4.2.Ta’lim jarayonining tuzilishi
Jarayon sifatida ta’lim uch element (belgi) birikmasidan iborat:
o‘qitish (o‘rgatuvchining ta’lim berish faoliyati), o‘qish (ta’lim
oluvchining bilish faoliyati) va ta’limning mazmuni (ularning
birgalikdagi o‘rganish obyekti).
O‘qitish, yoxud o‘rgatuvchi faoliyati, bilim oluvchilar
faoliyatlarini boshqarish, ya’ni o‘quvchilarning o‘quv ishlarini
uyushtirish, ularning bilish (idrok, xotira, diqqat, tafakkur, tasavvur)
jarayonlariga rahbarlik qilish, nazorat uyushtirish, ma’naviy-axloqiy
sifatlarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.
63
O‘qish yoki o‘rganish, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma,
malakalarni o‘zlashtirishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchining
aql-zakovati, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayrati, intilishlari asosida
tarkib topadi va rivojlantiriladi.
O‘qitish jarayonining bu ikki elementa (o‘qitish va o‘qish) bir
maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalanib,
o‘quv-tarbiya ishlarini jadallashtirish, ijtimoiy buyurtmani bajarishga
qaratilgan. Shunga ko‘ra bu jarayonda shaxsning qobiliyatlari,
fazilatlari, ma’naviy-axloqiy sifatlari, bilish qobiliyatlari (tafakkur,
xotira, xayol, iroda va h.k.) rivojlanadi, bo‘lajak kasb egalarida
tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik shaklanadi va
o‘quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi.
Jadvaldan shu narsa ko‘zga tashlanadiki, yagona maqsad -
shaxsni shakllantirishni amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning tashkil
etuvchilari ya’ni ularning barcha elementlari-ta’lim maqsadi, ta’lim
vazifalari, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim mazmuni, metodlari,
shakllari, vositalari, mustaqil o‘quv topshiriqlari, mustaqil faoliyat,
nazorat, o‘z- o‘zini nazorat orqali o‘z natijasiga erishiladi. Shunday
ekan ta’lim-tarbiyani alohida elementlarga bo‘lib emas, balki yaxlit
holda karash va amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga
qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘lini yaqinlashtiradi. Chunki,
64
yuqorida kayd kilib o‘tganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar yaxlit
tizim sifatida bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ulardan birortasining
funksiyasi buzilsa, yoki birortasi ishlamay qolsa maqsadga
erishilmaydi. Masalan, mashina dvigatelining yonilgi uzatgich tizimini
olaylik, uning yonilg‘i uzatuvchi elementlaridan birortasi ishlamay
qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatel yonilgi bilan ta’minlanmaydi,
natijada mashinaning o‘t oldirishi qiyinlashadi yoki o‘t olmaydi.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonining muhim
elementlaridan biri ta’lim mazmuni qancha murakkablashtirilib, uni
ta’lim oluvchilarga etkazish yo‘li aniqlashtirilsa, kuchli intellekt va
yuksak ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish
osonlashadi. Bu ko‘p jihatdan yangi pedagogik texnologiyalarni
loyihalash va ta’lim-tarbiya amaliyotiga tadbiq etish bilan uzviy
bog‘likdir.
Dostları ilə paylaş: |