91
– fanga oid o‘quv materiallar mazmuni va tuzilmasini maqbul
holatga keltirish va optimallashtirish, mashg‘ulotlar mavzularining
mantiqiy ketma-ketligini hamda boshqa fanlar bilan mazmuniy-
mantiqiy bog‘liqligini ta’minlash;
– uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va
uzluksizligini, shuningdek, fanning mazmun va mavzulari boshqa
ta’lim turlaridagi hamda turdosh yo‘nalishlardagi fanlarning mazmun
va mavzulari bilan takrorlanmasligini ta’minlash;
– fanga oid jahondagi ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so‘nggi
yutuqlarini, ilg‘or horijiy tajribalarni keng yoritish va ularni hisobga
olgan holda fan mavzularini shakllantirish;
– ta’lim shakli va o‘quv fanga ajratilgan vaqtga muvofiq o‘quv
materiallarni mavzular va mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha taqsimlash;
– fanni o‘zlashtirish, talabalarda fanga oid kompetensiyalarni,
kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur o‘quv-uslubiy
shartlar, o‘quv adabiyotlar va didaktik materiallarni belgilash;
– baholash vositalari yordamida talabalar bilimini nazorat qilish
shakllarini belgilash.
Fan dasturi uning asosiy maqsadi va vazifalariga to‘liq amal qilingan
holda ishlab chiqilishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: