Ochiq ta’lim tizimi. Ochiq ta’lim tizimi XX asrning 60-70
yillarida dastlab Angliyada, keyinchalik Amerikada paydo bo‘ldi.
Ochiq ta’lim tizimiga ko‘ra, bolalar o‘z tengdoshlari bilan bevosita
muloqotda bo‘lishadi, o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni birgalikda
mustaqil tanlashadi, tanlangan muammoni hamkorlikda hal etishadi. Bu
tizimda bolalarning o‘zaro yordami man etilmaydi, aksincha, ta’lim
o‘zaro yordam, musobaqalashuv yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ta’limni
tashkil etish, boshqarishga shu yo‘sinda yondashuv o‘quvchilar
o‘rtasidagi raqobatni yo‘qotadi, ularning bir-biriga hurmatini oshiradi.
Amerikalik olimlardan R.Xorvits, K.Karpenter o‘tkazgan ilmiy
tadqiqotladra ochiq ta’lim tizimi klassik tizimlarga taqqoslab
o‘rganilgan. Bu ikki xil yondashish bo‘yicha ishlagan o‘qituvchilar o‘z
o‘quv predmetlari bo‘yicha bir xil o‘zlashtirish berishgan. Ammo ochiq
ta’lim tizimi asosida o‘qigan yoshlar klassik tizimlar asosida
tayyorlangan bolalarga nisbatan o‘z oldiga qo‘yilgan muammolarga
ijodiy yondashishgan, ularda birga ishlash ishtiyoqi paydo bo‘lgan,
mustaqillik yuqori darajada rivojlangan.
P.Massena, A.Xyustonlarning yozishicha, ochiq ta’lim tizimi bir
to‘g‘ri chiziqning uchlarida joylashgan ikki xil metodikadir. Chiziqning
bir uchida o‘qituvchining tushuntirishi, aytib berishi, qilib ko‘rsatishi,
tavsiyalari asosida bajariladigan topshiriq tursa, ikkinchi uchida
bolalarning o‘z xohishlari bo‘yicha tanlanadigan va mustaqil
bajariladigan topshiriqlar turadi. To‘g‘ri chiziqning ikki uchi orasida
ko‘p nuqtalar bo‘lganidek, bu ikki xil metodika o‘rtasida ta’limning
juda ko‘p samarador variantlari, usullari, vositalari mavjud. O‘qituvchi
bolalar oldiga o‘zi qo‘ygan yoki bolalar o‘z xohishi bo‘yicha tanlangan
topshiriq mohiyatidan kelib chiqib, ta’limni turli yo‘llar bilan amalga
oshiradi: topshiriqni bajarish usullari, yo‘llarini to‘liq tushuntiradi (1),
ayrim topshiriqni bolalarning o‘zlariga mustaqil bajarish uchun beradi
(2), boshqa bir variantda mustaqil ishning o‘ta murakkab qismini o‘zi
tushuntirib, qolgan osonroq qismini hal etishni o‘quvchilarga buyuradi
(3).
Sinfda o‘zaro yordam, hamkorlikni ta’minlash maqsadida bolalar
guruhlarga ajratiladi. Dastur va darsliklar barcha o‘quvchilar uchun bir
xil. Mashg‘ulotlar guruhlar o‘rtasida musobaqa, estafeta shaklida
o‘tkaziladi. Har bir guruhda topshiriqlar bajarilgach, qilingan ishlarning
natijasi birgalikda muhokama etiladi. Demak, ochiq ta’lim tizimi o‘zaro
56
bir-biriga bilim berish asosida amal qiladigan zamonaviy didaktik
tizimdir.