90
Darsliklarning
multimediali
ilovalari
—
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv
faniga oid
materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda
yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning
mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi
hamda video, ovoz,
animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan,
bilimlarni
nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv
fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega
bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z
ichiga olgan
interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.
O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va
dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik
va gigienik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik,
mashq daftari,
o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali
ilovalarini o‘z ichiga oladi.
Pedagogika fanlari o'qituvchisining o'quv
meyoriy hujjatlariga
davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja, ishchi o‘quv reja,
fanning o‘quv dasturi, fanning ishchi o'quv dasturi, o'qituvchining
fanga doir taqvimiy- mavzuiy rejasi, ma’ruza va amaliy mashg'ulotlar
ishlanmasi, darslik, o'quv uslubiy majmua kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: