1-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari Reja



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə1/13
tarix13.07.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#136467
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.


1-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari
Reja:
1. Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
2. Pedagogikaning ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
3. Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogik jarayon. Pedagogik texnologiya. Pedagogik fanlar tizimi.
4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari.


Tayanch tushunchalar: pedagogika, ob’ekt, mavzu, vazifalar, pedagogikaning toifalari, pedagogik fanlarning tuzilishi, ilmiy va pedagogik tadqiqot usullari: nazariy, amaliy, matematik, statistik.

1.1. Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika fanining jamiyat taraqkiyotida tutgan o‘rni. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.


Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga boy insonni tarbiyalash pedagogika o‘quv yurtlarining, o‘quv muassasasi, litsey, gimnaziya, kollej, institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.


Buyuk alloma A.Avloniy ta’kidlaganlaridek: «Tarbiya biz uchun yo hayot. yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim.
YOshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, o‘chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga sodiqlik ruhini shakllanitira olsak har birimiz uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Buning uchun avvalo milliy g‘urur, milliy ong, milliy g‘oya, ma’naviyat, yuksak madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. CHunki tarixni bilmasdan, o‘rganmasdan undan ruhiy, ma’naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi orzu umidlarga erishib bo‘lmaydi.
Demak, Pedagogika fanining predmeti, o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Tarbiya jamiyatning vazifasi bo‘lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g‘oyalari ta’sirida aniq shaklga ega bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘p jihatdan ma’rifatchi va pedagoglar faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan birga tarkib topgan bo‘lsa, ta’lim nazariyasi fan sifatida bir muncha keyinroq shakllangan.
Tarbiya jamiyat hayotida sezilarli rol o‘ynaydi. Jamiyatda tarbiya jarayonida to‘plangan tajribani umumlashtirish ehtiyoji tug‘ilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlash imkonini beradigan maxsus o‘quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo‘lishi bilan birga, ta’lim nazariyasi ham fan sifatida rivojlana boshladi.
Ibtidoiy jamoa davrida ham ijobiy tarbiya tajribasini ommalashtirishga urinish kurtaklari bo‘lgan. Masalan, kattalar va yoshlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan, keyinroq turli odat va marosimlar bilan bog‘liq o‘zini tutishning ba’zi bir ko‘rinishlari shakllana boshlagan.
Qadimiy va O‘rta SHarq adabiyoti namoyondalari orasida nazariy-pedagogik tusga ega qator ilmiy qarashlar mavjud bo‘lgan. Ular orasida Al-Farobiy, Alisher Navoiy va boshqalarning asarlarini misol keltirish mumkin.
Feodalizm davrida tarbiya asosan din ta’sirida bo‘lgan. SHuning uchun ham ta’lim nazariyasining asosiy g‘oyalari diniy ilm orqali ifodalangan.
Tarbiya nazariyasining g‘oyalari ancha oldindan ilgari surilgan bo‘lishiga qaramay pedagogik ilmiy bilim-fan sifatida bir oz keyin shakllangan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi buyuk chex pedagogi YAn-Amos Komenskiy (1592-1670) nomi bilan bog‘liqdir. Komenskiy tomonidan taklif etilgan tamoyillar, ta’lim jarayonining shakl va uslublari «Pedagogika»ning oltin fondiga kirgan. Uning mashhur «Buyuk didaktika» asari pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasida birinchi muhim ilmiy asar hisoblanadi.
O‘quv muassasasidagi o‘quv jarayonida ta’lim, tarbiya va ma’lumot o‘zaro bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Har qanday fan o‘rgatilishi mobaynida pedagog tarbiyalanuvchilar dunyoqarashini shakllantiradi, madaniy xulq-atvorini tarbiyalaydi.
«Pedagogika» atamasi qadimiy YUnonistondan kelib chiqqan. Bu erda quldorlar farzandlarini o‘quv muassasasiga kuzatib qo‘yadigan, olib boradigan odamlarni «peydagogislvpdagog» deb atashgan. Keyinchalik bu atamaning ma’nosi birmuncha o‘zgardi. Maxsus tayyorgarlik ko‘rgan va tarbiya bilan shug‘ullangan shaxslar «pedagog» deb atala boshlagan. Ko‘p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o‘sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o‘rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko‘rsatdi. SHuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o‘qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi.
Oldiniga tarbiya jarayoni kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan bo‘lsa, jamiyat rivojlana borgan sari bunday yo‘l talabga javob bermay qo‘ydi. Endi tarbiya bilan bilimdon, tajribasi etarli odamlar shug‘ullana boshladi. Mashg‘ulotlar tobora tashkiliy shakllarga, ko‘rinishlarga ega bo‘lib bordi va sekin-asta o‘quv muassasalari paydo bo‘ldi.
Pedagogika uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga olgan tarmog‘iga aylandi. Bularning barchasi pedagogikaning tabaqalanishi, ya’ni uning alohida tarmoqlarga ajralishiga sabab bo‘ldi.
Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodik asosiga ega bo‘lgani kabi Pedagogika fani ham fan sifatida shakllanib, o‘z predmetiga ega bo‘ldi. Barcha ijtimoiy fanlar kabi jamiyatdagi o‘zgarishlar, inqiroz, yuksalishlar Pedagogika fanining metodologiyasi, o‘qitish jarayoni, g‘oyalar rivojiga ham o‘z navbatida ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat, tarbiyaviy jarayon mavjud bo‘lgan. SHu sababli ham tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash, hamda oldin tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, insoniyat hayotidagi buyuk o‘zgarishlarni, jamiyatni rivojlanishini, farovon turmush tarzini tasavvur qilish qiyin.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot ishlar, pedagogik g‘oyalar, ilmiylikka asoslangan natijalar jamlanmalari, ilmiy ishlanmalar, tajribalar, tavsiyalar asosida bir qator ilmiy pedagogik qo‘llanmalar, darsliklar chop etilgan.
Xozirgi zamon pedagogika fani jahon pedagogikasining etakchi bir qismi bo‘lib, pedagogika fani tarixi bilan mustahkam bog‘liqdir. Pedagogika fanining tarixi esa, pedagogikaning qismlaridan biri, uning maxsus tarmog‘i hisoblanadi.
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan boglangan xolda barkamol insonni voyaga etkazishdir.
Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, usul va vositalari umuman, xar bir inson uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogika tarixi pedagogik ta’limotning tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etuvchi pedagogik g‘oyalarning salbiy pedagogik g‘oyalarga qarshi kurashi tarixini, hukmron tabaqalarning demokratiyaga qarshi siyosatini ochib tashlaydi, ilg‘or pedagogik g‘oyalar, hur fikrlar, ta’lim qonuniyatlarining ayrim olingan tarixiy davrdagi rivojlanish tamoyillarini tahlil qiladi, muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolarni o‘rtaga tashlaydi.

Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin