O’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ma’lumot(bilim) turlari (N.V.Kuzьmina) o’z aksini topadi.
O’qituvchining shaxsiy faoliyat dasturida o’quvchilar tomonidan chuqur o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlir, o’quv kursining asosiy tayanch tushunchalari, o’quv axborotlarni o’zlashtirish psixologiyasi hisobga olinishi lozim
Muayyan o’quv mashg’uloti jarayonini loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan ibotat bo’ladi:
1-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o’quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o’rganish, chunonchi, materiallarni yig’ish va ularning g’oyasi(mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umulashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
2-bosqich. Ikkinchi bosqich o’quv predmetining mavzusi (faoliyat mavzusi) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bilim (band)lar bo’yicha hal etiluvchi xusuiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo’lida ijobiy hal etilib borilishi lozim bo’lgan vazifalarni ishlab chiqishga yo’naltiriladi.
3-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda, o’quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir. Ta’lim jarayoni o’quv materiali mazmunini yoritishgaaa xizmat qiluvchi muayyan mavzu bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi.
4-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan to’rtinchi bosqichda mashg’ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg’ulot shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyati ta’minlanishiga olib keladi.
5-bosqich. Navbatdagi bosqichda o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma, malakalarning o’zlashtirilishi uchun yetarli deb belgilangan vaqt hajmi, ya’ni, muayyan mavzu yuzasidan ma’lum tushuncha, ko’nikma va malakalarning o’quvchilar tomonidan qancha vaqt oralig’ida o’zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi.
6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq(topshiriq)lar tizimining samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
7-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida o’quvchilarning umumiy faoliyatini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar
amalga oshiriladi.
8-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning so’nggi bosqichi yaratilgan loyihaning
Ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayoning yakuniyts darajasini o’rganish bilan nihoyalanadi.