66
Lekin bilish dialektikasining mohiyati, eng avvalo, uning ichki
qarama-qarshiligidadir. Dunyodagi barcha jarayonlar bilish shartlarida,
ularning
ichki
harakatida,
o‘z-o‘zining harakatida, barcha
ziddiyatlarning
o‘zaro
bog‘liqligidadir.
Shuningdek,
bilish
o‘zgaruvchanlikda, rivojlanishda, uzluksizlikda, sakrovchan, doimo bir
ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tib turishda namoyon bo‘ladi.
O‘qitish jarayonini harakatlantiruvchi asosiy qarama-qarshiliklar
doimiy murakkablashib, qiyinlashib borayotgan talablar bilan
o‘quvchilar imkoniyatlari (bilim darajasi, rivojlanganligi, motivlar,
usullarni egallash darajasi) o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Bu qarama-
qarshilik o‘zini mazmun (bilim, ko‘nikma)da, qo‘zg‘atuvchi usullar va
operatsiyalar (bilish usullari)da namoyon etadi.
Bu qarama-qarshiliklar quyidagilardir:
1.
O‘quvchilarning oldingi bilimlari darajasi bilan yangi bilimlar
o‘rtasidagi;
2.
Bilimlar bilan uni qo‘llash o‘rtasidagi;
3.
Yangi qo‘yilayotgan talablar bilan oldin o‘quvchilarda mavjud
bo‘lgan bilish va o‘qitishga munosabat o‘rtasidagi;
4.
Yangi bilish vazifalarini hal etish uchun ilgari surilayotgan
metodlar bilan oldin egallangan bilish usullari, yo‘llari o‘rtasidagi
ziddiyatlar.
Har qanday bilish amaliy jarayonda ro‘y beradi, chunki amaliyot
nazariy bilishdan yuqoridir, ya’ni u faqat umumiylik qiymatiga ega
bo‘libgina qolmay, balki bevosita voqelik qiymatiga ham egadir. Jonli
muloqotdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga - haqiqatni
bilishning, obektiv reallikni bilishning dialektik yo‘li mana shu.
Sezish ongning tashqi dunyo bilan bevosita bog‘lanishidir, tashqi
ta’sir energiyasining ong faktiga aylanish jarayonidir.
Idrok voqelikdagi mavjud narsa va hodisalarning inson ongida
yaxlit holicha aks etishidir.
Tasavvur sezgi va idrok qoldirgan iz bo‘lib, u bosh miya
po‘stlog‘ining plastikligi tufayli odam ongida uzoq vaqt saqlanib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: