№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

13.4.
 
Talabalarning seminar mashg‘ulotiga tayyorlanishi
Talabalarni seminar mashg‘ulotiga tayyorlanishi bu adabiyot-
larni izlash, o'qish va yozuvlarni olib borishdir. Seminarda talabalar-
ning adabiyot izlashdagi mustaqillik darajasi o'qituvchi topshiriqni 
qanday aniq tuzganligi bilan belgilanadi. Metodik jihatdan muhim 
material manbalarini ko'rsatish va tegishli ma'lumotlarni topish 
mumkin bo'lgan sahifalarni tavsiya qilish yoki tavsiya qilmaslik 
talabalarning tabiatiga bog'liq. Birinchi kurs talabalariga manbalar aniq 
ko‘rsatilishi kerak, chunki ularda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari 
unchalik shakllanmagan. Maxsus seminarlar doirasida katta kurs 
talabalariga o‘qish va tayyorlanishlari uchun adabiyotlar umuman 
tavsiya etilmasligi mumkin. Shu tariqa talabalarga adabiyotlar bilan 
mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllantiriladi.


221 
Talabalarni seminarlarga tayyorlashda darslik va boshlang‘ich 
manbalarni o‘qish muhim ta’limiy vazifa hisoblanadi. Berilgan savollar 
bo‘yicha ma’lumotlarni mustaqil izlashga va tanlashga o‘rgatiladi. Shu 
bilan birga o‘qituvchi quyidagi metodik nuqtani hisobga olishi kerak: 
savollar qanchalik aniq bo‘lsa, talaba tomonidan manbalarni o‘rganish 
jarayoni shunchalik maqsadga muvofiq bo‘ladi. Samarali o‘qish har 
doim savollarga javob izlashdir, buning uchun kerakli ma’lumotlarni 
tanlashdir.
Kitob va maqolalarni konspektlashtirish seminarga tayyorgarlik 
ko‘rishda talabalarga beriladigan odatiy vazifadir. Biroq, uning 
samaradorligi har doim ham aniq emas. Yetarli tushunchaga ega 
bo‘lmagan talabalar asosiy manbalarning muhim qismlarini qayta 
yozadigan 
juda 
keng 
tarqalgan 
vaziyat. 
Konspektlashtirish 
samaradorligini oshirish uchun talabalarga mazkur faoliyatni to‘g‘ri 
amalga oshirish lozim: 
* asosiy axborotni tanlash va uni ikkilamchi axborotdan ajratish; 
* matnni leksik va sintaktik qayta ishlash; 
* o‘qilgan materialni sxema va jadvallarda ifodalsh va tartiblash
* o‘qilgan material asosida xulosalarni shakllantirish. 
Faqatgina bu holatda, konspektni tayyorlash oddiy matnni qayta 
yozish emas, balki aksariyat o'qituvchilar kutgan ma'lumotni 
intellektual qayta ishlash bo'ladi, bu esa talabalarni birlamchi manbalar 
haqida eslatma olishga majbur qiladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin