Ko‘nikma – mashq qilish natijasida beriladigan xarakatlar yig‘indisidir.
Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi.
Bilim asosida ko‘nikma va malaka paydo bo‘ladi. Bilim baxsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma mehnatda, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.
Ma’lumot – ta’lim –tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
3. Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogik jarayon. Pedagogik texnologiya. Pedagogik fanlar tizimi. Tarixiylik tamoyili har qanday fan rivojlanishining zarur tamoyili hisoblanadi. Zero o‘tmishni hozirgi davr bilan qiyoslash faqat hozirgi hodisalarning asosiy rivojlanish bosqichlarini yaxshi kuzatib borishga yoki o‘tmishning bebaho tajribasi hamda erishilgan yutuqlardan foydalanishga yordam berib qolmay, shu bilan birga, bu sohada xatolarga yo‘l qo‘yishdan saqlaydi va kelajakka yo‘naltirilgan amaliy takliflar, maqsadli izlanishlarni amalga oshirishga ko‘p darajada asos bo‘ladi. Jamiyat hayotini qayta qurish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shuningdek, hamma mehnatkashlar tabaqalarini tarbiyalashni kuchaytirishni talab etadi. Bunday sharoitda pedagogikaning tadqiqot sohalari doirasi kengayadi. Xozirgi kunda pedagogikani asosiy tarmoqlari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tamiz.
Pedagogika ta’lim-tarbiya xodisalaarini: tarbiya, o‘qitish, ma’lumot berish, ularning maqsad va mazmuni, shakl va usullarini jamiyatdagi boshqa xodisa va voqealar bilan, jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘rgatadi, eero, tarbiya shu ijtimoiy voqea va xodisalarning tarixiy sharoiti natijasida paydo bo‘ladi va ularga bog‘liq holda taraqqiy etadi. Bu fan tarbiya, ta’lim-tarbiyaviy g‘oya va fikrlarga ular taraqqiy etadi, doimo o‘zgarib, doimo yangilanib turadi deb qaraydi. Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi ijtimoiy tuzumga o‘tish bilan tarbiya haqidagi fikrlar ham, uning maqsadi, mazmuni, sistemasi ham o‘zgaradi va yangilanadi.
Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogika fani asosan 4 qismga bo‘linadi:
Pedagogikaninng umumiy asoslari.
Ta’lim nazariyasi (didaktika)
Tarbiya nazariyasi
Maktabshunoslik
Pedagogika fanining asosiy manbalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab, maorif, ta’lim-tarbiya haqida chiqargan farmonlari, asarlari nutqlari va ko‘rsatmalari:
Respublika Vazirlar Mahkamasining maorif, maktab, ta’lim-tarbiya haqidagi qaror va ko‘rsatmalari:
Respublika Oliy va o‘rta maxsus vazirligining qaror va ko‘rsatmalari;
Respublika xalq ta’limi vazirligining maktab, maorif ta’lim-tarbiya haqidagi qaror va ko‘rsatmalari;
Tanqidiy asosda tanlab olingan madaniy – ma’rifiy meroslar;
O‘tmish pedagoglar, mutafakkirlar va buyuk allomalarning g‘oyalari:
Ilg‘or maktablardagi, ta’lim – tarbiya muassasalaridagi o‘qituvchi va tarbiyachilarning ta’lim-tarbiya sohasidagi namunali ish tajribalari:
Pedagogika, psixologiya va maorif sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar va amaliyotchilarning namunali ish tajribalari:
Xorijiy mamlakatlarda maorif, maktab, ta’lim-tarbiya sohasidagi ilg‘or namunali ish tajribalari va hokazo.
Pedagogik texnologiya. YUNESKO tomonidan tan olingan pedagogik texnologiya oqimi 30-yillarda AQSHda paydo bo‘ldi va 70-80 yillarda barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini an’anaviy o‘qitish uchun mo‘ljallangan majmuali texnik vositalarning yaratilishida namoyon qiladi.
Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya ta’lim berishning texnik vositalari yoki kompyuterdan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmay, balki bu ta’limiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo‘li orqali, yo‘l va materiallarni tuzish hamda qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayoni tamoyillarini aniqlash va eng maqbul yo‘llarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotdir” (Mejdunarodnыy ejegodnik po texnologii obrazovaniya i obucheniya, 1978/79. London, Nyu-York, 1978).
Pedagogik amaliyotda yangi yo‘l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakl va faol usullar o‘rniga bo‘linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta’limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi bajara olishi mumkin.3