1-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari Reja


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə5/13
tarix13.07.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#136467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari quyidagilar hisoblanadi:




Xalq ta’limini boshqarish va raxbarlik masalalarini chuqur o‘rganib bo‘lajak o‘qituvchilarni kanday tayyorlash muammolarini xal qilish.


Bizga yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, pedagogika fani ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarishini o‘rgatadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bohlanishlarni ochib beradi.SHu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga tarbiya, ta’lim, ma’lumot kiradi. Lekin, xozirgi pedagogikani taraqqiy etib borishida, asosiy pedagogik kategoriyalar qatoriga rivojlanish va shakllanishni xam kiritsa bo‘ladi.1
Tarbiya- o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir.
Pedagogikada «tarbiya» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llanishi mumkin.
Keng ma’noda qo‘llanishi deganda – katta avlod vakillari o‘zlari to‘plagan xayotiy tajribalarini yosh avlodga qoldirishlarini tushunish mumkin.
Tor ma’noda qo‘llanishi deganda – maxsus ta’lim muassasalari orqali shaxsda aniq bilim, dunyoqarash, ichki hissiyotlarini, umuman xayotga tayyorgarligini rivojlantirish tushuniladi. SHu erda savol tug‘iladi: qaysi ta’lim muassasasi boshqasiga nisbatan tarbiya taqdiriga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi? Bola tarbiyasini buzilishiga faqat tarbiya muassasalari va pedagoglar ko‘proq sababchimi? Degan savollar insoniyatni doimo qiziqtirib keladi.2
Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.Ta’lim jarayoni o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki tamonlama xarakterga egadir.O‘qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o‘ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijani beradi. Ta’lim jarayonini mazmunini bilim, ko‘nikma va malaka tashkil qiladi.
Bilim – bu o‘quvchilar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bilimni xayotda ko‘p unum beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim.

Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin