Metodika –
muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli,
qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan
o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror
vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari,
yo‘llari majmuasidir.
6
O‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar
kiradi:
1)
aniqlik;
2)
asoslanganlik;
3)
rejalashtirilgan harakatning maqsad va vazifalarga mosligi;
4)
qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik;
5)
hayot bilan uyg‘unlik;
6) natijaviylik.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi
o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:
- ta’limning maqsad va vazifalarini – ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi, tashkiliy;
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;
- ta’lim mazmunini;
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;
- o‘quv vositalari;
- o‘qitish natijasini.
Metodologiya (yunoncha. methodos — nazariya, ta'limot, bilish
yoki tadqiqot yo‘li va logos — so‘z, tushuncha): 1) amaliy va nazariy
faoliyatni qurish va tashkil etish yo‘llari va prinsiplar tizimi; 2)
bilishning ilmiy metodi to‘g‘risidagi ta'limot; 3) u yoki bu fanda
qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi ma'nolarini anglatadi.
Pedagogika fanining metodologiyasi — bu pedagogik borliqni
o‘zgartirish va bilish jarayonlarini shakllari, metodlari va prinsiplari
to‘g‘risidagi ta'limot.
Fan metodologiyasi tadqiqot komponentlarini tavsiflab, tadqiqot
vazifalarini hal etish jarayonida harakatlar ketma-ketligi va bosqichlari
to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirib, tadqiqotning metod hamda
vositalari yig‘indisini, vazifalarini, tadqiqot obyekti va predmetini
tavsiflaydi.
Demak, pedagogika fanini o’qitish metodikasi metodologiyasi fan
metodologiyasining falsafiy va maxsus-ilmiy darajalariga asoslanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, metodologiyaning barcha darajalari o'zaro
bog'liq va bir-biriga bo'ysunadi, shuning uchun ular yaxlit tizimni
tashkil qiladi.
7
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, quyida o‘qitish metodikasi
mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz:
1) o‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha
pedagogning tartiblangan faoliyati;
2) o‘rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar
asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni,
oldin egallanganlari o‘zgaradi;
3) o‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog
bilan talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati;
4) ta’lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma,
malakalar, fikrlash usullari tizimi;
5) bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan
inson g‘oyalari yig‘indisi;
6) ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi
ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini
egallash;
7) malaka – avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish,
ko‘nikmaning takomillashgan darajasi;
8) maqsad – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari
kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi;
9) mazmun –o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy
bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi;
10) tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish
uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha
tartiblangan didaktik jarayon;
11) shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati,
mantig‘i, mazmuni uchun qobiq;
12) metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga
oshirish) yo‘li;
13) vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi,
yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar
tomonidan foydalaniladigan obyekt;
14) natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan
maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
15) metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi
bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy
ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda
ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar
8
hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi
tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llanma.
Dostları ilə paylaş: |