Sobiq SHo‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O‘zRda mustaqillik yillarida “ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish” davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining maqsadi:
Respublikamizda komil insonni voyaga etkazishning bir butun xolatdagi muammolarini xal qilish;
Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini xal qilish;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.
Pedagogika fanining vazifalari.Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar muhim ahamiyatga ega.
O‘zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g‘oyasi asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi