№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Hamkorlik pedagogikasi. 
Hamkorlik pedagogikasi xx asrning 80-
yillarining boshida sobiq SSSR hududida shakllangan bo‘lib,u ochiq 
ta’lim tizimining rivojlangan ko‘rinishdir. Hamkorlik pedagogikasi 
namoyondalari o‘z qarashlarini asoslash uchun klassik va progressiv 
didaktik tizimlarni tanqid etishadi: ta’limning asosiy harakatlantiruvchi 
kuchi o‘quvchidir. O‘qituvchi aytadi, so‘raydi, talab etadi, tanqid etadi, 
ma’qullaydi, qoralaydi, majbur etadi, tekshiradi; u doimo qat’iy, 
kulmaydi, bolalarga tabassum qilmaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi aytgan 
ishlarni bajarishadi, ular ijrochilardir. O‘quvchi ijrochi rolida ishtirok 
etgan ta’lim jarayonida o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligini 
oshirish mumkin emas. 
Hamkorlik pedagogikasi targ‘ibotchilari faoliyatida pedagogik 
nazariya va pedagoik amaliyotning qator jumboqli masalalari hal etildi: 
Sh.A.Amonashvili 6 yashar bolalarni o‘qitish tajribasi asosida ta’limda 
ijtimoiy qimmatga ega motivlarning rolini, ularning bola shaxsini 
rivojlanishidagi o‘rnini asosladi; S.N.Lisenkova boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari faoliyatini boshqarishning original usulini kashf etdi. U 
o‘qitgan boshlang‘ich sinflarda bolalar o‘quv mehnati sohasidagi o‘z 
yutuqlaridan sevinishadi, bolalar tayanch sxemalarga rioya qilishib
o‘zlarining yutuq va kamchiliklariga izoh berishadi; V.F.Shatalovning 
ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatida pedagogik jarayondagi eng 
mushkul masalalardan biri bolalarda har kuni aqliy mehnat bilan 
shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirish muammosi hal etildi. U 
ishlagan sinflarda o‘quvchilarning o‘z shaxsiy shanini anglash, o‘z 
kuchi va qobiliyatiga qat’iy ishonchini hosil qilish, mustaqillikni 
shaxsiy sifatga aylantirish kabi didaktik muammolar ham amaliy, ham 
nazariy isbotlandi.
3.2.Shaxsni 
rivojlantiruvchi 
ta’lim 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin