5-Mavzu: Innovatsion-pedagogik faoliyatda refleksiya Reja: 1.Pedagogik jarayonga innovatsion-texnologik yondashuv.
2. Ta’lim jarayoniga innovatsion-texnologik yondashuv bosqichlari,
tamoillari.
3. Ta’lim oluvchining ta’lim jarayonidagi roli.
Tayanch tushunchalar: Pedagogik jarayon, ta’lim jarayoni, innovatsion-texnologik yondashuv, ta’lim oluvchi.
1.Pedagogik jarayonga innovatsion-texnologik yondashuv va vazifalari. Ta’lim sohasidagi mavjud yoki yangi ehtiyojlarni qondirish uchun pedagogik yangiliklarni yaratish, joriy etish, o’zlashtirish va foydalanishga doir faoliyat innovatsion jarayondir.
Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlar-ning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi qo’llanilayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga keluvchi majmuali muammolarning yechimiga qaratilgan faoliyatdir.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlik-da pedagogik jamoaning yangilikni o’zlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qo’lga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innova-tsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’no-da – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda – o’qituvchining innovatsion salohiyati. Ta’lim muassasasining innovatsin salohiyati deganda, uning o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’li-miy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi. Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o’ziga xosliklar yig’indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Ta’lim sub’ektlarining shaxs shakllanishiga munosabatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
pedagog va o’qituvchilarning ma’lum bir qobiliyatlarini rivojlantirishga doir innovatsiyalar. Masalan, birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirish;
pedagog va o’quvchilarning BKM, faoliyat usullari, kompetentligini rivojlantirishga doir innovatsiyalar.
4. Pedagogik qo’llanilish sohasiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
o’quv jarayonida qo’llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limning axborot texnologiyalari;
o’quv kursida qo’llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, elektron xarita;
ta’lim sohasida qo’llaniladigan pedagogik innovatsiyalar. Masalan, ta’limni demokratlashtirish;
ta’limni boshqarish sohasida qo’llaniladigan innovatsiyalar. Masalan, ta’limning davlat boshqaruvidan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tilishi.
5. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro harakat turiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
jamoada o’qitishga doir innovatsiyalar;
guruhli o’qitishga doir innovatsiyalar;
tьyutorlik;
fatsilitatorlik;
repetitorlik.
6. Funktsional imkoniyatlariga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
shart-sharoit bilan bog’liq innovatsiyalar (ta’limiy muhitni o’zgartirishni ta’minlaydi, ijtimoiy-madaniy shart-sharoit va boshqalar);
mahsulot ko’rinishidagi innovatsiyalar (pedagogik vositalar, loyihalar, texnologiyalar).
boshqaruvga doir yangiliklar kiritish.
7. Amalga oshirish usullariga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
rejali pedagogik innovatsiyalar;
tizimli pedagogik innovatsiyalar;
davriy pedagogik innovatsiyalar;
stixiyali pedagogik innovatsiyalar;
tasodifiy pedagogik innovatsiyalar;
o’z-o’zidan yuzaga keluvchi pedagogik innovatsiyalar.
8. Makonga yo’nalganligiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
alohida pedagog faoliyatiga doir pedagogik innovatsiyalar;
pedagoglarning metodik birlashmasiga doir pedagogik innovatsiyalar;
alohida ta’lim muassasasi faoliyatiga doir innovatsiyalar;
tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi pedagogik innovatsiyalar;
xalqaro miqyosdagi pedagogik innovatsiyalar.
9. Ijtimoiy-pedagogik ahamiyatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
alohida ta’lim muassasalariga doir pedagogik innovatsiyalar;
aniq kasbiy-tipologik guruh pedagoglariga xos pedagogik innovatsiyalar.
10. Novatorlik tadbirlari ko’lamiga ko’ra pedagogik innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
lokal;