo’yicha turli o’qituvchi, ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish strategiyasi.
Turli shart-sharoitlarda u yoki bu innovatsion strategiyaning samaradorligini tadqiq etish, ta’lim muassasalari o’rtasidagi musobaqa ruhini rag’batlash, musobaqa ishtirokchilarini, alohida strategiyalarni, ularning kombinatsiyalangan imkoniyatlarini aniqlash.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Ta’limni tashkil etishning tarixiy shakllari
2.An’anaviy ta’lim.
3. Yangiliklar kiritish texnologiyasi turlari.
4. Yangiliklar kiritishni loyihalash bosqichlari.
5.An’anaviy ta’limning maqsadi?
6.Sinf-dars tizimining o’ziga xos xususiyatlari nimada?
7.An’anaviy ta’lim tizimining afzalligi va kamchiliklarini yoriting?