№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

xarakterli xususiyati
darslik mazmunining o‘quv dasturi mazmuniga mos kelishidir. 
Darslikdagi material bo‘limlar bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir 
mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo‘lgan bandlar asosida ochib 
beriladi. 
Darslikning kirish qismida
fanning jamiyat va tabiatdagi o‘rni, 
roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan 
muammolari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, bo‘lajak mutaxassisning 
kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi 
soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning 
fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim. 
Darslikning asosiy matni
– bu ta’lim oluvchi tomonidan 
o‘rganilishi va o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan o‘quv axborotining 
asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy 
tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va 
faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi. 
Darslikdagi qo‘shimcha materiallar.
Bu matnlar – asosiy matnda 
bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy 
qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv materialini o‘z 
ichiga oladi. Qo‘shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) 
materiallar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan 


93 
mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlar kiradi. Qo‘shimcha 
matnlar o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga 
ijodkorlikka undovchi va tarbiyaviy funksiyalarni bajarishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Darslikning tushuntirish matni
– o‘quv materialini tushunishga 
va chuqurroq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan xususiy yozma tuzilma. Bu 
matnlar ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilishda 
muhim ahamiyatga ega. Tushuntiruvchi matnlarga izohlar, ilovalar, 
tayanch iboralar, tushuntirishlar, lug‘atlar, ramzlar va ko‘rsatkichlar 
kiradi. Bu matnlar tushunarli, qisqa va ma’lum tushunchani aniq 
shakllantiradigan bo‘lishi kerak.
1

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin