1-mavzu: pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o ’qituvchi kasbiy faoliyatida tutgan o’rni va ahamiyati. Ma`Ruza mashg`uloti rejasi



Yüklə 423,46 Kb.
səhifə5/9
tarix03.05.2023
ölçüsü423,46 Kb.
#106610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-ma`ruza

2. Kasbiy bilimdonlik.
Pedagogik mahoratning asosiy poydevori - kasbiy bilimlardir. O’qituvchining bilimlari, bir tomondan, o’zi o’qitadigan predmetlarga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni o’zlashtiradigan o’quvchilarga qaratilgan. Kasbiy bilimlarning mazmuni o’zi o’qitadigan predmetni, uning metodikasini, pedagogika va psixologiyani bilishni tashkil etadi.
Pedagogning mahorati - bilimlarni "insoniylashtirish" dadir, ularni auditoriyaga oddiy kitobdangina emas, balki o’zining dunyoqarashi sifatida bayon etadi.
Pedagogning kasbiy bilimlari asosida pedagogik ong shakllanadi, uning harakatlari asosida yotuvchi printsiplar va qoidalarga amal qilinadi.
3. Pedagogik qobiliyatlar.
Bu psixologik jarayonda kechadigan xususiyat bo’lib, pedagogik faoliyat samarasiga ta’sir etadi. Pedagogik qobiliyatlarni bir qancha yirik olimlar (Gonobolin F.N.,Kuzmina N.V., Krutetsskiy V.N. kabi) tadqiq etganlar.
Qayd etilgan mualliflarga suyangan holda shaxsning pedagogik faoliyatiga tegishli asosiy oltita qobiliyatini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) Muloqot qila olish, bu o’z ishiga, kishilarga bo’lgan munosabat, xayrixohliq, yaxshilikni ravo ko’rish.
2) Idrok eta olish qobiliyati - kasbiy hushyorlik, sezgirlik, pedagogik zehn.
3) Shaxs jo’shqinligi - irodaviy ta’sir ko’rsata olish va mantiqan ishontira olish qobiliyati.
4) Hissiy turg’unlik - o’zini qo’lga olish qobiliyati.
5) Optimistik faraz, baholash qobiliyati.
6) Ijodiy qobiliyat.

4. Pedagogik texnika
Bu pedagogik mahoratning to’rtinchi tarkibiy qismi - o’qituvchi xatti-harakatini tashkil etish shakli. Faqat bilish, yo’nalish va qobiliyatlargina ko’nikmalarsiz yaxshi natijalar garovi emas.Pedagogik texnika o’z ichiga ikki guruhdagi ko’nikmalarni oladi: o’z-o’zini boshkara olish ko’nikmalari va pedagogik vazifalarni hal etish jarayonida o’zaro ta’sir etish ko’nikmalari. Birinchi guruh. ko’nikmalari - bu o’z tanasi, hissiy holati, nutq texnikasini boshqarishiga qaratilgan. Ikkinchisi – didaktik, tashkilotchilik ko’nikmalari, aloqali o’zaro ta’sir texnikasiga ega bo’lish. (bu haqda keyinchalik alohida to’xtaymiz).



Birinchi guruh. ko’nikmalari - bu o’z tanasi, hissiy holati, nutq texnikasini boshqarishiga qaratilgan.




Yüklə 423,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin