86
-ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning
malaka
talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
-davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy
prinsiplarga asoslanadi:
- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari
ustuvorligi;
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat
talablariga,
shaxs ehtiyojiga mosligi;
- umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha
hududlarda birligi va yaxlitligi;
- umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va
usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
- o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim
olishni davom
ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetentsiyalarni
rivojlantirishning ta’minlanganligi;
- rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarning
ta’lim
sohasida
me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan
holda foydalanish.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy
qismlardan iborat:
- umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
- umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
- umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
- baholash tizimi.
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining
minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan
hujjat hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars
jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
87
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan
ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari
(davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning
minimal
hajmini belgilaydi.
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga
muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi,
mazmuni,
o‘rganish
ketma-ketligi
va
shakllantiriladigan
kompetentsiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari
bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy
maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga
qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni
eslab qolish va qayta
tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay
olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni
notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetentsiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik
faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta
ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi
darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati
samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta’lim
fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan minimal
talablarni, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov
ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga
oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini
nazorat qilishning turlari
quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim
muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
88
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari,
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash —
Hukumatning tegishli
qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar
hamkorligida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi,
o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib,
ularning
yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar
shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: