1-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari Reja



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə12/13
tarix13.07.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#136467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Mavzu. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.

Pedagogik so‘rash metodi- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiiqIy o‘ylangan sistemasini,ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tutiladi. SHuningdek, qat’iy formadagi javobni («ha», «yo‘q») ham taqozo etishi mumkin.
Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish metodidir. Test sinovlarini(anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli – bunda o‘quvchilarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, Rag‘batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli- Ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy fara zyoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli- xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Matematika va kibernetika usullari- o‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlardir.
Bu kabi metodlardan foydalanib ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish faqatgina pedagog uchun emas, iqtisodiyot jabxalarida faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘illanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan ishlaydigan ma’suliyatli shaxs uchun xam zaruriy shart bo‘lgan usullardan biridir. Zero, inson tarbiyasidek murakkab jarayonga hech qachon e’tiborsiz bo‘lmaslik zarur.6



Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin