62
oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan
talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir.
Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib
xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida barcha maqsad va vazifalarni, shuningdek,
uning tarkibiy qismlarini kompleks hal etishga yo‘naltirilgan jarayon
yaxlit pedagogik jarayon sifatida qabul qilingan.
Yaxlit pedagogik jarayonning tashqi qonuniyatlari:
1.
Pedagogik jarayonning maqsadi nafaqat ta’lim va tarbiya
vazifalarini qamrab oladi, balki pedagogni ham, o‘quvchi shaxsini ham
har tomonlama barkamol qilib rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
2.
Yaxlit pedagogik jarayon, uning maqsad-vazifalari, mazmuni,
shakl va metodlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib
chiqadi va u jamiyatning mafkurasi va siyosatiga bog‘liq.
3.
Pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari nafaqat shaxs
ehtiyojiga, balki uning imkoniyatlariga ham bog‘liq bo‘lib, bu uning
tashqi belgilaridir.
Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlari:
1.
Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
2.
Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘rtasidagi bog‘liqlik.
3.
Shaxs faoliyati bilan uning munosabati o‘rtasidagi bog‘liqlik.
4.
Shaxs va jamoa o‘rtasidagi bog‘liqlik.
5.
Shaxsning imkoniyatlari bilan pedagogik tahsir o‘rtasidagi
bog‘liqlik.
6.
Vazifa, mazmun, shakl va metodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.
3.Yaxlit pedagogik jarayon bosqichlari .
Dostları ilə paylaş: