Texnologik bilimlar tizimi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat: tushunchaga oid qism - texnologiyalashtirishning murakkabroq bo‘lgan toifa va qoidlarini o‘rganishga yo‘l;
ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismi va harakatlanuvchi tuzilma - ta’lim jarayonini bashoratlash va loyihalashtirish asosi to‘g‘risida tushuncha;
ta’limiy texnologiyalarning konseptual asoslari - har qanday ta’lim texnologiyasi negiziga pedagogik va psixologik fanlar yutug‘ida ifodalangan pedagogik g‘oya asos bo‘ladi;
maqsadni belgilash - pedagogik vazifalar aniqlangan bo‘lsa va o‘quv faoliyatining yakuniy natijalari bir ma’noda ifodalangan bo‘lsa, boshlanish shartlari ma’lum bo‘lsa, ta’lim jarayonini loyihlashtirish mumkin;
ta’lim berish modeli – maqbul yo‘l (usul va shakl)lar va vositalar yig‘indisi - mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda ob’ektning boshlang‘ich holatini o‘zgartirish bo‘yicha ko‘zlanayotgan natijalarga erishish kafolati;
boshqaruvning yo‘l va vositalar yig‘indisi - bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va baholash, shuningdek tezkor o‘zgartirish to‘g‘risida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta’lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish - monitoring.
Har bir yo‘l va vosita o‘qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga ko‘rinarli qo‘shgan hissasi tomoni bilan baholanishi zarur. Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni qo‘llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur. Gap shundaki, qoidalar odatda formula emas, boshqaruv xususiyatga ega bo‘ladi, modomiki ularni qo‘llash mumkin bo‘lgan, ta’lim jarayoni sharoitida ayrim noaniqliklar bor. Bundan tashqari, avvalda shu narsani o‘quv vaziyatida qo‘llab, muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchi-amaliyotchi yoki hammaga ma’lum bo‘lgan ta’lim berish texnologiyasining muallifida, shuni qoidasiz umumlashtirishdagi xatoliklar tarqalgan. Mohiyat shundaki, barcha turli-tumanlikdan mavjud sharoitda va o‘quv rejasida berilgan vaqtda ko‘zlanayotgan natijaga erishishni kafolatli ta’minlaydigan, so‘ngra esa undan shu sharoit uchun mos keladigan, ta’lim berish texnologiyasining - yagona majmuini loyihalashtirish mumkin bo‘ladigan, axborot, muloqot va boshqaruvning shunday yo‘l va vositalarini baholashi, farqlashi va tanlashni uddalashi muhim.
2. Mashhur marketolog Dj. O.SHonessining “...kitoblar hech qachon tajriba o‘rnini bosa olmaydi degan fikriga qo‘shilish mumkin. Mahoratli oshpaz oshpazlik to‘g‘risida kitob yozishi mumkin, uni tayyorlash yo‘liga amal qilib, xuddi shunday chiqishini kutmaslik kerak, chunki uning mahorati bilan taqqoslab bo‘lmaydi - berilgan qoidani ishlatib muhim ko‘nikma va malakalar ega bo‘lish mumkin emas, ular faqat amaliyotda egallanadi va “qo‘llaniladigan donishmandlik” deb ataluvchi amaliyotli donishmandlik bilan mustahkamlanadi, ya’ni vaziyat bilan muvofiqlikdagi donishimandlik”
Ushbu qo‘llanma bilan tanishganingizdan so‘ng shu zahoti umidsizlikka tushmang, siz shu zahoti ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtira olmaysiz. SHuni esda saqlangki, qo‘llaniladigan donishmandlik kitob bo‘yicha formularni o‘rganishda emas, balki haqiqiy ishni bajarganda hosil bo‘ladi (Dj. O.SHonessi, 2000).
3. “Ta’lim jarayonini ixtiyoriy qurish va amalga oshirishdan, uning har bir qism va bosqichlarini izchil asoslangan, yakuniy natijani haqqoniy tashhislashga yo‘naltirilgan”ga o‘tish uchun asos zarur (V. Bespalko, 1989).
Agarda siz ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishga o‘tish muhimligini anglamas ekansiz, unda “biz yangi texnologiyalarning yutug‘larini bermaylik, paydo bo‘lgan muntazamlik mexanizmini chiqarib tashlay olmaydi, yo bo‘lmasa majbur qilingan texnologiyalar ziyonli natijalarni ko‘paytirishi mumkin”.
4. Nihoyat, shaxsiy ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirish va mavjud ta’lim berish texnologiyasini qo‘llash “o‘qituvchi, vaziyat madaniyati, shuningdek shaxsiy yoki talabalarning shaxsiy xususiyatlari bilan yuzma-yuz kelish yo‘nalishi bilan ish tutmog‘i kerak” (E.S. Polat, 2000).
Ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi YAn Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g‘oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa nimaga o‘qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo‘lsin. Natijaga olib keluvchi o‘quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan.
Bunday didaktik mashina uchun aniq qo‘yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko‘rilgan. Ular o‘z ifodasini an’anaviy o‘qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan.
Hozirgi vaqtda “pedagogik texnologiya o‘qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir”.
Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo‘liga o‘tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi:
uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini bo‘lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan);
yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo‘naltirilganligi;
ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo‘yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish texnologik jarayonining mukammal, aniq yo‘lga qo‘yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;
uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaradi.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. YAxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. YA’ni:
Ko‘rsatib o‘tilgan ushbu fanlar qanday pedagogik masalalarni o‘rganadi?