67
O‘qituvchi faoliyatining vazifasn o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni
ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan
faoliyatlarini boshqariihan
iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
1)
loyihalashtirish;
2)
rejalashtarish:
2) tashkil etish:
3) boshqarish (rag‘batlantirish);
4) nazorat;
5) natijalarni baholash va tahlil qilish.
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar —tematik
yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi.
Rejalar, reja —konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq,
jiddiy
ishlash
kerak
bo‘ladi.
O‘qituvchi
o‘quvchilarning
tayyorgarliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza
holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib
chiqishi, o‘quv
materiali mazmunini tanlab olishi, dare olib borish shakli va metodini
o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv
masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan
iborat bo‘ladi.
4.4. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi
O‘quvchilar o‘quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib
olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur
etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi
zarur: idrok etish. o‘quv materialini anglab etish. mustahkamlash.
amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash.
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan
ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni
bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda
o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani
qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. Shu asosida o‘quv materiali bilan
dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U
haqiqiy mavjud yoki hayoliy
predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni
o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va
voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida etarlicha tasavurga ega
bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.
68
Ikkinchi bosqich — o‘quv materialini anglab etish. U
ma’lumotlaming nazariy jihatlarini ajratib
olish va analiz qilishdan
iborat. Bunda asosiy mazmunni to‘ish, tushunchani ajratib olish,
ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialining
xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini
o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi
tizimlilik
muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy ikkinchi darajali
hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin.
O‘quvchi o‘quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi
tizimni tushunib etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich — eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich
o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat.
Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va
ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha,
qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar
to‘shiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular
matnlarni mexanik ko‘chirib
olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida
va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich
yakunida o‘quvqhilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan
mashqlarni bajarish,
masalani echish, teoremani isbotlashda
foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari
shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilim. ko‘nikma va malakalarni amaliy
faoliyatda
faollashdan
iborat
bo‘ladi.
Bilimlarini
qo‘llash
o‘rganilayotgan materialning mazmuniy xususiyatiga qarab,
faoliyat
turli shakllari va - ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv
mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er
maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin.
Bilimlarni egallab olish
bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir:
Dostları ilə paylaş: