83
o‘qitish va ta’lim berish muammolari bilan shug‘ullanadi
hamda
o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Darhaqiqat didaktika so‘zi grekcha “didacticos” atamasidan
olingan bo‘lib, “o‘qitish”, “o‘rgatish”, “ta’lim berish” kabi ma’nolarni
anglatadi. Didaktika so‘zining ma’naviy tarjimasi “Ta’lim nazariyasi”
demakdir. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida “qanday o‘qitish”,
“nimani o‘qitish”, “qayerda o‘qitish” kabi masalalarni hal etishga
harakat qiladi.
Manbalarga qaraganda didaktika atamasini birinchilardan bo‘lib
nemis pedagogi Volfgang Radke taxminlari mavjud. Ammo ba’zi
hollarda “Didaktika”ning atamasi chex pedagogi Yan Amos
Komenskiy deb talqin qilinadi. Bu haqiqatga yaqin. Chunonchi
didaktikaning ilmiy asoslari mazkur pedagog tomonidan 1633-yilga
chex tilida, 1657-yilda lotin tiliga o‘girilgan “Buyuk didaktika” asarida
yoritilgan. Shu ma’noda didaktika nomi ostida “Hammani
hamma
narsaga o‘rgatish san’ati” iborasi bitilgan.
Shunday qilib didaktika pedagogikaning muhim sohasi sifatida
bilim, ko‘nikma, malakalarni, yosh avlodga yetkazishga oid
qonuniyatlarni, bilim, ko‘nikma, malakalarni yosh avlod tomonidan
o‘zlashtirish malakalarni o‘rganuvchi tarmog‘idir.
Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot, fan, texnika texnologiyalarning
rivojlanish darajasini inobatga olib, didaktika o‘zining o‘rganish
predmetini yangidan ishlab chiqdi, bu o‘qitishning maqsadi (nega
o‘qitiladi), yosh avlodni hayotga tayyorlash nuqtai nazaridan,
o‘qitishning mazmuni (nimaga o‘rgatiladi), o‘qitishni
tashkiliy
shakllari va yo‘llari (qanday o‘qitish) kabi masalalarga javob beradi.
Shu kesimda didaktikaga bir mavzu borki, bu pedagogika va
psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogika fanlarini qanday o‘qitish,
nimaga o‘qitish, nimani o‘qitish kabi savollarga javob beradi. Bu
“Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi”ning prinsiplari mavzusidir.
Xo‘sh prinsip nima? Uning mazmun-mohiyati nimadan iborat?
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining prinsiplariga nimalar
kiradi.
Avvalo, shuni takidlash joizki “Pedagogika” darsliklari va o‘qitish
qo‘llanmalarida “Prinsip” so‘zi o‘rniga “Tamoyil” atamasi ishlatiladi.
Masalan “Tarbiya tamoyillari”, “Ta’lim tamoyillari”, “Talim qonunlari
va tamoyillari” va h.k. ko‘rinishida. Bizningcha bu maqsadga yaqin
emas.
Tarbiyalash, o‘qitish, o‘rgatish to‘g‘risida borar ekan, e’tibor
84
bosh g‘oya, bosh asos yoki talab to‘g‘risidagi ma’noga qaratilmog‘i
lozim. Shu nuqtai nazardan gap “Pedagogik fanlarni o‘qitish
metodikasi” tog‘risida borar ekan, bu fanni o‘qitishning asosiy g’oyasi
nimadan iborat bo‘lishi va qanday talablarga javob berishini ifodalashi
lozim. Shu ma’noda “tamoyil” o‘rniga “prinsip” so‘zini ishlatmoq
maqulroq tuyuladi.
Endi e’tiborni “O‘zbek tilining izohli lug‘atiga bu iboralarga
berilgan izohlarga qaratamiz. “Prinsip ⌠lot. principium-asos, negiz;
ibtido⌡
1
. Biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash, va sh.k.ning dastlabki
asosiy qonun qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya,
qonun-qoida”.
“Tamoyil
[ar.-tebranish,
chayqalish;
o‘zgarib
turish;
o‘zgaruvchanlik; moyillik] 1. Mayl, moyillik 2.
Biror sohada tartib
qoida, tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish”.
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmasida qayd etilishicha “Prinsip-rahbar
g‘oya asosiy qoida, xulqqa nisbatan asosiy talab”
2
.
Shuningdek,
N.
Saidahmedovning
“Yangi
pedagogik
texnologiyalar” risolasida prinsip tushunchasiga shunday ta’rif
beradiki; “Prinsip- lotincha “principium” so‘zidanolingan bo‘lib asos,
dastlabki xolat, boshqaruvchi g‘oya, umumlashtirilgan talab kabi
ma’nolarni anlatadi”.
3
Demak, gap ta’lim-tarbiya, yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim berish,
ma’lumotli qilish, shaxs sifatlarini shakllantirish to‘g‘risida borar ekan
“prinsip” so‘zini qo‘llash fikrimizga aniqroq, dadilliroq bo‘ladi. Chunki
ta’lim va tarbiya prinsiplari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq
holda jamiyat ehtiyojlarini qondirishga, talab va vazifalarni bajarishga
qaratilgan pedagogik hodisadir.
Biz oliy ta’limda pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining
prinsiplari deganda mazkur fanlarni o‘qitish jarayonlarini tashkil etishi
va amalga oshirishda o‘quv tarbiya mazmunini, shakllari, metodlarini
tanlanishini begilaydigan dastlabki holatni,
umumiy qoidalarni va
talablarni tushunamiz.
1
Qarang; o’zbek tilining izohli lug’ati. T.: “O’zbekiston milliy ensiklapediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti, 2006, 309-bet
2
Zunnunov A. Mahkamov U. Didaktika: Oliy o‘quv yutrlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-
T.; “Sharq”, 2006, 36-bet
3
Saidahmedovning N. Yangi pedagogik texnologiyalar nazariya va amaliyot. –T.: “Moliya”
nashriyoti, 2003 82-bet.
85
Prinsiplarda ta’lim beruvchi va ta’lim o‘rganuvchiga o‘qitish
jarayonida rioya qilishi lozim bo‘lgan talablar mujassamlashgan. Bu
masalalar tanlangan o‘quv mavzusining mazmunidan kelib chiqib
qo‘llaniladigan faoliyatning shakli, yo‘l-yo‘riqlari, vositalarini
pedagogik jihatdan to‘g‘ri tanlanishini belgilaydi hamda ta’lim-tarbiya
muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Zero, metodika o‘quv
predmetining
prinsiplari
ilmiy-amaliy
dunyoqarashni, ma’naviy-axloqiylikni,
mazmunli hamda oqilona ehtiyojlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan
faoliyatni nazarda tutadi va yo‘lga qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: