nazariyasini
ishlab
chiqishga zamonaviy yondashuvlar
Bugungi kunda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi
amaliyotida quyidagi yondashuvlari keng tarqalgan:
1.
An’anaviy yondashuv (bilim).
2.
Ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv.
3.
Fenomenologik (gumanistik) yondashuv.
4.
Texnokratik yondashuv.
5.
Ezoterik yondashuv.
57
Ayni vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim yondashuvlarini
belgilashga nisbatan uch xil qarash mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) — madaniyat inson hayotining mazmuni
sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli asosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini
yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin
etiladi.
3. Shaxsiy— madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon
bo‘ladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator
yondashuvlarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Har bir yondashuv muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga
yo‘naltiriladi. Xususan:
-
ijtimoiy institut sifatida o‘quv muassasalarining vazifalari;
-
ta’limning samarali tizimi;
-
o‘quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
-
ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
-
muayyan
bilim,
ko‘nikma
va
malakalarning
qimmatli
hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi yondashuvlar mavjud:
1.
Bilim olishning an’anaviy yondashuvi (J.Majo, L.Kro, J.Ka’el va
boshqalar)
Unga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik qiyin
bo‘lmasin bilim olish». An’anaviy yondashuv maktabning maqsadi
yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab
qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari —
bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlami saqlab
qolish hamda ularni yoshlarga etkazish muhim ekanligini yoritadi.
Bilim olish yondashuvsining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot va
madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga etkazish.
2.Ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv (P.Blum, R.Gane,
B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik yondashuv diqqat markazida
ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarning
o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning
ratsionalistik modeli asosini B.Skinnerning ijtimoiy injeneriya
bixevioristik (inglizcha
behavior
— xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.
Maktabning maqsadi — o‘quvchilarda g‘arb madaniyati ijtimoiy
qoidalari, talablari va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan
58
moslashtiruvchi «xulqiy repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir
vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga xos hamma ta’sirlanishlar —
uning fikrlari, sezgi va harakatlari» ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta’limning asosiy metodlari, o‘rgatish, trening, test
sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo‘lib qoladi. Buning oqibatida,
ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini
aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o‘quvchilar faqat o‘zlashtiribgina qolmay, balki
muvaffaqiyatli o‘qishlari mumkin deb hisoblaydi. O‘quvchining
optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o‘quvchiga ta’lim berish
natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim
oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo‘lgan cheklashlar olib
tashlanganda o‘quv kursining butun mazmunini o‘zlashtirib olishga
qodirlar. Ana shu nuqtayi nazardan o‘quvchilar tomonidan bilimlarning
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi,
uning mohiyati quyidagichadir:
1. Butun sinf yoki kurs uchun to‘la o‘zlashtirish etaloni, mezonini
aniq belgilab olish asosida, o‘qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak
bo‘lgan aniq natijalarning ro‘yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni
tuzadi.
2. O‘quv birliklari, ya’ni, o‘quv materiallarining yaxlit bo‘limlari
ko‘rsatiladi, ularni o‘zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga
ta’sir ko‘rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning
vazifalari — tuzatish, korreksiyalashdan iborat.
3. To‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan har bir o‘quv kurs
materiallarini o‘zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini
o‘tkazish. Bu o‘rinda har bir o‘quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining
ahamiyatini tushuntirish muhim.
Predmetlarni bo‘sh va o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning
qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy
mazmunini tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AQSh va boshqalar)
ta’lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) yondashuv
g‘oyalariga muvofiq ish ko‘rilganda 70% o‘quvchilar yuqori natijalarni
qayd etganliklarini ko‘rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlari o‘zida insonparvarlik
g‘oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi,
59
shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o‘rin
tutishini nazarda tutmaydi.
3. Gumanistik (fenomenologik) yondashuvga ko‘ra (A.Maslov,
A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin
shaxs, ijtimoiy munosabatlar subekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish
imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni
shaxslararo
munosabatlar
jarayoniga
yo‘naltiradi.
Ta’limning
fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan,
ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning
individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va
qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Uning
vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik
yondashuv doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy
rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini
yoqlaydi.
Gumanistik yondashuv g‘oyalari 1991-yildan keyin respublika
uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Yondashuvning diqqat
markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual
ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy
hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta’lim muassasalarida
quyidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar,
umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar
bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past
bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”.
4.
Ezoterik yondashuv (yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin,
faqatgina biluvchilar uchun mo‘ljallangan insonning dunyo bilan
o‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati
haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat.
Yondashuv tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina
fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik
faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o‘quvchining tabiiy
kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan biiga,
o‘qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud
imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga
yo‘naltiradi.
5.
Ilmiy-texnik, texnokratik yondashuvning asosiy maqsadi
amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy
bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim
60
kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish,
imkoniyatlari
bilan
belgilanadi.
Shaxs
muayyan
(o‘rtacha,
standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu yondashuvning asosini tashkil
etadi.
So‘nggi yillarda noinstitutsional yondashuv rivojlana boshladi. U
ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim
muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu
ta’lim “tabiatda” — Internet, “ochiq maktablar” — komputerlar
vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish
samarali deya hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: |